Mavzu: Umumta’lim maktablari o`quvchilarini kasbga yo`naltirish Mundarija



Download 89.5 Kb.
Page1/2
Date02.04.2024
Size89.5 Kb.
#63976
  1   2
Akatov Aziz (2)
Akatov Aziz

Mavzu: Umumta’lim maktablari o`quvchilarini kasbga yo`naltirish


Mundarija:

Kirish

1.Yoshlarni kasbga yo’naltirishning nazariy shart-sharoitlari.
2.Kasbga yo’naltirish ishining pedagogik asoslari.
3..O’quvchilarni kasb tanlashga yo’llashda maktab ma’muriyatining o’rni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH

Mamalakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturining ishlab chiqilishi va uning amalga oshirilishi ta’lim-tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Chuniki, milliy kadrlar tayyorlash va ularnini har tomonlama rivojlantirish yuqori malakali o‘qituvchi –pedagoglarni tayyorlash bilan birga, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish ham yuqori saviyada olib borish uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.


Ma’lumki, ta’lim-tarbiyada boshlang‘ich sinflar ta’limi alohida bosqich bo‘lib, bu davr bola shaxsini eng jadal rivojlanish davri hisoblanadi. Chunki 5-6 yoshdagi 10-11 yoshgacha bo‘lgan davrda bola shaxsi yetuklik va o‘smirlik davriga zamin yaratadi. Ayni shu davr bola shaxsining ko‘rish, kuzatish, idrok etish, tassavur va tafakkur qilishga o‘rganish jarayonidagi eng shiddatli bosqich bo‘ladi. Shu boisdan ham boshlang‘ich sinq o‘qituvchilari tayyorlaydigan pedagogika o‘quv yurtlari o‘quv rejalari va dasturlarining bugungi kun talabi darajasida bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim.
Bugungi kunda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga o‘z ihtisosliklari bo‘yicha, chuqur bilim berish, pedagogik kadrlarning bilim va malakasiga bog‘liq. Kasb-hunar kollejlarida ta’lim berish davr talabidan kelib chiqib, pedagog kadrlardan, ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarini qo‘llash zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini o‘quvchilar ongida shakllantirish , o‘z kasbiga fidoyi bo‘lish va malakasini uzluksiz ravishda oshirib borish talab etiladi.
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining asosiy tamoyillari va maqsadli vazifalari sifatida maktab ta’lim tizimini tubdan yangilash; eng yuqori zamonaviy talablarga mos keladigan o‘quv-moddiy bazasi va ta’lim standartlarini shakllantirish; Yashash joyidan qat’iy nazar, qishloq va shahar maktablarining moddiy bazasi hamda ta’minlanish darajasidagi tafovutlararini bosqichma-bosqich bartaraf etish asosida bolalarni ta’lim olishi uchun tinch shart - sharoitlar yaratish; o‘qituvchilarning mehnatini har tomonlama rag‘batlantirish belgilab berilgan (modernizatsiya)
Kasb tanlashga yo‘llash fanining maqsadi – bo’lajak kasbiy ta’lim o‘qituvchilariga o‘quvchilarni xalq xo’jaligining istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarga bo‘lgan talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kasbga yo‘naltirishning eng samarali yo‘llarini ishlab chiqish va o‘rgatishdan iborat.
Kasb tanlashga yo‘llash fanining vazifalariga:

  • kasb tanlashga yo‘llashning nazariy asoslari va asosiy tamoyillarini o‘rganish

  • uni amalga oshirishning shakl va usullari kasb tanlashning eng samarali yo‘llarini ishlab chiqish

  • kasb tanlashga yo‘llash tizimlari va bosqichlarini o‘rganish

  • kasb tanlashga yo‘llashda ota-onalar, o‘quv yurti va ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligi kabilar kiradi.

Oliy ta’lim davlat standartiga asosan talabalar fanni o‘zlashtirish jarayonida qo‘yidagilar haqida tushunchaga ega bo‘lishi, bilim va ko‘nikma hosil qilishi zarur.

  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Ta’lim to‘g‘risidagi qonunda kasb tanlashga yo‘llash

  • kasb tanlashga yo‘llash tizimi: kasbiy maslahat, dastlabki kasbiy tanlov, kasb tanlashga yo‘llash bo‘yicha tashxis (diagnostika), kasbiy tarbiya va kasbga ijtimoiy moslashish.

  • kasb tanlashga yo‘llash bosqichlari.

  • o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llashda oila, mahalla, maktab, maktab psixologi, sinf rahbari, tashxis markazi, kasb-hunar kolleji, akademik litseylar hamkorligi.

  • halq xo’jaligi tarmoqlarining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha istiqbolli kasblarga o‘quvchilarni yo‘llashni amalga oshirish.

