Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi



Download 347.46 Kb.
Page23/62
Date15.02.2024
Size347.46 Kb.
#63511
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62
Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
ШНК 2 08 02 09 ЖАМОАТ БИНОЛАРИ ВА ИНШООТЛАРИ (1)
QAYTARMACHOQLAR. Bolalar uchun, asosan, beshik davri tugagandan keyingi ma’naviy ehtiyoj taqozosiga ko’ra yuzaga kelgan badihalar bo’lib, she’riy namunasi ko’pincha monolog, nasriy shakli dialog (savol-javob) negizida quriladi. Ularda voqea mantiqiy uzviylikni tashkil etuvchi ketma-ketlik zamirida harakatda bo’ladi. Savol-javoblar aksariyat qarama-qarshilikni ifodalovchi tazod san’ati negizida quriladi. Shu xususiyatiga ko’ra, ularga xalq dramasi namunasi sifatida qarash ham mumkin. Zero, ularda har bir jonli va jonsiz narsa o’zi haqida so’zlar ekan, o’zidagi ojiz tomonni – boshqalardan farqli xususiyatini alohida ta’kidlab turib, qarshi tarafdagi ustun tomon – xususiyatni e’tirof etadi. Bu dialog shaklidagi qaytarmachoqlarga xos bo’lsa, monolog shaklidagi namunalarida lirik «men» markazda turadi. Uning poetik nutqida bir voqeadan ikkinchisi o’sib chiqadi, shu zaylda har ikkala tipdagi qaytarmachoqlarda ham bu xususiyat mushtarak fazilatga aylangan. Har ikkala holda ham qaytarmachoq syujetini tashkil etgan har bir voqea alohida epizod tusini oladi, biroq bu epizodlar umumiy bir motiv (g’oya) atrofida izchil mantiqiylik asosida birlashgan bo’ladi. Bunda har bir epizod bir savol shaklida, izohi ham o’zida holatida birin-ketin qaytarilaveriladi. Hodisaning qaytarmachoq deyilishi va alohida janr sifatida e’tirof etilishiga ham xuddi shu xususiyatlari asos bo’lgan. Masalan, «Yumalandim yumoq topdim» satri bilan boshlanuvchi qaytarmachoqda lirik qahramon yumalab yumoq topadi (1), yumaloq ichidan taroq topadi (2), taroqni momoga beradi (3), momo unga churak (non) beradi (4), churakni cho’ponga beradi (5), cho’pon unga tayoq beradi (6), tayoqni daryoga tashlaydi (7), daryo unga ko’pik beradi (8), ko’pikni tutga surtadi (9), tut unga yaproq beradi (10), yaproqni molga beradi (11), mol unga sut beradi (12), sutni pishirib turganida qaydagi quyon uni to’kib ketadi (13). Shuncha mehnati zoe ketadi. Ko’rinayotirki, o’n uchta epizod bir-biridan o’sib chiqqan, o’zaro uzviy mantiqiy ketma-ketlik hosil qilgan. Alohida-alohida voqealar qaytarilib, bir ipga marjondek tizilgan holda yaxlitlik kasb etgan. Shu tariqa xususiylik o’zaro uyusha turib umumiylikka aylana borgan. Bola uchun saboqlik xususiyati ham shunda: har bir voqea yo hodisa o’zicha mustaqil, biroq bir-biri bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi. Bolaga ana shu haqiqat uqtirilmoqda.
«Kun, san nimadan kuchlisan?» qaytarmachog’i dialog negizida qurilgan. Unda bolalarni qiziqtirgan «Dunyoda kim kuchli?» savoliga javob narsa va hodisalar bahsi asosida – voqeadan voqeaning o’sib chiqishi shaklida bola qiziqishi va idrokiga mos holda bayon qilingan:
-Kun, san nimadan kuchlisan?
-Man kuchli bo’lsam, bulut bosarmidi?
-Bulut, san nimadan kuchlisan?
-Man kuchli bo’lsam, yomg’ir yog’armidi?
Ko’rinayotirki, har bir savol o’zidan keyingi voqeaga mantiqiy maydon hosil qilgan, shu maydonaro voqealar tizila boradi: Yomg’ir-erni, er-o’tni, o’t-qo’zini, qo’zi-bo’rini, bo’ri-echkini, echki-sichqonni, sichqon-qumursqa(chumoli)ni o’zidan kuchli deb biladi va eng e’tiborlisi shundaki, ularning har biri o’zlaridagi ojizlikni ham oshkora tan ola borishadi. Voqealar shu xilda mantiqiy zanjirsimon tizim tusini ola boradi. Antropomorfizm usuli kun, bulut, yomg’ir, sichqon va qumursqa singari nabotot hamda hayvonot olamiga mansub jonzotlarni odamlar singari so’zlash xususiyatiga ega bo’lishlarini ta’minlagan, natijada qaytarmachoqdagi syujet dinamikasi ta’minlangan.
Qaytarmachoqda har bir narsa va hodisa o’zidan kuchli bo’lgan narsa va hodisani e’irof etadi, demak, tan oladi. Bu endi tantilik sabog’i. Xalqona axloqiy qarashlar bolalarga shu xilda singdirilai. Binobarin, qaytarmachoqlarning bosh vazifasi voqelikni bo’laklagan holda qayta murojaat etish asnosida bolalarning mayda bo’laklardan butunlik hosil bo’lishini, yaxlitlik esa, o’z navbatida, bo’lakchalarning o’zaro birlashuvidan yuzaga kelishini idrok ettirishga qaratilganidir. Bu bolalar uchun aniqlik negizida mavhumlikni anglash yo’lidir, xalq bolalarda abstrakt tafakkur qila bilish iqtidorini shu xilda shakllantirgan. Shu sababli ular bolalarni mustaqil fikrlay olishga o’rgata olishi bilan beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Ota-onalar o’z bolalarning tabiatga munosabatlarini shakllantirishda ham faol ishtirok etadilar. Buning natijasida bolalarning taqvimi va unga aloqador mavsum-marosim qo’shiqlari yuzaga kelgan. Yil fasllari-bahor, yoz, kuz, qish mavsumlari bilan bog’liq bunday qo’shiqlarning bir qismi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot taqozosiga ko’ra kattalar repertuaridagi mavqeini yo’qotgan yo tamoman so’nib ketgan, yo transformatsiyaga uchrab bolalar repertuaridagina saqlanib qolgan. «Boychechak», «Yo ramazon» va hayitliklar shular sirasiga kiradi.

Download 347.46 Kb.

Share with your friends:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page