Mavzu Aksonometrik proyeksiyalarda qirqimlarni tasvirlash



Download 1.63 Mb.
Page4/6
Date27.01.2024
Size1.63 Mb.
#63354
1   2   3   4   5   6
Dars-ish-aks-qirqim
cxhizmachilik asoslari, Kurs ishi mavzu “Yig\'ish chizmalarida aksonometrik proyeksiyala (1)
Darsning oltin qoidasi:
1. Birovlarning fikrini oxirigacha tinglash
2. O‘zaro hurmatda bo`lish
3. Vaqtni qadrlay bilish
4. Hamjihatlik
5. Mustaqil fikrlay olish
6. Do‘stlik, o‘rtoqlik
7. O‘zgalar gapini bo‘lmaslik
8. O`zining va o`zgalar fikriga hurmat bilan qarash
9. O`z fikrini aniq faktlar asosida chizib tushuntirish
Darsning borishi
Tashkiliy qism:
O'qituvchi: Assalomu-alaykum, o’quvchi yoshlar!
Ilmu-fanga tashna, qalbi quyoshlar!
O'quvchilar: Va alaykum assalom hurmatli ustoz,
Sizlardan har qancha o`rgansakda oz!
Barakalla aziz o'quvchilar, demak, hozir chizmachilik fanidan navbatdagi mashg'ulotimizni boshlaymiz.
O'qituvchi navbatchi o`quvchidan sinf ozodaligining holatini, davomatni aniqlab oladi.
O'quvchilar bugungi sabog'imizni musobaqa tarzida tashkil etsak rozimisizlar?
O'quvchilar: Ha albatta rozimiz!
O'qituvchi: Unday bo'lsa, uch guruhga bo'linamiz.
1 – guruh Arxitektor
2 – guruh Dizayn
3 – guruh Muhandis nomlari bilan yuritilishini aytdilar.
Chizmachilik fanidan a’lo baholarga o’zlashtirayotgan o’nta o’quvchiga yangi mavzuni o’rganish topshiriladi.

O’qituvchi: har qaysi guruh sardorlari yonimga kelib, quyidagi detallning asosiy ko’rinishi tasvirlangan shakllaridan namunalar tanlanglar. O’quvchilar shakllarni tanlash orqali uch guruhga bo’linishadi. Harqaysi gurh o’zlarining guruhlariga nom tanlashadi. Ular nima uchun o’z gurhlarini “Arxitektor”, “Dizayn”, “Muhandis” degan nomlarini ta’riflab o’tadilar.
O'qituvchi: O'quvchilar, sharq allomalaridan kimlar chizmachilik va muhandislik grafikasining rivojiga hissa qo`shganini yodga olaylikchi!
O'quvchi: 1 – guruhdan : Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulugbek, Kamoliddin Bekzod, Abu Rayhon Beruniy, Jamshid Al – Koshiylarni bilamiz.
O'quvchi: 2-guruhdan: Bu buyuk allomalar O'rta Osiyoda yashab, ijod etgan va chizmachilik va muhandislik grafikasining rivojlanishga katta xissa qo'shganlar. Masalan: Abu Ali Ibn Sino o`zining “Aqllar me`yori” asarida oz kuch sarf qilib, og`ir yuklarni yuqoriga ko`tarish, qattiq jimlarni bo`laklash uchun ishlatiladigan mexanik asboblar haqida yozib o`tgan. Mirzo Ulugbek yulduzlar xaritasini juda aniqlik bilan chizgan mashhur astronomdir. Kamoliddin Bekzod miniatyuralaridan birida me`mor qo`lida qurilish plani bilan tasvirlangan.
O`quvchi: 3-guruhdan: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy chizgan xaritalar, Abu Nasr Farobiyning pargor yordamida heometrik masalalar yechishni chizmalar orqali bayon etishgan, Abu Rayhon Beruniy esa shar ichida 5 xil muntazam ko`pyoqliklar yasash mumkinligini chizmalar orqali isbotlab bergan.
O'qituvchi: Juda yaxshi! Demak, musobaqa davomida bu allomalarimizning hayoti va buyuk ishlari haqida ham fikrlashib boramiz. Musobaqa shartiga ko`ra o`zining nazariy va amaliy bilimlari bilan faol ishtirok etgan har bir o`quvchiga bittadan rag`bat kartochkasi berib boriladi.

Download 1.63 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page