Mehnat va kasbiy tayyorgarlik tizimi bevosita yoshlarning mehnat va kasb tarbiyasini kasbiy axborotlar, kasb tanlash, kasbga yo`naltirish ishlarini amalga oshiradigan o`lkan ishlardan biri bo`lib, o`z o`tmish taraqqiyotiga egadir. Xalqimizning millat, elat bo`lib shakllanishini mehnatsiz, kasblarsiz, hunarsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Odamzod paydo bo`lishidan boshlab mehnat bilan shug`ullangan. Turmush buyumlari yasagan, yumushlar bajargan. Dastlab faqat kun kechirish uchun qilingan mehnat keyinchalik, kattoroq maqsadni, moddiy manfaat ko`rish uchun amalga oshirilib hatto, X asrlarda yirik harbiy qo`shinlarni, millionlab xalqlarni buyumlar, anjomlar bilan ta'minlay oladigan ishlab chiqarish sohalari darajasigacha taraqqiy etdi.
XII - XV asrlarda Movarounnaxr va Xurosonda hunar ilmi, ko’lami rivojlanishi eng yuqori pog`onaga ko`tarildi. Har bir xalq ota-bobosidan meros bo`lib, avloddan-avlodga o`tib kelayotgan o`zining tarixiy-madaniy birligi bilan ajralib, o`ziga xos-xususiyatlarni saqlab kelgan. O`zbeklar ham shular jumlasidandir. Respublikamiz xududida o`tkazilgan arxeologik tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, hunarmandchilik bu erlarda ikki ming yillar oldin rivojlangan. Bu davrda sinfiy jamiyat paydo bo`lib, yirik mehnat taqsimoti negizida hunarmandchilik mustaqil soha bo`lib ajralib chiqqan.
IX - XII asrlarda hunarmandchilik keng rivojlanib, xalqimizning xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari avj olgan. Ayrim manbalarda qayd etilishicha, 32 xil hunar turi mavjud bo`lgan aholi yashaydigan joyni shahar deb atashgan. 1897 yili birinchi aholi ro`yxati vaqtida katta shaharlarda aholining ko`pchilik qismi hunarmandlar hisoblangan. Masalan, Namangan aholisining 64 foizi, Qo’qonning 52 foizi, Chustning 54 foizi, Marg`ilonning 50 foizi, mustaqil kasb-hunar egasi hisoblangan .
Hunarmandchilikning qadimiy davrlarda eng ko`p tarqalgan turi temirchilik, zargarlik, misgarlik va tunukasozlik bo`lgan. Hozirgacha keng tarqalgan qadimiy kasblardan biri yog`och buyumlari yasash hunarmandchiligidir. XX asr boshlarida tikuv mashinalarini paydo bo`lishi bilan yangi hunarmandchilik kasbi - mashinachilik yuzaga keladi. O`zbeklarning eng keng tarqalgan uy kasblaridan biri do`ppido`zlikdir.
Bulardan tashqari, hunarmandlar teridan har xil buyumlar yasaganlar, poyafzalchilar o`z mahsulotlarini shahar va qishloqlarda yurib aholiga sotganlar. Nonvoylik, qandolatchilik va qassoblik ham kasblardan bo`lib ularning do`konlari har qadamda uchragan. Katta to`y-ma'rakalar o`tkazish odati maxsus oshpazlik kasbini yuzaga keltirgan.
Sharqning buyuk mutafakkirlari va allomalari deyarli barcha davrlarda o`z asarlarida, she`r va g`azallarida, adabiy meroslarida halol mehnatni, kasb-hunar egallashni muqaddasligini va zarurligini ta'kidlab, ulug`lab o`tganlar.
Ulug` bobokolonimiz A.Navoiy o`z g`azallarida yoshlarni ilm-hunar egallashga chaqiradi.
Ilm kasbini qildi to joni bor,
Hunar o`rgandi onga ki imkoni bor.
X asrda yashab ijod etgan ulug` bobokalonimiz Abunasr Al - Forobiy (870-950) ham kishilarni halol mehnat qilishga va kasb-hunar egallashga chaqiradi. Forobiyning fikricha, inson - "Ojiz banda", "Hech narsaga qodir bo`lmagan mavjudot" emas, balki u eng oliy kamolot bo`lib "Aql-idrok ziyosiga ega, o`zi uchun zarur bo`lgan hamma narsani yaratishga qodir borliqdir" . Forobiy mehnat va kasb - hunar ko`nikmalarini axloqiy fazilatlarni hosil qilish lozimligini ta'kidlab: "Agar kasb-hunar fazilati tug`ma bo`lganda, podshohlar ham o`zlari istab va harakat qilib emas, balki podshohlik ularga faqat tabiiy ravishda muyassar bo`lgan, tabiat talab qilgan tabiiy bir majburiyat bo`lib qolar edi. Kasb-hunar fazilati tug`ma bo`lmas ekan, xalqlar va shahar ahllarida, odob-axloq, rasm-rusm, kasb-hunar, odat va irodani hosil qilishi uch insondagi zo`r kuch va qudrat talab qilinadi. Bu ikki yo`l bilan: ya'ni ta'lim va tarbiya yo`li bilan hosil qilinadi. Ta'lim degan so`z xalqlar shaharlar o`rtasida nazariy fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlari birlashtirish degan so`zdir" degan edi .
Kasb-hunar egallashni ahamiyati to`g`risida qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino (980-1037) ning asarlarida ham ko’ramiz. Uning fikricha bolaga yoshligidan biror kasb-hunarni o`rgatish lozim. Bola kasb-hunarni ma'lum darajada o`zlashtirib bo`lgandan so`ng o`z kasb-hunaridan hayotda foydalanish, yani halol mehnat bilan mustaqil hayot kechirishga o`rgatish kerak.
"Yoshlarga ilm bera borib, ularga hunar o`rgatmoq muhim ma'suliyatli ishdir. Hunar o`rganish birla yoshlar har qanday nojo`ya hatti-harakatlardan holi bo`ladilar", deb ta`kidladi. Hunarli bo`lishga chorlangan nasihatlari hozirgi kunda ham muhim qimmatga ega:
