Kurs ishi mavzu zamonaviy trikotaj tikuv korxonalarida erkaklar kiyimini tikish jarayoni ketma-ketlik tahlili



Download 2.7 Mb.
Page10/13
Date20.06.2024
Size2.7 Mb.
#64419
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Kurs ishi madina opa
Betlik, Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti mate
III Model tanlash va asoslash
3.1 Modellarga texnik tavsif berish
Hozirgi kunda tikuv trikotaj buyumlariga iste’molchilar orasida talab ortmoqda. Bunga sabab esa, trikotaj matosining turli xususiyat ko’rsatgichlari yaxshiligidir. Masalan, matoning havoni yaxshi o’tkazishi, gigroskopiklik xususiyatlari, gazlamaning cho’ziluvchanligi, kam g’ijimlanuvchanligi, tanaga mos tushishi kabi ko’plab xususiyatlarini sanab o’tish mumkin. Kurs loyihasida tavsiya etilaѐtgan modellarimiz ham bugungi kunda iste’molchilar ehtiѐjidagi buyumlar sirasiga kiradi.
Tavsiya etilaѐtgan 1-modelerkaklar uchun trikotaj matosidan tikilgan ko’ylak bo’lib, bu model asosan bahor-ѐz mavsumida kiyish uchun mo’ljallangan. Bu model kalta yengli, qaytarma ѐqali, old qismi 3ta tugma bilan biriktirilgan. Modelning uzunligi bo’ksagacha bo’lib yeng uchiga alohida qayishqoqligi yuqori bo’lgan trikotaj gazlamadan manjet biriktirib tikilgan. Bu modelni uyda va kundalik ehtiѐj ishlarida foydalanish uchun qulay.
Tavsiya etilaѐtgan 2-modeluchun trikotaj gazlamasi tavsiya etilgan bo’lib, buyum uzunligi bo’ksagacha bichimli, ѐqasi qaytarma ѐqali qilib loyihalangan. Model yengi o’tqazma yeng bo’lib, tirsakkacha qilib loyihalangan. Bu model kundalik ishlarda va uyda asosan bahor va ѐz faslining issiq mavsumlarida kiyishga mo’ljallangan.
Tavsiya etilaѐtgan 3-model uchun trikotaj matosi tavsiya etilgan bo’lib, model silueti to’g’ri to’rtburchak shaklda bo’lib, qaytarma ѐqali, yengi kalta tirsakkacha, old bo’lak yaxlit tugmalar ѐrdamida birikadigan va buyum uzunligi bo’ksagacha qilib loyihalangan. Bu model ham asosan, kundalik ishlarda va uyda issiq mavsumlarda kiyish uchun tavsiya etiladi.











IV Texnologik qism.
4.1 Trikotaj gazlamadan erkaklar kiyimini tikish jarayoni ketma-ketlik tahlili
Trikotaj ishlab chiqarish tarmog`i yengil sanoat sohalari ichida eng tez rivojlanib borayotgan va yuqori samaradorlikka ega bo’lgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Trikotaj mahsulotlarining xilma-xilligi, betakrorligi, xususiyatlari jihatidan tengi yo’qligi ularga bo’lgan talabni yildan-yilga oshirib bormoqda. Xalq iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishda to’qimachilik sanoati tarmoqlarining ichida trikotaj ishlab chiqarish texnologoyasi o’zining unumdorligi, samaradorligi, ishlab chiqarish sharoitlari bo’yicha qulayligi bilan ajralib turadi.
Shu sababli, mahsulot turini tanlash va asoslash bo’yicha asosan mahsulotga bo’lgan ehtiyoj orqali biz ishlab chiqarayotgan mahsulot bozor talabiga ham javob berishi kerak. Trikotaj ishlab chiqarish texnologik jarayoni bosqichlari qisqaroq va arzonroqdir. Bundan tashqari trikotaj to’quv moshinalarining unumdorligi nisbatan ancha yuqori. Shu bilan birga trikotaj ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish o’ziga xos qiyinchiliklarga xam ega. Trikotaj ishlab chiqarishning xar bir bosqichida turli murakkab mashinalar qo’llaniladi. Shuningdek yuqorida aytib o’tilgan mahsulotlarimizni o’z xom ashyoyimizdan ya’ni paxta tolasidan yigirilgan iplardan to’qib ishlab chiqarish imkoniyati ham bor. Bizdan talab qilinadigan narsa esa o’zimizga kerakli trikotaj to’quv mashinasini tanlab olishdir.
Bichish usulida trikotaj mahsulotlari gazlamalarni tashqi qiyofasiga qarab detallar qirqiladi va kerakli shakl berilib ular tikish jarayonida birlashtiriladi. Bu usul bilan trikotaj ustki mahsulotlari 90% ishlab chiqariladi. Bunday usulda mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sezilarli miqdorda chiqindi ajraladi. Hozirgi kunda trikotaj tarmog`ida mashinaning texnologik imkoniyatlaridan kelib chiqib juda ko`plab trikotaj to`qima turlari yaratilmoqda.
Trikotaj to`qimalari ko’ndalangiga va bo’ylamasiga to’qilgan bo`lishi mumkin.
Ko’ndalangiga to’qilgan trikotajda halqalar qatori bir ipning ketma-ket egilishidan hosil qilinadi.
Bo’ylamasiga to’qilgan trikotajda esa halqalar qatori, parallel joylashgan tanda iplarining butun bir tizimini bir vaqtning o’zida ignaga qo’yilishi va uni egilishidan hosil qilinadi. Hozirgi kunda trikotaj tarmog`ida mashinaning texnologik imkoniyatlaridan kelib chiqib juda ko`plab trikotaj to`qima turlari yaratilmoqda.
Trikotaj to`qimalari ko’ndalangiga va bo’ylamasiga to’qilgan bo`lishi mumkin. Ko’ndalangiga to’qilgan trikotajda halqalar qatori bir ipning ketma-ket egilishidan hosil qilinadi. Bo’ylamasiga to’qilgan trikotajda esa halqalar qatori,
parallel joylashgan tanda iplarining butun bir tizimini bir vaqtning o’zida ignaga qo’yilishi va uni egilishidan hosil qilinadi.
Trikotaj mahsulotlari uchun texnologik zanjirining uch turi mavjud bo’lib, ular quyidagilar:

  • Yarim muntazam usul;

  • Muntazam usul;

  • Bichuvchi usul

Yarim muntazam usul: mahsulot deyarli tayyor holatda bo’lib, faqatgina ayrim qisimlarni birlashtirish natijasida tayyor mahsulot hosil bo’ladi. Bu jarayonda asosiy ishni to’quv mashinasi bajaradi. Qolgan ishni esa tikuv bo’limida birlashtirish hisobiga olib boriladi.
Muntazam usul: bu uslubda mahsulotimiz tayyor holatda bo’lib, hech qanday boshqa ishlar amalga oshiradi. Bu ikki uslub o’ziga hos bo’lishi bilan bir qatorda kamchiligi ham mavjud. Bular quyidagilar: ish unumdorligi past, mahsulot assortimenti kam va yana boshqalar. Bizning sharoitimizga uchinchi uslub yani bichuv uslubi to’g’ri keladi. Bu uslubda ishlashda hom ashyo sarfi yuqorida keltirilgan ikki usuldan ko’p bo’lib, lekin assartimenti ko’pligi, ish unumdorligi yuqoriligi va turli xil palatnolardan foydalanish mumkinligi bilan ham ajralib turadi .



Download 2.7 Mb.

Share with your friends:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page