Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 347.46 Kb.
Page32/62
Date15.02.2024
Size347.46 Kb.
#63511
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62
Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
ШНК 2 08 02 09 ЖАМОАТ БИНОЛАРИ ВА ИНШООТЛАРИ (1)
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Xalq ertagi adabiy ertak o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutlarni oydinlashtiring.
2. Adabiy ertak tushunchasi haqida ma’lumot bering.
3. She’riy adabiy ertaklarning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
4. Nasriy adabiy ertaklar to’g’risida mulohaza yuriting.
5. Adabiy ertaklarning ommaviylashuviga qanday omillar sabab bo’layotir


5-mavzu. O`ZBEK BOLALAR KITOBXONLIGI ASOSLARI
Reja:
1.Bolalar kitobxonligining paydo bo’lishi va tarixiy taraqqiyoti xususiyatlari.
2.“Avesto”da bolalik haq-huquqlari ifodasi.
3.Qur’on va “Haftiyak” va Hadislar bolalar kitobxonligining asosi.
4.“Qobusnoma”-pandnomachilik namunasi.
5. “Chor kitob”-ilk o’qish kitobi.
6. Alifbe manzumalar (abisedariy) -ta’lim-tarbiya asosi
Bolalar kitobxonligining paydo bo`lishi va taraqqiyot xususiyatlari "Eng mo`'tabar qadimgi qo`lyozmamiz "Avesto"ning yaratilganiga 3000-yil bo`layapti,-degan edi Prezident I.A.Karimov.-Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig`ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma'naviy, tarixiy merosidir. "Avesto" ayni zamonda bu qadim o`lkada buyuk davlat, buyuk ma'naviyat, buyuk madaniyat bo`lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi." Bu muqaddas kitob qachonlardir o`lkamizda mavjud bo`lgan ko`p xudolikka sig`inishga barham berib, yakka xudolik, (vahdoniyat)ga sig`inish ta'limotini asoslash ehtiyoji bilan yuzaga keldi. Bu ta'limotning yaratuvchisi buyuk mutafakkir shoir va faylasuf, davlat arbobi va qonunshunos, o`z davrida ilohiyotshunos sifatida Zaotar va Otarbon unvonlariga sazovor bo`lib, payg`ambar darajasiga ko`tarilgan Spitamon Zaratushtra 1 bo`lib, qisqacha Zardusht nomi bilan shuhrat qozongan va zardushtiylik e'tiqodi ham shu nom zamirida yuritila boshlagan.
Spitamon Zaratushtra tarixiy manbalarda qayd etilishicha, taxminan eramizdan avvalgi 630-553 yoxud 618-541 yillarda yashagan ulug` ajdodimiz bo`lib, 77 yoshida g`oyaviy dushmani Bratarvaxsh tomonidan xanjar sanchib o`ldirilgan. Biroq u yaratgan yakkaxudolik (vahdoniyat) ta'limotini ifodalovchi "Gota"-"Goh" (qo`shiq)lar va u "oliy ibtido" darajasida targ`ib qilgan Axura Mazda (Xurmuzd) nomi bilan nozil etilgan alqov(gimn)lar eramizdan avvalgi UP asrning oxirlari va U1 asrning boshlarida kohinlar tomonidan kitob sifatida tartib berila boshlandi. Bu jarayon eramizdan avvalgi I asrga kelib to`liq kitob shaklini olib, "Avesto"2 nomi bilan atala boshlandi. O`shanda bu kitob 12 ming qoramol terisiga oltin harflar bilan bitilgan bo`lib, 2 million misradan tashkil topganligi manbalarda qayd etilgan. Tadqiqotchilar fikricha, o`shanda "Avesto" 21 nask-kitobdan iborat bo`lgan.
Eramizdan avvalgi 334-329-yillarda makedoniyalik Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) Eronni bosib olganidan keyin Istaxr shahrida saqlanayotgan "Avesto"ning to`liq matnlarini olib ketgan. Undan ilmi hikmat, ilmi nujum va tibbiyotga daxldor nasklarini yunon tiliga tarjima qildirgan, boshqa kitoblarni esa yoqib yuborishga buyurgan. Shu harakat zamirida "Avesto" Midiyada yuzaga kelgan degan hech qanaqa asosga ega bo`lmagan "g`arb nazariyasi" yuzaga kelgan. Aslida esa bu asar O`rta Osiyo sarhadlarida dunyoga kelganini o`sha g’arb sharqshunoslarining o`zlari e'tirof etishadi. Jumladan, olmon sharqshunosi V.Altxaym "zardushtiylik dini beshigi" "Oksus"(Amudaryoning qadimgi nomi-O.S.) sohillarida bo`lgan, uning muqaddas kitobi-"Avesto"ham o`sha erda yaratilgan,-degan fikrni yoqlaydi. Bu fikrni V.V.Bartolddan tortib to B.G’afurovgacha bo`lgan barcha yirik sharqshunoslar yakdillik bilan ma'qullaydilar va ashyoviy dalillar vositasida tasdiqlaydilar.