Oltin olmaginu o`rgangin hunar
Hunarni oldida xasdir oltin zar .
Sharq, Markaziy Osiyolik mutafakkirlar hamda o`zbek marifatparvar shoirlari ham kasb-hunar egallashni ahamiyati to`g`risida o`z asarlarida qimmatli maslahatlarini qoldirganlar, bu meros hozirgi kunda ham yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirishda muhim ahamiyatga ega.
Tabiat va jamiyat hodisalari, ishlab chiqarish jarayonlari ko‘pincha shu qadar murakkabki, bularni bir ilm-fan doirasida tavsiflash mumkin emas. Maktabda o‘rganilayotgan ko‘pgina fakt va qonunlar o‘zaro bog‘liq holda aniq ruyobga chiqarilgan taqdirdagina o‘zlashtirilishi mumkin. Misol uchun kasbga yo‘naltirish masalasini olib ko‘raylik.
Muammoning muhimligi yoshlarni kasbga yo‘naltirishga oid bir qancha amaliy masalalarni shoshilinch ravishda hal qilishning zarurligi hozirgi vaqtda ko‘plab mutaxassislar pedagoglar, psixologlar, vrachlar, iqtisodchilar, sotsiologlar va g‘oyat xilma-xil sohalarda ishlovchi amaliyotchi xodimlarning e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Bu borada ko‘plab mutaxassislarning ishtirok etishi va ish olib borishi muammoni to‘g‘ri va kompleks tarzda hal etish uchun zamin va sharoitlar yaratib beradi, albatta.
Shu bilan birga bu mutaxassislarning har biri to‘la aniq ma’lumot olgan, muayyan ish tajribasiga ega xodimlardir. Shu boisdan ular kasbga yo‘naltirish sohasidagi o‘z faoliyatida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan metodlarga, muammoga yondashuv usullariga hamda idrok qilish uslubi va shu kabilarga tayanadilar. Bu esa ba’zan ularda tushunchalarning ayrim atamalaridan foydalanishda ziddiyatlar tug‘diribgina qolmay, kasbga yo‘naltirish maqsad va vazifalarining qo‘yilishida bir qancha amaliy masalalarini tushunib olishda bu borada yakdillikning buzilishiga ham olib kelmoqda. Shu sababdan ham kasbga yo‘naltirishga oid bilimlar mazmunining yagona tizimini hamda kasbga yo‘naltirish metodologiyasini ishlab chiqish kasbga yo‘naltirish sohasida bundan buyon muvaffaqiyatli ish olib borishning muhim shartidir.
Maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish muammosiga oid e’lon qilingan asarlarning tanqidiy tahlili va ommaviy maktablar tajribasini umumlashtirish asosida o‘quvchilarning e’tiborini yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish va ularni kasbga yo‘naltirishga doir yetarli darajada yaxshi ishlab chiqilmagan bir qancha muammolarga alohida e`tibor qaratish lozim. Bular:
a) yuqori sinflarning o‘quvchilarini ishchi kasblarini hisobga olib, umumta’lim maktablari uchun kasbga yo‘naltirish tadbirlarini ishlab chiqish;
b) mintaqa sharoitlarini, milliy an’analarini hisobga olib, umumta’lim maktablari uchun kasbga yo‘naltirish tadbirlarini ishlab chiqish;
v) kasbga yo‘naltirish vazifalarini amalga oshirish bilan 5-7; 8-9; 10-11 sinflar o‘quvchilarning umumiy mehnat, politexnik yo‘nalishi va kasbiy tayyorgarligi o‘rtasida uzviy aloqaning yo‘qligi muammolaridir.
O‘rta Osiyo mintaqalari uchun yetarli darajada nazariy va amaliy jihatdan ishlab chiqilmagan ana shu muammolarni hal qilish kerak bo‘ladi. Bu masalalarda mamlakatimiz paxtachilik o‘lkasining mintaqa xususiyatlarini, milliy an’analarini va tarixiy tajribasini hisobga olish lozim bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa fan-texnika taraqqiyotining hozirgi talablari asosida maktab yoshlariga mehnat tarbiyasi berish va ularni ishchi kasblarini egallashga yo‘naltirish shakl va metodlarini takomillashtirishniig yangi yo‘llarini qidirishga to‘g‘ri keladi.
Kasbga yo‘naltirish ishida iqtisodiy muammolar muhim o‘rin tutadi. Bular orasida xalq xo‘jaligini rivojlantirish va kadr muammolari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu masalalarni kasbga yo‘naltirish jihatlari bilan o‘zaro bog‘liq tarzda talabalarning mustaqil mashg‘ulotlarida ko‘rib chiqishi tavsiya etiladi.
Hozirgi fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyot sharoitida yosh avlodni jamiyat barpo etishda faol qatnashishga tayyorlashi lozim bo‘lgan maktabning roli har qachongidan ko‘ra o‘sdi.
Shu munosabat bilan o‘quvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash, umuminsoniy ahloqiylikni shakillantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash ta’lim va tarbiyaning hamma bosqichlarida hozirgi maktabning vazifalaridir.
Kasbni to‘g‘ri tanlash - inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyat ko‘p jihatdan kasbning qanchalik to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq.
