Qo`llaniladigan uskuna va moslamalar
Polimer pasta bosuvchi agregat kabul konveyeri 1 bilan birga detallarning soni va konveyerda joylashuvini aniklovchi optik datchiklardan 2, pastani bosuvchi kurilma 3, kuritish va polimerni kotiruvchi tunelli termokameralardan 4 chikaruvchi, sovitish konveeri 5 va taxlovchi 6 lardan iborat.
Pasta talab kilingan uchastkaga lokal yeki shu bilan birga detal yuzasini tulik pasta koplovchi graviroval val yerdamida yepishtiriladi. Pastaning mikdorini tunelli kameradagi temperaturani va pasta uzatish vaktini tuxtatuvchi avtomatik sozlagichlari bor. Konveyerning tezligi 8-9 m/min ni tashkil etib, bir smenada 1500-2000 erkaklar kostyumiga ishlov berishga kodir. Bitta kurilma 1 yil davomida tula kuvvat bilan ishlasa 300000 m astarlik matolarga ishlov beradi
Materialning alohida uchastkalarda geometrik o‘lchamlarni o‘zgartirish yo‘li bilan kiyim detallarining fazoviy shaklini hosil qilish va uni barqaror saqlash xossasi materialga shakl berish xususiyati deyiladi. Materialning shakl berish xususiyati ikki bosqich bilan xarakterlanadi: shakl xosil qilish va shaklni saqlash.
Shakl xosil qilish kiyimda burma, kuo‘lakning ko‘krak qismi, yenglarning hajmiy shaklini yaratish uchun, yoqa va boshqa detallarga shakl berish uchun xizmat qiladi. Olingan shaklni barqaror mustaxkamlash va saqlash ekspluatasiya jarayonida buyum tashqi ko‘rinishining zaruriy shartidir.
Kiyimda gazlamaning shakl hosil qilishi tanda va arqoq iplar orasidagi burchakni majburan o‘zgartirish oqibatidir. Gazlamalarning shakl hosil qilishga bo‘lgan qobiliyati 1-2H cho‘zish kuchini 45° burchak ostida bichilgan namunaga berishda uzayish kattaligi bilan baholanadi.
Shakl xosil qilishga jun matolar ko‘proq, sintetik ip va yigirilgan ipga ega yarim jun matolar kamroq moyil; yelimlash usulida ishlab chiqarilgan noto‘qima qotirmali polotnolarda shakl berish xususiyati deyarli mavjud emas.
Deformasiya (bukish, cho‘zish, siqish, yupqalashtirish, iplar orasidagi burchakni o‘zgartirish) natijasida yuzaga keladigan shakl hosil qilishda material strukturasining muvozanatli holati buziladi. Buyum va detallarga namlab-isitib ishlov berishda tikuvchilik materiallari deformasiyasini mustahkamlash mumkin. Kiyim detallarining shaklini barqaror mustahkamlash uchun termoelim qotirmali materiallar, yelimli qoplamaga ega gazlama va noto‘qima polotnolar, ustki gazlamalarga surtiladigan termoelim kimyoviy kompozitsiyalar ishlatiladi.
Kiyim konstruksialashning yangi usullari ham gazlamaning shakl berish xususiyatiga alohida ta’sir ko‘rsatadi. Kiyimda gazlama fazoviy shaklga nafakat iplarning deformasiyalanishi, balki tanda va arqoq iplari o‘rtasida burchak o‘zgarishi natijasida ega bo‘ladi.
Share with your friends: |