"Avesto" zardushtiylikning axloqiy kodeksi sifatida alohida qimmat kasb etadi. Unda Zardusht ta'limoti asosida ezgu fikr, ezgu kalom(so`z) va ezgu ish birligi yotadi: "Men yaxshi fikr, yaxshi so`z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Axura Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman" ("Yasna", 14). Ko`rinadiki, bu so`zlar pirovard oqibatida ezgulikni alqash va yolg`onni, yomonlikni inkor etish mazmuniga ega. Zero, Zardusht ta'limotida haqiqat uchun kurashmoq markaziy o`rinda turadi. Jumladan, Zardushtning tubandagi o`gitlari hamon qimmatini yo`qotgan emas: "Zabardast va qudratli bo`lish uchun hamisha haqiqat yuzasidan amal qilgin, haqiqat va rostlikka amal qilsang, zabardast va qudratli bo`lasan."
Haq so`zdan o`zga hech narsa to`g`risida o`ylama, haq so`zdan o`zga narsa to`g`risida so`zlashma, haqqoniy amaldan o`zga hech narsa bilan shug`ullanma. Dunyoni taraqqiyot va kamolot sari harakatga soladigan kishilar bo`lmog`i lozim.
Ey, Axura Mazda, har kimki Ezgu andisha, Ezgu so`z, Ezgu amal bilan nohaqlik va uning tarafdorlariga qarshi kurashsa va odamlarni rostlik va haqiqat yo`lida hidoyat etsa, o`zining pok muhabbatidan senga eng yaxshi tuhfa keltirgan bo`ladi. Haqgo`ylik va rostlik -tangri oyini va porsolik qonunidir.
Yolg`on gapirib tirik qolgandan ko`ra, rost gapirib o`lgan yaxshi.
O`z nafsini engib, jilovlab ola olmagan kishi hech narsa ustidan g`olib chiqa olmaydi."
"Avesto"da ajdodlarimizning oila va bolalikka munosabatlari ham ifodasini topgan. Chunonchi, unda qarindoshlarning o`zaro oila qurishlari man' etilgan, bunda avlodning sog`lomligi ko`zda tutilgan. O`smirlar 15-16 yoshga kirgach, balog`atga etgan sanalib, turmush qurish huquqiga egaligi e'tirof qilingan. Axura Mazda nomi bilan serfarzandlik alqangan. Chunonchi, undan ko`p farzandli oilaga nima berasan, deb so`ralganida, u: "Bunday odamlarni o`z himoyamga olaman, hayotini farovon, rizqini mo`l qilaman",-degan javobni bergan. Ehtimol xalqimizda mavjud "o`nta bo`lsa o`rni boshqa,qirqta bo`lsa-qilig`i" degan maqolning ham, qolaversa, serfarzandlikka rag`batning tarixiy ildizlari ham Axura Mazdaning shu aqidalaridan suv ichgandir. "Avesto"da onalikni ham, bolalikni ham himoya qilish qonuni qonun darajasiga ko`tarilgan. Unda ayolning homilasini oldirish gunoh hisoblanib, hatto o`lim jazosiga mustahiq sanalgan. Bordi-yu u zurriyot ko`rishga qarshi turib, turmush qurmay yashamoqchi bo`lsa-qopga solinib, 25 darra urish bilan jazolangan. Erkak ham zurriyot ko`rish qobiliyatiga ega bo`la turib,uylanmasa-unga tamg`a bosilgan yoki beliga zanjir bog`lab yurishga hukm qilingan. Ko`p bolali oilalarga moddiy yordam berish zarurligi uqtirilib, aytaylik, 2-3 bola ko`rgan ayolni tuya bilan mukofotlash ko`zda tutilgan. Farzandlariga qaramay, ularni sarson-sargardon qiladigan ona yoki otalarni kaltaklash yoxud o`limga hukm etish ham qonuniy jazo sifatida belgilangan. Bu hukmlar ajdodlarimizda bolaparvarlik tabiatini tarbiyalashda muhim rol o`ynagan.