Kasbni to‘g‘ri tanlash har bir maktab o‘quvchisining obyektiv vajlariga, qiziqishiga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo‘lishi uchun uning sog‘ligini, o‘zlashtirishini va xissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda hammadan ko‘ra ko‘prok qaror topadi va namoyon bo‘ladi.
Odam bajarayotgan ishlariga ijodiy munosabatda bo‘lib, mehnat unumdorligini doimo oshirib borsa, tanlagan kasbiga zo‘r qiziqish bilan qarasa, o‘z ishining ijtimoiy ahamiyatini tushunsa, uning qobiliyatlari mehnatda takomillashib borsa, o‘shandagina u mehnatdan qoniqish hosil qiladi va xursand bo‘ladi, bunday holda har bir shaxs jamiyatga eng ko‘p naf keltiradi.
Mana shu aytgan gaplardan kasb tanlashning g‘oyat muhim ijtimoiy ahamiyati kelib chiqadi. N.K.Krupskaya fikri bo‘yicha kasb-korni erkin tanlash juda katta ahamiyatga ega. Odam shug‘ullanayotgan ishini yaxshi ko‘rsa, bundan u xursand bo‘ladi, qoniqish hosil qiladi, zo‘r tashabbus ko‘rsatadi, toliqmay mehnat unumini oshiradi.
Maktab o‘quvchilarining kasb tanlashi ongli zaruriyat bo‘lishi va ayni vaqtda jamiyat manfaatlariga mos bo‘lib tushishi, yigit va qizlarning kamolot yo‘lida shaxsiy muddaolarini qondirish lozim. Buning uchun yuksak darajada ma’lumotli bo‘lish zarur, hozirgi asrimizda bunday ma’lumotsiz fan-texnika ildam taraqqiy etishi mumkin emas.
Umummehnat va maxsus malakalarni, kasbga bo‘lgan qiziqishlarini shakillantirishning bunday imkoniyatlari obyektiv zaminga ega bo‘lib, voqelikda har kuni amalga oshirilmoqda.
Sanoat tez rivojlanganligi, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish borasida katta qadamlar qo‘yilganligi, ilm-fan, texnikani va madaniyatni yuksaltirish sohasidagi muvaffaqiyatlar bir tomondan, yoshlarning qiziqishlariga va qobiliyatlariga muvofiq, ikkinchi tomondan xalq xo‘jaligi talab-ehtiyojlariga asosan kasb tanlashlari uchun amaliy jihatdan cheklanmagan imkoniyatlar yaratdi, umumiy ta’lim maktabida mehnat politexnika ta’limi sharoitida kasbga yo‘naltirish muammosini ijobiy hal qilish uchun barcha shart-sharoitlarni vujudga keltirildi.
Kasbga yo‘naltirish o‘quvchilarga politexnik ma’lumot berish masalalari bilan, kasb tanlash esa muayyan bilim darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Yosh avlodda mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lishni tarbiyalash muhimdir. Ijodkorlik inson faoliyatiga umuman xos narsadir. Qobiliyatlarini har tomonlama kamol toptirish uchun imkoniyat mavjud bo‘ladi, chunki bolalar yoshligidanoq mehnatga qiziqib qoladilar: ular o‘z o‘yinlarida ota-onalariga, atrof-tevarakdagi kishilarga taqlid qiladilar, ularning mehnat harakatlarini takrorlaydilar. Faoliyatga ana shunda intilish, kattalarning mehnatiga taqlid qilish bolalarga maktabgacha yoshdayoq hammabop mehnat malakalarini singdirish uchun qulay omil bo‘lib xizmat qiladi.
Tabiiyki, bularning hammasini tushunarli va obrazli shaklda bolalar ongiga yetkazish, bolalarni o‘rab turgan va ularga xizmat qilayotgan hamma narsalar odamlarning mehnati bilan vujudga keltirilgan, qo‘llar faqat mehnatdagina «mohir qo‘llar» ga aylanadi, mehnatsiz hech narsani o‘rganib bo‘lmaydi, degan fikrni singdirishga intilish zarur.
N.K.Krupskaya o‘z asarlarida mehnat ta’limi berish va kasbga yo‘naltirishning, yoshlarni ishchi kasblarini to‘g‘ri tanlashga tayyorlashning siyosiy, xalq xo‘jalik, madaniy va pedagogik ahamiyatini aniq belgilab bergan. Bunda u kasb tanlashda odamning xususiyatlarini, tabiiy is’tedodini va uning u yoki bu mehnat faoliyatiga qiziqishini hisobga olishga da’vat etgan edi.Uning fikri bo‘yicha maktabda va maktabdan tashqari ish olib borish yo‘li bilan yosh avlodimizning umumiy ta’lim va politexnik ong-bilim darajasini ilk yoshdayoq kengaytirish zarurligini bir daqiqa ham yoddan chiqarmasligimiz kerak, shuni esdan chiqarmaslik lozimki, umumiy ta’lim va politexnik saviyaning torligi kasblar tanlash erkinligini cheklab qo‘yadi.
Umumiy ta’lim maktablarida, zavod va fabrikalarda, o‘quv yurtlarida kasbga yo‘naltirish ishlarini o‘tkazish zaruriyatini turmushning o`zi taqozo etmoqda. Bu narsa qayta qurish yangi marralari yil sayin tobora keng avj oldirilayotgandir. Birgina O‘zbekistonning o‘zida yaqin kelajakda bir nechta yangi sanoat va qishloq xo‘jalik obyektlari paydo bo‘ladi va mavjo‘dlari kengaytiriladi, bularda mehnat faoliyatining yangi turlari vujudga keltiriladi. Yangi kasblar va mutaxassisliklar - metrosozlar, binokorlar, keng profildagi kasblar - paxtakor - mexanizator, chorvador-operator, yengil va ogir sanoat eng yangi zamonaviy korxonalari kasblari va bir qancha yangi obyektlardagi kasblar ommalashib qolgan bo‘lib, ular O‘zbekistonda xalq xo‘jaligi tarmoqlarini belgilab bermoqda. Yangi kasblar va mutaxassisliklar soni yil sayin ko‘payib bormoqda.
