T shakldagi belgida yoki dumaloqning
ichiga yozilgan
N harfi bilan tasvirlanadi.
Shunga o‘xshash rostlovchi organning o‘zi quvurli o‘tkazgich
apparaturasida tasvirlanadi. Asbobning to ‘liq belgisiga ega bo‘lishi
uchun yoki avtomatlashtirish vositasini uning doira yoki oval
shaklda ko‘rsatib, shartli grafik belgilariga harfli shartli belgilar
yozadi, bu asbobning bajaradigan vazifalar funksiyasini va tavsifno-
masini aniqlaydi.
Hamma harfli belgilar lotin imlosidan tuzilgan. Shartli belgilarni,
uning qiymatini, harfi joylashgan o‘rnini aniqlash harfiy belgilar-
ning umumiy tuzilishi asosida turadi. Shuning uchun asbob yoki
avtomatlashtirish vositalari to ‘g‘risidagi hamma m a’lumot imlo va
matematik belgilarning hajmiga joylashgan.