Zardusht ta'limotida inson shu zaylda e'zozlanadi, uning manfaati va haq-huquqlari himoya qilinadi. Shu sababli "Avesto" gotalarini kuylab turib ehromlarda sig`inish an'anaga aylanib borgan. El orasida esa uni sharhlovchi "Artavirafnomak" ("Do`zax va zardushtiylik aqidalari haqida kitob"), "Motikan kajastikabolash" (Zardushtiylik rusumlari tarixini isbotlash haqida kitob), "Moyast namoyast" (Mazhabiy marosimlar vazifalariga oid kitob) singari tafsirnomalar keng tarqalgan. Qolaversa, ilk kitobxonlik an'analari ham "Avesto" va unga oid tafsirnomalarni o`qish asosida yuzaga kelgan, binobarin, maktab hodisasi ham o`z sarchashmasini shu kitoblar o`qiladigan va kuylanadigan ehromlardan olgan ko`rinadi.
Rost, tarixiy manbalar shahodaticha, o`sha zamonlarda ilk bilim maskanlarining dastlabki ko`rinishi u yoki bu hunar yoxud kasbu kor egalarining birlashmasi-jamiyati negizida yuzaga kelgan bo`lib, asosan, ustozu shogirdlik muloqoti shaklidagi saboq maskani vazifasini o`tagan. Qadimgi Turon va Eronda bu xildagi o`quv maskanlari. U asrdayoq yuzaga kelgani ma'lum. Chunonchi, sosoniy hukmdor Firuz Shahriyor (459-483) saltanati zamonida shaxsan uning dasturi asosida bunyod etilgan shunday o`quv maskanida 800 nafar talaba tahsil olgan. Unda falsafa, falakiyot, tib, mexanika, fizika, she'r va musiqa ilmlari o`rganilgan.
Ingliz sharqshunosi E.Braun e'tiroficha, shunday o`quv markazlaridan yana biri Gundi (Jundi)dagi Shopur hunarmandchilik jamiyati bo`lib,Sharqda unga teng keladigani tarixdan ma'lum emas. U shu qadar shuhratosoki, 529 ta kutubxonasi bo`lib, ularda musiqa, falsafa, handasa, tib,falakiyot, yulduzshunoslik, hisobu handasa, fizika, mexanika, dorishunoslik, axloq, she'r va go`yandalikka oid pahlaviy, suryoniy, hindiy va yunon tillaridagi kitoblar jamlangan bo`lgan. Xuddi shu maskanda Borbad, Sarkash, Sarkab, Romtin, Ozodvar Changiy, Gesui Navogar, Bomshod singari o`sha zamonning mashhur xonanda, sozanda va raqqosu raqqosalari shogirdlarga o`z hunarlarini o`rgatishgan.1. Shu mulohazalarning o`ziyoq qadimgi o`lkamizda maktabning moddiylashuviga shart-sharoitning etiluviga olib kelgan va ajdodlarimiz o`z ma'naviy kamolotlarini takomillashtirish yo`lida ilk muhim qadamlarni qo`ya boshlagan edilar.
Eron va Turonni bosib olib, islomlashtirish siyosatini yurgiza boshlagan arab istilochilari yerli aholi amal qilib kelayotgan zardushtiylik e'tiqodini sindirish va tamoman yo`qotish uchun siyosiy-ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy zo`ravonlikning har qanday ko`rinishini ishga soldilar. Markaziy Osiyoda amal qilib kelinayotgan zardushtiylik, iudizm, buddizm, xristianlik va boshqa e'tiqodlar asoslari ifodalangan monaviy, suryoniy, eftalit, braxma, kxaroshti,sug`diy, xorazmiy, parfiyoniy yozuvlarida bitilgan har qanday yodgorlikni yo`qotishga urindilar, amaliyotda bo`lgan sug`diy, xorazmiy va do`lbarjin (runiy) yozuvlarini qatag`on qildilar, otashparastlar sajdagohlari bo`lgan ehromlarni kunpoyakun etdilar. Jumladan, zardushtiylikning muqaddas kitobi "Avesto"ni ham yoqib yubordilar. Bu haqda Abu Rayhon Beruniy "O`tmish xalqlaridan qolgan yodgorliklar" asarida qimmatli ma'lumotlarni keltirgan. Uningcha, bizgacha etib kelgan "Avesto" asliyatdagi namunasining beshdan ikki qismi bo`lib, milodning Sh asrida Shopur Sosoniy hukmronligi davrida Mutapat Kartir tomonidan kohinlar xotirasidan yozib olingan.