Bu aytganlarimizdan shunday xulosa kelib chiqadi: o‘quvchi tanlagan kasb ogzaki tushunchagina bo‘lib qolmasligi o‘quvchi o‘z qobiliyatlarini yangi kasbda sinab ko‘rishi, ushbu kasb to‘g‘risidagi tushunchasi qanchalik to‘g‘ri ekanini xolisona tekshirib ko‘rishi lozim.
Uz-o‘zidan ma’lumki, bunga o`qitishning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi, bilimlarni, ilm-fan asoslarini, ayniqsa ijtimoiy foydali va unumli mehnat bilan chambarchas bog‘langan mehnat politexnik bilimni chuqur va mustahkam egallash natijasidagina erishish mumkin.
Har qanday kasbda eng muhimi- uning mehnat mazmuniga ega bo‘lishidir. SHo‘ boisdan mehnatsevarlikni, yaxshi urf-odatlarni tarbiyalash va ularni mehnat jo‘shqinligiga ko‘chirish bolalarni kasb tanlashga tayyorlashning bosh negizidir. Oilada bolani mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash odatda maktabgacha bo‘lgan yoshdan boshlanadi. Ana shu paytdan e’tiboran bolalarni bo‘lgusi kasbni tanlashga tayyorlash amalga oshirilishi lozim. Bunda bolalarning qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari va imkoniyatlarini muntazam ravishda o‘rganish zarur. Kasb tanlashda xato qilmaslik uchun bolalarga avvalo maktab va oila yordam berishi kerak.
Har bir shaxs har tomonlama kamol topishi lozim, buning uchun maktablarda barcha imkoniyatlar mavjud. Bolalar yaxshi, aqliy, jismoniy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiyani va shu bilan birga politexnik ma’lumotni ola turib, shu asosda o‘zlarini kasbiy faoliyatga tayyorlashlari mumkin. «Kim bo‘lsam ekan?» muammosi «Qanday odam bo‘lish kerak» muammosi bilan birgalikda hal qilinishi lozim. Maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirishga oid ishlarni ta’lim yo‘llari orqali muttasil va izchillik bilan olib borish kerak.
Yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash - g‘oyat muhim vazifadir. Shu boisdan yoshlarning kasb tanlash muammosi o‘rta umumta’lim maktabi ishida katta o‘rin tutadi.
«Kim bo‘lsam ekan?» degan savol har bir yigit va qiz uchun eng asosiy muammolardan biridir. Odamning shundan keyingi butun hayoti ana shu muammoni hal qilishga bog‘liq. Kasbni to‘g‘ri tanlash mehnatda va ijtimoiy faoliyatda eng yuksak ko‘rsatkichlarga erishishga yordam beradi, mehnat jarayonida va uning natijalaridan qoniqish esa ijodkorlikni eng ko‘p namoyon etish, eng yaxshi hissiy kayfiyatda bo‘lish, tanho bir kishining ham, umuman jamiyatning ham barcha hayotiy rejalarini bir muncha to‘la amalga oshirish imkonini beradi.
Jamiyat hamma zamonlarda yosh avlodga ijtimoiy va kasbiy tajribani berish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilib keldi. Insoniyat yashashining ilk davrlarida bu tajriba meros bo‘lib qolar, avloddan - avlodga o‘tar edi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan odamga nisbatan qo‘yilgan talablar ham oshdi, bu esa turli kasblarda ishlash uchun xodimlarni tanlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish zarurligini taqozo etdi.
Hozirgi vaqtda, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirishning muhimligi ancha oshdi. Bir tomondan - ishlab chiqarishni murakkablashtirayotgan xilma-xil kasblar va mutaxassisliklarning mavjudligi, ikkinchi tomondan - bir qator barqaror shaxsiy xususiyatlari bilan ajralib turgan odamlarning mavjudligi kasblarni, o‘quv yurtlarini tanlashda, kadrlarni ish o‘rinlariga joylashtirishda va qayta joylashtirishda ana shu omillarni, umuman inson omilini hisobga olishni qat’iy talab qiladi.
Iqtisodiy islohot va umuman qayta qurish insonni faol ravishda birinchi o‘ringa chiqarib qo‘ymoqda, ijtimoiy adolat odam o‘z shaxsiy qobiliyatlarini namoyon etishga ko‘proq e’tibor berilishini taqozo qilmoqda. Bu vazifani hal qilishda shaxsiy manfaatlar va jamiyatning kadrlarga bo‘lgan talab-ehtiyojlari birligida yoshlarni erkin va ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashning ilmiy asoslangan sistemasi bo‘lmish kasb tanlashga yo‘naltirishga muhim o‘rin ajratilmoqda.
Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash masalasiga yoshlarni har tomonlama va uyg‘un rivojlantirishning muhim sharti sifatida qaralmoqda. Bu ish shaxsni g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnatsevarlik, aqliy, estetik va jismoniy jihatdan kamol toptirish bilan, ya’ni butun ta’lim-tarbiya jarayoni, uning butun kompleksi bilan uzviy birlikda va hamjihatlikda amalga oshiriladi.
Xalq ta’limining shu sohadagi bir qator qarorlarida ta’kidlab o‘tilganidek, vujudga keltirilayotgan kasbga yo‘naltirishning davlat tizimida umumiy ta’lim maktabiga, o‘qituvchiga yetakchi o‘rin ajratilmoqda. Ayni o‘qituvchi mehnat ahliga bo‘lgan zamonaviy talablarni hisobga olib, umummehnat va kasbiy mahorat hamda malakalarni egallashdagina emas, balki kasbni to‘g‘ri tanlashda ham o‘smirlarga yordam berish lozim. Kasb to‘g‘ri tanlanganda ular o‘z qobiliyatlari va qiziqishlarini yaxshiroq ro‘yobga chiqarishlari hamda jamiyatga ko‘proq naf keltirishlari mumkin.
