Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlaShuvidan oldingi davrda vujudga kelib, dastlab o‘sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari o‘rtasida paydo bo‘lgan savdo ayirboshlaShuvi keyinchalik tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan turli mamlakatlar o‘rtasidagi doimiy tovar almashuvi – xalqaro savdoning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi.
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlaShuv davriga to‘g‘ri kelib, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va tadbirkorlarning ko‘proq foyda olishga intilishi tashqi savdoni deyarli barcha milliy xo‘jaliklarning tarkibiy qismiga aylantirib qo‘yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlanganjahon bozori paydo bo‘ldi.