Arablar bunday qadriyatlarni yo`qotib, o`rniga ilohiy yozuv sifatida "Qur'oni karim" bitilgan arabiy yozuvda o`qish va yozishni majburiy qilib qo`ydilar. Bu fikrni Muhammad Narshaxiy ham tasdiqlaydi : "Qutayba masjidlar bino qildi, kofirlik va otashparastlik asarlarini yo`qotdi". Eng muhimi, erli aholini islom aqidalarini o`zlashtirish, arabcha yozish va o`qishga o`rgatish xonalari yoki alohida hujralar qurib, ularni maktab yoki qorixonalar deb atay boshladilar.
Yuqorida eslatganimizdek,zardushtiylar ehromlarda sig`inish marosimida o`z kohinlari yoxud ulug`larning mamlakat va xalq ahvoli haqidagi e'tiqodiga sodiqlik, hayot yangiliklari, odob-axloq va turmush kechirish uchun rioya qilinishi shart sanalgan qonun, qoidalar to`g`risida so`zlagan va'z-nasihatlarni tinglab, hayot sabog`ini olganlarki, arablar pirovard-oqibatda o`zlarining islomlashtirish siyosatlarini amalga oshirish jarayonida shu an'analardan foydalana boshladilar,ehromlarni buzib yoki moslashtirib masjidlarni bunyod eta boshladilar, ommaga, hammadan avval bolalarga islomiy saboq berish niyatida masjidlar huzurida o`qish xonalari, hujralar qurishga e'tiborni kuchaytirdilar.
Narshaxiyning xabariga ko`ra, ilk shunday maktab Qutayba ibn Muslim tomonidan hijriy 94-(milodiy 7 oktabr 712-25 noyabr 713) yili Buxoroda Arkdagi zardushtiylar ehromi o`rniga bunyod etilgan masjidi Jome' huzurida bo`lgan.1. Unda musulmonlikning muqaddas kitobi "Qur'oni karim"ni qiroat qilish va yodlash asosiy mashg`ulot hisoblangan. Keyinchalik bunday masjidlar keng miqyosda qurila boshlangan, ular huzuridagi maktablar islom udumlarini o`zlashtirish, birinchi galda "Qur'on"ni qiroat qilishni o`rgatish maqsadlari amalga oshirilgan. Bora-bora islom dinining ma'lum darajada zardushtiylik va buddizmning kuchli ta'siriga uchrashi islom dinini targ`ib qiluvchi malakali da'vatchilar -ulomalar, maktabdorlar, mudarrislar, qozilar, masjid imomlari va boshqa turli darajadagi davlat amaldorlarini tayyorlash ehtiyojini yuzaga keltirdi. Shu ehtiyoj oliy diniy maktabning ilk namunasi sifatida madrasalarning paydo bo`lishiga zamin yaratdi. Musulmon olamida ilk madrasa Adam Metis asossiz uqtirganidek, Nishopurda emas, balki Buxoroda USh asrning o`rtalarida qurilganligi manbalarda qayd etilgan. Narshaxiy 937-yili Buxoroda sodir bo`lgan yong`inda shikast ko`rgan bu madrasa nomi Forjaq ekanligini ham ko`rsatib o`tgan. Shunisi e'tiborliki, musulmon dunyosining qadimiy nufuzli bilim dargohlari sanalib, 972-yilda ochilgan Qohiradagi Al-Ahzar va 1065 yili Bag`dodda ish boshlagan. Nizomulmulk madrasalari ham, qolaversa, Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo, Misr vva islom olamining boshqa o`lkalaridagi oliy musulmon maktablari ham Buxorodagi Forjaq madrasasidan keyin bunyod etilganini akademik V.V.Bartold aniqlagan. O`n to`rt asrdirki, ana shu masjidlar, maktablar va madrasalar islom mafkurasini ommaga singdirishda, uni musulmonlik e'tiqodiga aylantirishda, qolaversa, islom dinining amaliy va nazariy asoslarini ilmiy asosda ishlab chiqishda xizmat qilib kelayotir.
Abdurauf Fitrat "Hind sayyohi bayonoti" asarida suhbatdoshi tilidan o`tmishda Buxoroda ikki yuzga yaqin madrasa bo`lib, ular oliy, o`rta va quyi toifaga bo`lingan holda ish olib borganliklarini qayd etadi. So`ngra adib oliy toifaga mansub 33 hamda o`rta toifaga mansub 39 madrasani nomma-nom sanab, ularning har biriga belgilangan yillik vaqf miqdorini ham birma-bir ko`rsatib o`tadi.