Ilk kasbga yo‘naltirish (I-IV sinflar) bolalarni mehnatga tayyorlashdan, yosh xususiyatlarini hisobga olib, ularni kasblar, mehnat olami bilan tanishtirishdan, ularda o‘z mehnati bilan boshqalarga naf keltirish ehtiyojini shakllantirishdan iborat. Bunga esa bolalarni qo‘ldan keladigan ijtimoiy - foydali mehnatga o‘quv va o‘yin faoliyatining har xil turlariga jalb etish yo‘li bilan erishish mumkin.
O‘rta bo‘g`inda (V-VII sinflar) maktab o‘qituvchilari ijtimoiy-foydali, unumli mehnatga kirishadilar, ularda kasb tanlashning ijtimoiy ahamiyatga molik sabablari, mehnat faoliyatining aniq sohasiga bo‘lgan qiziqish shakillanadi.
Navbatdagi bosqichda (VIII-IXsinflar) o‘quvchilarda tizimlashtirilgan bilimlar, kasblar olamida mo‘ljal ola bilish mahorati, aniq kasbga bo‘lgan qiziqish shakillanishi lozim. X-XI sinflarda asosiy e’tibor yuqori sinf o‘quvchilarini moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnatga tayyorlash ijtimoiy-kasbiy jihatdan bir maqsadni ko‘zda tutganligiga qaratilishi kerak.
I-IV sinflarning o‘quvchilari kasb tanlashdan hali uzoq turadilar. Biroq ular o‘rtasida to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan kasb tanlash ishi shunday bir negiz bo‘lishi kerakki, yuqori sinflardagi o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishlari, o‘y va niyatlari keyinchalik shu negiz asosida rivojlanadigan bo‘lsin.
Beistisno barcha kasblar uchun zarur va muhim bo’lgan shaxs xislatlari bor, bular-mehnatsevarlik, hamma kasb va mutaxassislikdagi mehnat ahliga nisbatan hurmat-ehtirom, mehnat qilish zarurligini tushunish va anglash, uz ishini rejalashtirish va nazorat qila bilish, ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish, ish batartib va intizomli bo‘lish, toqatlilik, sabotlilik, topshiriqni bajarishning eng oqilona usulini tanlab ola bilish, materiallar hamda vaqtni tejash va shu kabilardir. Ana shu xislatlar va fazilatlarning hammasini bolalarda birinchi sinfdan boshlab shakillantirish lozim.
Bolalarni kasblar olamiga asta-sekin olib kirish, ularni shu olamda mo‘ljal olishga o‘rgatish zarur. O‘qituvchi o‘quvchini darslarda kuzatish, u bilan suhbatlashish, bola faoliyati mahsulini tahlil qilish jarayonida uning ba’zi bir xususiyatlarini, mayillarini payqab oladi, bu xislatlartga rivojlantirish yuzasidan tegishli ishlarni ado etgandan keyin, keyinchalik kasbni belgilashda asosiy omil bo‘lishi mumkin.
Bolaning kasbiy muhim xislatlarini barvaqt aniqlash esa keyinchalik unga o‘z xususiyatlariga qarab kasbni to‘g‘ri tanlash, uni muvaffaqqiyatli ravishda o‘zlashtirish, mehnatda yuksak natijalarga erishish imkonini berishi mumkin.
Ko`pgina olimlar o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, maktab o‘quvchilarining taxminan 30 foizida tanlangan kasbga nisbatan barqaror qiziqishlar boshlang’ich sinflardayoq shakllanar ekan. O‘qituvchining vazifasi -o‘quvchilarning qiziqishlarini mumkin qadar oldinroq aniqlagadan va jamiyat talab-ehtiyojlariga muvofiq shu qiziqishlarini rivojlantirishdan, inson shaxsini har tomonlama uyg’un kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Mehnat ta’limi darslari kasbga yo‘naltirish ishini olib borish uchun alohida imkoniyatlarga ega. Buni mehnat darslari kasbga yo‘naltirishga qaratilgan yo‘lining tahlili misolida ham ko’rish mumkin. I-IV sinflarda mehnat ta’limining asosiy maqsadlaridan biri - o‘quvchilarda inson uchun mehnat birinchi zaruriyat, ijtimoiy burch ekanligiga, har qanday kasbni egallash uchun mustahkam va chuqur bilimlar kerakligiga ishonch hosil qilishdan iborat. Mehnatga muhabbatni va ishlash istagini faqat mehnatda tarbiyalash mumkin. Shu boisdan ham mehnat ta’limi darslarida qariyb 80 foiz vaqt amaliy ishlar uchun ajratilgan.
Shu bilan birga darslarda bolalar, odamlar mehnat faoliyatining asosiy sohalari bilan, ularning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga oid eng ko‘p tarqalgan kasblar bilan tanishtiriladi. O‘qituvchi ilgari tuzgan kasbga yo‘naltirish rejasiga muvofiq tarzda dars reja-konspektini yoza turib, kasbga yo‘naltirish darsi oldiga maqsad qo‘yib, kasbga yo‘naltirishga oid ma’lumotlarni unga kiritadi. Bu esa biron-bir kasb, asbob, ishlab chiqarish texnologiyasi, muayyan mehnat operatsiyalarini o‘rgatishdan, kasb jihatidan muhim xislatlarini tarbiyalashdan, o‘quvchilarni ilgari belgilangan reja asosida o‘rganishdan yoki ana shu tarkibiy qismlarning hammasini qo‘shib olib borishdan iborat bo‘lishi mumkin.
