Iqtisodiyotda iktining infratuzilmasi. Reja: Kirish


Iqtisodiy masalalarni yechishda qo’llaniladigan zamonaviy uskunalar turi



Download 0.67 Mb.
Page3/7
Date02.02.2024
Size0.67 Mb.
#63411
1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiyotda iktining infratuzilmasi. Reja Kirish (1)
анализ актуальных аспектов Авесто источника права, 1, dars tahlili, статья 14
2.Iqtisodiy masalalarni yechishda qo’llaniladigan zamonaviy uskunalar turi
Iqtisodiy masalalarni yechishda qo‘llaniladigan zamonaviy uskunalar turi:

  • Bankning telekommunikatsion arxitekturasi.

  • Ma’lumotlarning eksporti bo'yicha AIJ kommunikatsiyalari

  • Banklarda axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining dasturiy ta'minlanishi.

Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini texnik ta’minlash jarayonlarida bank texnologiyalarining apparat vositalari arxitekturasi zamonaviy talablar asosida qurilishi kerak. Ularga: aloqaning turli – tuman telekommunikatsion vositalari, ko‘p mashinali majmualar, «mijoz – server»ning arxitekturasidan foydalanish, mahalliy, mintaqaviy va global tezkor tarmoqlarni qo'llash, apparatli yechimlarini unifikatsiyalash kiradi.3
Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini texnik ta’minlash jarayonlarida bank texnologiyalarining apparat vositalari arxitekturasi zamonaviy talablar asosida qurilishi kerak. Ularga: aloqaning turli – tuman telekommunikatsion vositalari, ko‘p mashinali majmualar, «mijoz – server»ning arxitekturasidan foydalanish, mahalliy, mintaqaviy va global tezkor tarmoqlarni qo'llash, apparatli yechimlarini unifikatsiyalash kiradi.
Foydalaniladigan texnik vositalarning miqdori va tarkibi axborot oqimlarining jadalligi va hajmi, ishning usullari va bank tizimi vazifalarini amalga oshirishning xususiyatlari bilan belgilanadi. Bank xizmatlarining tarkibi va hajmi, filiallar, mijozlar va aloqalarning sonini o‘sishi banklarda qudratliroq kompyuterlarni va so`nggi rusumdagi texnik ta’minotni xarid qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bugungi kunda tarmoqli bank texnologiyalarining keng tarqalganligini hamda banklararo telekommunikatsiya vositalarinining tadbig`i jadal rivojlanishini ta’kidlash mumkin.
«Mijoz – server» arxitekturasi banklardagi axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini tashkil etishdagi texnik yechimlarga zamonaviy yondashishning asosi bo’ladi. Bu texnik ta’minlanishni tashkil etish va axborotlarni ishlab chiqishni mijoz (ishchi stantsiya) va server deb nomlangan ikkita tarkibiy qism o‘rtasida taqsimlanishini ko‘zda tutadi hamda bu jarayon o`zaro ulangan kompyuterlarda bajariladi. Bunda mijoz serverga so‘rovlar yuboradi, server esa ularga xizmat ko‘rsatadi. Bunday texnologiya tarkiblashtirilgan so'rovlarning maxsus tiliga ega kasbiy MOBTda amalga oshiriladi.


Download 0.67 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page