Akademik B.Valixo`jaevning ta'kidlashicha, birinchi bosqichga mansub quyi toifadagi madrasalar boshlang`ich maktab vazifasini o`tagan va "madrasat ul-ibtidoiya" deb yuritilgan. Unda talabalarga boshlang`ich ta'lim asoslari o`rgatilgan. Bunday madrasalar nafaqat shaharlarda, balki olisdagi katta qishloqlarda ham qurilgan, ular nisbatan ko`pchilikni tashkil etgan. Abdurauf Fitrat ma'lumoticha, Buxoro amirligida quyi toifaga mansub bunday madrasalar soni yuzdan oshiq bo`lgan. Bulardan tashqari Buxoroda uch yuzta quyi maktab va o`n bitta kutubxona ham mavjud bo`lgan.
Ikkinchi bosqichga mansub madrasalar o`rta maxsus ta'lim berish bilan shug`ullangan va "madrasat ut-soniya" deb yuritilgan. Bular o`rta ta'lim berishdan tashqari ayrim kasb yo hunar sabog`ini ham bergan.
Uchinchi bosqichga mansub madrasalar oliy ta'lim maskanlari sanalib, "madrasat un-oliya" deb yuritilgan va mohiyatan "Sharq universitetlari" tarzida e'tirof etilgan. Ularda kishilik bilimlarining turli sohalari bo`yicha mutaxassislar tayyorlangan. Bu xildagi madrasalar hatto sohalar bo`yicha ixtisoslasha borgan. Chunonchi, Amir Temur nabirasi Muhammad Sulton qurdirgan madrasada davlat mahkamalarida ishlovchi amaldorlar tayyorlangan bo`lsa, "madrasatun-harbiya"larda bo`lg`usi harbu zarb ilmi sohiblari, "madrasat un sano'iya"da texnik muhandislar, "madrasat ul-muallimin"da muallimlar, "madrasat ut-tib"da tabib va hakimlar tayyorlangan.
Abdurauf Fitrat e'tiroficha, Buxoroda 1920-yilgi to`ntarishgacha 200 ga yaqin madrasa ishlab turgan. Bular orasida, ayniqsa, 1088 yildan 1677-yilgacha faoliyat ko`rsatgan tarbiya madrasasi, XY111 asrda Ma'sudbek tomonidan qurdirilgan va har birida 1000 nafardan tolibi ilm saboq olgan Xoniya va Ma'sudiya madrasalari, Mirzo Ulug`bek qurdirgan Buxoro (1417) va /ijduvondagi (1433) madrasalar, 1535- yilda ishga tushirilgan va islom olamida hozirgacha alohida nufuzini yo`qotmay kelayotgan Mir Arab, shuningdek, Abdullaxon, Subhonqulixon, Nodir devonbegi, Ko`kaldosh, Abdulazizxon (1852), Modarixon, Tursunjon madrasalari, Samarqandda qoraxoniy Tamg`ochxon qurdirgan "madrasai Qusam" (XP), xususan,temuriylar saltanati davomida bunyod etilgan Saroymulkxonim, Idigu Temur, Firuzshoh, Muhammad Sulton, Mavlono Qutbiddin va Ulug`bek madrasalari, Toshkentda 1458-yilda Xoja Ahror Valiy va 1550-yilda Buxoro amiri Baroqxon qurdirgan madrasalar, Andijonda 1801-yilda Hasanxo`ja eshon qurdirgan Buzrukxo`ja va 1841-yilda bunyod etilgan Xalfa Aziz madrasalari, Qo`qonda naqshbandiya tariqati shayxi tomonidan 1855-yilda qurdirilgan Abulqosim va 1856-yilda Xudoyorxon qurdirgan Ali madrasalari, Xorazm va O`zbekistonning boshqa go`shalarida bunyod etilgan qator madrasalar nafaqat Turkiston uchun, balki butun islom olami uchun ham xilma-xil sohalarda turli saviyadagi mutaxassislarni tayyorlab berganlar. Bular orasida, ayniqsa, Buxoro va Samarqand madrasalarida o`qish alohida e'tiborga erishish shartiga aylangan.