Qo`yi sinflarning o‘quvchilari xilma-xil materiallar (qog’oz, karton, tabiiy materiallar, tunuka, sim, yog’och, fanera, plastmassa, tolali materiallar) bilan ish ko‘radilar, ular ishlashga oid o‘zlariga bop, ma’qul bo‘lgan operatsiyalarni o’rganadilar. Ular texnik va texnologik tusdagi masalalarni yechishni o’rganadilar, turli materiallar hosil qilish va qo’llanish ishini, bu materiallarning odamlar turmushidagi ahamiyatini bilib oladilar, u yoki bu texnologik operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan eng oddiy asboblardan foydalanish yo‘llari bilan tanishadilar va foydalanishni o‘rganadilar, tegishli kasblar to‘g‘risida ma’lumotlar oladilar. Chunonchi, o‘quvchilar uchun ishlab chiqilgan (transport) konstruktori bolalarni 18 xil turli transport mashinalari va kasblar bilan tanishtirish imkonini beradi.
O‘quvchilar qurilish konstruktori bilan ishlab, qurilish kasblari, ularning muhimligi va zarurligi to‘g’risida, qurilish bilan bog‘liq bo`lgan odamlar mehnatining mazmuni haqida ma’lumotlar oladilar, qurilish obyektlarini modellashtirishni o‘rganadilar. Bu ishlar bolalarda texnik tafakkurni, makonga oid tasavvurlarni, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi, ularda quruvchi mehnatiga hurmat bilan qarash hissini tarbiyalaydi.
Texnik konstruktor bilan ishlash chog’ida bajariladigan topshiriqlar o‘quvchilarni mashinasozlik, elektrotexnika asoslari bilan tanishtiradi, ularda texnik tafakkurni rivojlantiradi, texnikaga muhabbat xislarini tarbiyalaydi, unchalik murakkab bo‘lmagan texnik qurilmalarni bilib olish imkonini beradi. Bolalar mashinasozlikka oid keng tarqalgan va zarur kasblar ana shu kasblarning mehnat mazmuni bilan tanishtiradilar.
«O‘simliklarni o‘stirish va hayvonlar hayoti bilan tanishtirish» bo‘limlari bolalarni qishloq xo‘jalik asoslari bilan tanishtirishni ko‘zda tutadi. O‘quvchilar xonaki o‘simliklarni parvarish qiladilar, piyoz, xonaki o‘simliklar yetishtirish yuzasidan tajriba o‘tkazadilar. Ular maktab o‘quv - tajriba uchastkasida ishlab, yerda mehnat qiladilar; tuproqni yumshatadilar, o‘simliklarni o‘toq qilib, begona o‘tlardan tozalaydilar, o‘simliklarning o‘sishini kuzatadilar, o‘z mehnatining natijalarini ko‘radilar, odamlar mehnatini qadrlashni, yerni e’zozlashni o‘rganadilar.
O‘quvchilar chorvachilik kasblari bilan ham tanishadilar, hayvonlarni to‘g‘ri parvarish qilishni o‘rganadilar.
O‘qituvchining o‘quvchilarda yerga omilkorlik bilan qarash xissini shakllantirishi, qishloq xo‘jaligidagi mehnat to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvur berishi, uz mehnati va o‘z jamoasi mehnati natijalaridan xursand bo‘lishni o‘rgatishi muhimdir. Shu boisdan ishni shunday rejalashtirish kerakki, bolalar chorva mollarni parvarish qiladigan, hosilni yig’ishtirib oladigan, mehnat natijalarini hisob-kitob qiladigan bo‘lsinlar. Bunday hollarda bolalarning ishga qiziqishi kuchayadi va kasbga yo‘naltirish ishi alohida mazmun kasb etadi.
Yuqori sinflarda o‘quvchilar kasblar bilan professiogrammalar yordamida tanishadilar. Kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun esa hikoya qilib berish, suhbatlar o‘tkazish, kasb namoyondalari bilan uchrashish, diafilmlar, kinofilmlar ko‘rish, albomlarni ko‘zdan kechirish, sayohatlar o‘tkazish ko`proq maqbuldir.
Bu sohada olib borilayotgan barcha ish shakillaridan suhbat o‘tkazish hammadan ko‘p foydalanilmoqda. Suhbat bolalarning faol ishtirokida o‘tishi muhimdir. Shu maqsadda o‘qituvchi kasblar to‘g‘risida, ayniqsa ota-onalari, qarindoshlari yoki tanish-bilishlari mazkur kasblarda ishlayotganlarning bolalari sinfda bo‘lsa, shu kishilarning kasblari haqida ma’lumotlar to’plash yuzasidan o‘quvchilarga topshiriqlar berishi mumkin. Suhbatlar hikoya qilib berish, fotosuratlarni namoyish qilish, ta’limning texnik vositalarini qo‘llanish bilan to‘ldirishi mumkin. Informatika va hisoblash texnikasi imkoniyatidan foydalanish ayniqsa muhimdir.
Darsning amaliy qismi mazkur kasbdagi odamlarning mehnati bilan bog‘lansa ayni muddao bo‘lur edi. Masalan, «Tolali materiallar bilan ishlash» bo‘limini o‘rgana turib, o‘quvchilar bichiqchi kasbi bilan tanishadilar, murakkab bo’lmagan ishlarini bajaradilar; kiyim tikish kasbi bilan tanishadilar; turli choklash ishlarini bajarib, tugmalar qadab, kiyimlarni mayda tuzatish ishlarini ado etib, olgan ma’lumotlarini mustahkamlaydilar.
O‘quvchilarni dasturda ko‘zda tutilgan kasblar bilan tanishtirishdan tashqari kasbini targ’ib qilish, ya’ni bolalarni ushbu tuman uchun zarur bo‘lgan kasblar bilan tanishtirish, ularda yana shu kasblarga nisbatan hurmat - ehtiromni tarbiyalash, shu kasblarning jozibali jihatlarini ochib berish lozim.
