Shundan so'ng yuvish uchun suv beriladi. Yuvish jarayoni tamom bo'lgach, qo'zg'aluvchan plita chapga burilib, cho'kma tushiriladi. Filtr pressning ish jarayoni quyidagicha: 1) ishga tayyorgarlik ko'rish; 2) filtrlash; 3) cho'kmani yuvish; 4) filtrdan cho'kmani ajratib olish.

Ramali filtr pressni afzalliklari: qurilma massasining birligiga nisbatan filtrlashning solishtirma yuzasi ancha katta; harakatlanuvchi qismlari yo'q; ayrim plitalarni ishlatmasdan qo'yish mumkin. Harakatlanuvchi kuchning qiymati katta bo'lganligi sababli filtr filtrlovchi yuza borligiga nisbatan yuqori ish unumdorlikka ega.

Ramali filtr – pressning kamchiliklari: filtrdan cho'kmani tushirish ancha mehnat talab qiladi; agar suspenziyadagi suyuqlik fazasi engil uchuvchan, zaharli yoki o't oluvchi xususiyatlarga ega bo'lsa filtr-pressdan foydalanish mumkin emas. Asosan konsentrasiyasi kam bo'lgan suspenziyalarni ajratish uchun ishlatiladi.

Patronli filtrlar. Bu filtrlarda silindrsimon korpusdagi maxsus metall to'siqqa metall yoki keramik trubalardan tayyorlangan, yuqori tomoni ochiq g'ovaksimon patronlar joylashtiriladi.

Patronlarga filtrlovchi gazlama (ya'ni «paypoqlar») kiydiriladi. Filtrga suspenziya bosim ostida beriladi, filtrat patronlardan o'tib, qurilmaning yuqorigi qismiga yig'iladi va shtuser orqali qurilmadan chiqariladi.