Madrasalar qanaqa ixtisoslikka mo`ljallangan bo`lmasin, ularning barchasi uchun umumiy bo`lgan va ixtisoslikka aloqador fanlar ta'lim tizimi mundarijasini tashkil etgan. Umumiy fanlar "ulumi salosa" deyilib, qur'on, hadis va fikhdan iborat bo`lgan. Ixtisoslikka oid fanlar esa madrasa qaysi sohada mutaxassis tayyorlashi asosida belgilangan. Chunonchi, davlat amaldorlari va lashkar qo`mondonlari tayyorlovchi madrasalarda "ulumi salosa"dan tashqari o`q otmoq, ot minmoq va boshqarmoq, chavgon o`yini, qabul marosimlarini tashkil etish, elchilar bilan muloqot, boshqa davlatlar bilan aloqa o`rnatishga doir masalalarni o`rgatishda Nizomulmulkning"Siyosatnoma", Kaykovusning "Nasihatnoma"-"Qobusnoma"laridan ham foydalanilgan, nazariy bilimlar amaliy mashqlarda mustahkamlangan. Yoki ulumi adliya ta'limida tabiiy ilmlar-handasa, hay'atga; tarix, til va badiiy ijod bilan bog`liq, aruz, qofiya, badiiy san'atlar haqidagi ma'lumotlarga e'tibor berilgan.
Madrasalarda mashg`ulotlar arab, fors va o`zbek tillarida olib borilgan. Har bir madrasa o`z boshqaruv tizimiga ega bo`lib, vaqfdan tushadigan daromad asosida mudarrislaru talabalar soni belgilangan. Madrasani mutavalli boshqargan, u sadr ham deyilgan. Fanlardan dars beruvchilar-mudarrislar va yana mu'id, hofiz, imom, muqri, noqit, mujovir,farrosh hamda musdir lavozimlarida ishlovchilar ham bo`lgan. Madrasa talabalari soni ham unga berkitilgan vaqfdan tushadigan daromadga qarab belgilangan.1. Ularga beriladigan maosh yillik hisobida bo`lib, naqdina(aqcha) va natural (bug`doy)dan iborat holda to`langan. Bu jihatdan Alisher Navoiyning o`zi qurdirgan "Ixlosiya" madrasasi xodimlariga belgilagan maosh tartibi e'tiborlidir. U madrasa xodimlariga maoshni yillik tarzida, tolibi ilmlarga ham oylik, ham yillik shaklida to`lashni ko`zda tutgan va tubandagi miqdorni tashkil etgan: sadr-mutavalliga "uch ming oltun, oshlig` o`ttiz yuk", mudarrisga "ikki ming oltun, yigirma to`rt yuk oshlig`: sulsi arpa, sulsoni bug`doy", tolibi ilmga qaysi guruhdaligiga, ya'ni o`qish sifati va darajasiga qarab, aytaylik, a'lo guruhidagilarga-"har biriga oylik naqda 24 oltun, yilda bug`doy besh yuk" , avsat guruhidagilarga-"oylig` har biriga naqda o`n oltun, bug`doy yillik to`rt yuk", adno guruhidagilarga-"oylig` har biriga naqd o`n ikki oltun, oshlig` yillik uch yuk" tarzida berilgan. Tolibi ilmlarga maosh sakkiz yil davomida berib turilgan, albatta, u qaysi guruhdaligiga qarab maoshi o`zgartirilgan. Bordi-yu talaba shu sakkiz yil davomida adno guruhida qolib ketsa, unda muddat tugashi bilan unga maosh to`lash ham to`xtatilgan.
"Madrasat un-oliya"larda o`qitish ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birga olib borilgan. Bunday madrasalar binosi bir necha komplekslardan iborat bo`lgan.
Chunonchi, Samarqanddagi Mirzo Ulug`bek madrasasi binosi tizimiga uning huzuridagi alohida masjid, xonaqoh, karvonsaroy va hammomdan tashqari rasadxona ham kirgan. Unga talabalar ham, mudarrislar ham o`qishga va ishga imtihon bilan qabul qilingan. Bunday holatni Buxorodagi Mir Arab, Nodir devonbegi, Ko`kaldosh, Abdullaxon kabi qator madrasalarda ham uchratish mumkin edi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, hozir nomi boru, nishonasi qolmagan Buxoro Arki oliysining sharqiy tarafida unga ro`para qilib Subhonqulixon bunyod etgan "madrasat ut-tib" (Fitrat uni "Dorulshifo" nomi bilan tilga olgan) huzurida shifobaxsh giyohlardan turli xastaliklarni davolashga xizmat qiladigan uskunalar bilan jihozlangan sakkiz hujradan iborat dorixona va bir necha hujradan tashkil topgan jarrohlik xonalari bo`lgan. Bemorlar maxsus hujralarda yotqizilgan. Madrasa mudarrislari bo`lg`usi tabib va hakimlar bilan birga bemorlarni kuzatishgan va davolashgan. Shu tariqa oliy tibbiy madrasa o`z klinikasiga ega tibbiy dorilfunun vazifasini bajargan.
