Asosiy tayanch tushunchalar:
Jahon xo‘jaligi – xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo‘jaliklari tizimi.
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallaShuvi – mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni.
Xalqaro mehnat taqsimoti – alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslaShuvi.
GloballaShuv – jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar – jahonning turli mamlakatlari o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalari majmui.
Kapitalning xalqaro harakati – kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilishi.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi – ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib o‘tishi.
Emigratsiya – ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib ketishi.
Immigratsiya – ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishi.
Share with your friends: |