Arablar Movarounnahr (ikki daryo oralig`i) deb atay boshlagan Turon xalqlari azaldan yuksak madaniyat va ma'rifatga ega edi. Shu boisdan ular islom dinini shunchaki qabul qilish bilangina cheklanib qolmadilar, balki uning nazariy asoslarini ishlab chiqishda, Qur'on mazmunini talqin qiluvchi tafsirlar yaratishda , qolaversa, Qur'oni karim andeshalarini ham jamiyatga, ham tabiatga tatbiq etib, fan va madaniyatning barcha sohalarida arablarning o`zlarini ham hayratlantira olgan olamshumul kashfiyotlar qildilar. Imom Ismoil Buxoriy va uning Muso Termiziy singari shogirdlari hadisshunoslikka asos solishdi, Mahmud Zamaxshariy arab tilining ilk ilmiy grammatikasini yaratdi. Muhammad Xorazmiy va Ahmad Farg`oniylar matematik fanlar tizimiga asos soldilar. Abu Nasr Forobiy Sharq falsafasining otasi sifatida tanilib, Aristoteldan keyingi "muallimi soniy" tarzida e'tirof qilindi. Abu Rayhon Beruniy geologiya, geodeziya va elshunoslik fanlari kashshofiga aylangan bo`lsa, Abu Ali ibn Sino jahon tibbiyot fani asoschisi darajasiga ko`tarildi. Abu Mansur Moturidiy kalom ilmi asoslarini ishlab chiqqan bo`lsa, Burhoniddin Marg`inoniy islom qonunshunosligi (fikh) kashshofiga aylandi. Mirzo Ulug`bek jahon astronomiya ilmini yangi bosqichga ko`targan bo`lsa, Alisher Navoiy o`zbek adabiyoti va tilini jahonshumul yuksaklikka ko`tardi. Ularning barchalari qomusiy bilimlar sohibi sifatida Sharq uyg`onishi (renesansi)ni yuzaga keltirdilar.
Shularga qaramay, sobiq totalitar tuzum va uning mafkurasi qadim Turkistondagi ta'lim tizimining sharqona va islomiy an'analar asosida shakllanganligini, bunda maktablar va madrasalarning har uchala bosqichdagi namunalari ham o`z zamonasida muhim rol o`ynaganligini, xususan, turli darajadagi ma'lumotga ega malakali mutaxassislar bilan bir qatorda fan, adabiyot, san'at va madaniyat sohalarida etuk iste'dodlarni voyaga etkazishda ayricha xizmat qilganligini tan olishni istamadi. Chunki bu unga Turkiston aholisini yoppasiga savodsizga chiqarib, o`zining "madaniylashtiruvchilik" xizmatini bo`rttirib tashviqot yurgizishiga mone'lik qilardi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, Movarounnahrda ilk maktablar paydo bo`la boshlagach, dastlab ularda o`qishni o`rgatishgina asosiy an'anaga aylangan edi, yozishni o`rgatish esa keyinchalik amalga oshiriladigan an'anaga aylana bordi. Buning sababi shundaki, Qur'oni Karim 609-632-yillar davomida payg`ambarga og`zaki nozil qilingan edi. O`tgan shu 23 yil badalida Qur'ondagi har bir mavzu va hayotiy voqealarga echim hukmlari nozil qilinishi zahoti payg`ambar amri bilan shu oyat va suralarni maxsus "kuttob al-vahyi"lar-Rasululloh tanlagan kotiblar darhol yozma asar tarzida ko`chirib qo`yardilar. U davrlarda qog`oz tanqisligidan matnlarni daraxt po`stloqlariga, yassi taxtachalarga, kiyik terisiga, mato parchalariga, kurak suyaklariga yozib qo`yilardi. Bunday tanqislik yozuvni o`rganishga ham qiyinchilik tug`dirardi, shu boisdan Qur'on qiroatiga zo`r berilardi. Sirasini aytganda, bundan ham maxsus maqsad ko`zlanardi: islomning tez tarqalishi va qaror topishi manfaatlari arablar olamida uni mashhur etti qabila lahjasida o`qishga ruxsat berilishiga olib kelganligidan qur'onxonlikning "etti qiroat" yo`nalishidagi etti mazhabi yuzaga kelgan edi. Bu jarayon bora-bora takomillashib, o`n to`rt mazhab yo`nalishigacha o`sdi, natijada "Ilmi qiroat" alohida fanga aylandi. Shu tariqa Qur'oni karimni boshdan oxirigacha yodlash bilan birga uni go`zal va yoqimli qiroat qilish san'at darajasiga ko`tarildi. Bu hol qiroat sirlarini mukammal o`rgatadigan maxsus maktablarni tashkil etishni taqozo etdi, natijada, Qur'onni yodlash va qiroat qilishni o`rgatadigan qorixonalar paydo bo`la boshladi. Bunday maktablarni xatm qilganlar esa qoriy (qori) unvoniga sazovor bo`lardi.
Qur'on qiroatiga bu qadar ahamiyat berilganligining bosh sababi- turfa tovlanishlardagi ohanglar vositasida inson ruhi va qalbini zabt etish, unda islomiy e'tiqodning qaror topishiga erishishdan iborat edi. Shunga qaramay, Qur'onni hamma ham tushunib, anglab o`qishga qodir emasdi. V.V.Bartold to`g`ri qayd etganidek: "arablar va boshqa musulmonlar maktabda Qur'on mazmunini tushunmay o`qir edilar. Biluvchi va tajribali kishi tomonidan Qur'onni ovoz chiqarib qiroat qilish, arablarga muzika tinglaganday xush yoqardi."
114 sura (6230 oyat)dan iborat hajman katta kitobni yodlash va qiroat bilan o`qish maktabga kelgan yosh bolalarga og`irlik qilardi. Bu mushkullikni hal qilish-jamiyatning bolalar haq-huquqini tan olishini ham anglatar edi. Zotan, Qur'on nozil qilingunicha ko`chmanchilik bilan tirikchilik qilgan badaviy arablarda bolalarga nisbatan shafqatsizlik bilan munosabatda bo`linardi, qiz bolalarning dunyoga kelishi fojea sanalardi. Qiz tug`ilgan zahoti uni tiriklayin ko`mish an'anaga aylangan edi. "Nahl" surasining 58 va 59 oyatlarida shu qabihlik shariat hukmi darajasida bekor qilingan edi. "58. Qachon birovlarga qiz (ko`rgani haqida) xushxabar berilsa, g`azabga to`lib, yuzlari qorayib ketar. 59. Va u (qizni) xo`rlagan holida olib qolish yoki (tiriklay) tuproqqa qorish (to`g`risida o`y surib), o`ziga xushxabar berilgan narsaning (ya'ni qiz ko`rishning) "yomon"ligidan (nomus qilib) odamlardan yashirinib olur. Ogoh bo`lingizkim, ular (bu qilmishlari bilan eng yomon (ya'ni nohaq) hukm chiqaradurlar".2. Shu tariqa, Qur'onda o`g`il bola ham, qiz bola ham "ilohiy ehson" tarzida ta'riflanib, avvalo, ularning yashash huquqi, yashashning moddiy asosi bo`lgan eyish, ichish, kiyish, davolanish, o`ynash va merosiy haqi "Zuhruf" surasining 17, Sho`ro surasining 49, Baqara surasining 181,
Niso surasining 11 va boshqa qator oyatlarda shariat hukmi darajasida tavsiflanadi. Jumladan, Baqara surasining 233-oyatida bolaning emish huquqi shunday ta'riflangan: "233. Onalar bolalarini to`la ikki yil emizadilar. (Bu hukm) emizishni benuqson qilmoqchi bo`lgan kishilar uchundir. Ularni (ya'ni onalarni) yaxshilik bilan edirib-kiydirish otaning zimmasidadir. Hech kimga toqatidan tashqari narsa taklif qilinmaydi. Bolalari sababli ota ham, ona ham zarar tortmasin".2 Oyatda bolalarni sog`lom o`stirishda ova otalarning mas'ulligi ham ta'kidlangan. Eng muhimi, bolalarga berilgan rizq ham moddiy, ham ma'naviy jihatdan halol va pok bo`lishiga alohida e'tibor berilgan.
Bolalaik huquqlarining bu xilda anglana borilishi oqibatida bolalar imkoniyatlarini hisobga olish zaruriyati tug`ildi. Natijada Qur'on negizida musulmonlikning asosiy hukmlarini qamrab olgan "Haftiyak" darsligini tuzishga to`g`ri keldi.

Download 347.46 Kb.

Share with your friends:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page