Bu borada darslardan tashqari o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan korxonalarga qilinadigan ekskursiyalar katta rol o‘ynashi mumkin.
Kasbga yo‘naltirish ishiga kompleks yondashish o‘quvchilarni har tomonlama o‘rganishni ham ko‘zda tutadi. Bu tadbir o‘quvchilar shaxsining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga, ular bilan bundan buyon ishlashning turli shakllari va metodlarini qidirib topishga yordam beradi. O‘rganishni metodlar bilan o‘tkazish, eng muhimi bu ishni muntazam ravishda va sobitqadamlik bilan amalga oshirish kerak.
Kuzatish -o‘quvchilarni o‘rganishning keng omallashgan metodidir. Bu metod muayyan maqsadni ko‘zlaydi, ish reja asosida olib boriladi, kuzatishning yakunlovchi natijalari qayd qilinadi. Mehnat ta’limi darslari kuzatish o‘tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Diognostik suhbatlar o‘tkazish ham qo‘llaniladi. Bunday suhbatlar yakka tartibda yoki jamoa tarzida o‘tkazilishi mumkin. Quyi sinflarda o‘tkaziladigan mehnat darslarida o‘quvchilar faoliyati natijalarini tahlil qilish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud. Chunki mehnatning turli obyektlarini tayyorlash chog’ida har bir bolaning shaxsiy xususiyatlari g’oyat ravshan namoyon bo‘ladi: bir xil bola texnik konstruktorni yaxshi biladi, ikkinchi xil bola tikishda mahorat ko‘rsatadi, uchinchi xil bola esa maktab uchastkasida o‘z qobiliyatlarini namoyon etadi va x.k.
O‘quvchilarning hujjatlarini va amaliy ish-harakatlarini tahlil qilish ham bola shaxsini o‘rganishda o‘qituvchiga yordam berishi mumkin.
O‘quvchilarning shaxsini o‘rganish ularni tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘qituvchi o‘quvchining alohida xususiyatlarini payqab, unda mavjud iste’dod nishonalarini rivojlantirish metodlarini topaolishi, uning xulq - atvoridagi salbiy jihatlarini bartaraf etishi mumkin va x.k. Ba’zi bolalarda kasbga moyillik yaxshi namoyon bo‘ladi, ko‘pchilik bolalarda bu narsa birdaniga aniqlanmaydi. O‘qituvchining boladagi iste’dod nishonalarini aniqlashi, bularni o‘quvchining o‘ziga va uning ota-onasiga aytib berishi, bolaning qobiliyatini rivojlantirish va shakillantirishda ko‘maklashishi muhimdir.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, kasbga yo‘naltirish ishi - o‘quv jarayonining uzviy tarkibiy qismidir. Qo`yi sinflardan boshlanadigan bu ish jamiyat uchun zarur, har bir kishining xususiyatlariga mos kasblarga barqaror qiziqishni tarbiyalashga yordam beradi. Mehnatga qiziqishning mavjudligi va mehnat qilishga shaylik - shaxs yetukligining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ish o‘quvchilarni kasb-korni ongli ravishda tanlashga, ularni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, moddiy ishlab chiqarish, fan texnika borasida va shu kabi sohalarda ularda ishga qiziqishni shakillantirishga ko‘p jihatdan yordam beradi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda olib borilayotgan kasbga yo‘naltirish ishida o‘quvchilarning yosh va bilish xususiyatlariga qarab bir necha bosqichni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Birinchi bosqich (I-IV sinflarning o‘quvchilari bilan ishlash) - moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnatga bo’lgan ijtimoiy qiziqishlarni shakillantiradi, o‘quvchilarda mehnatga ijobiy munosabatda bo‘lishni, eng muhimi - jismoniy mehnatga shunday munosabatda bo‘lishni, ishchi degan nomni hurmat qilishni, qo‘lidan keladigan o‘z mehnati bilan atrofdagi kishilarga quvonch bag’ishlashga va bundan ma’naviy qoniqish olishga intilishni shakllantiradi.
Bu boradagi ishlar oldindan tuzilgan reja asosida olib boriladi. Bu rejaga muvofiq ekskursiya uyushtirish eng ommalashgan kasblar to‘g‘risida qishloq maktablarining o‘quvchilari uchun jamoa xo‘jaligida, shahar maktablarining o‘quvchilari uchun korxonalarda, ota-onalarning ishlari va ularning mehnatda erishgan muvaffaqqiyatlarida suhbatlar tashkil qilish ko‘zda tutiladi. Ana shu yosh guruhidagi o‘quvchilar uchun maktab oshxonasiga, o‘quv ustaxonalariga, mehnat kabinetiga, kutubxonaga, korxonalarga, aloqa bo’limiga, jamoa xo’jaligi avtotraktor parkiga va shu kabi joylarga ekskursiya tashkil qilish mumkin.
Bu ekskursiyalar chog’ida ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan odamlarning mehnatiga, xom ashyodan tayyor mahsulot olishga berayotgan mehnat qurollariga asosiy e’tibor beriladi, jamiyat va ayrim odamlar turmushida mehnatning roli o’qtirib o‘tiladi.
Ikkinchi bosqich (V-VII sinflarning o‘quvchilari bilan ishlash) - biron ish qilishga undaydigan bosqich. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarda bilishga bo‘lgan qiziqish, odatda, kasbga bo‘lgan qiziqishdan oldin shakillanadi. Shu boisdan ushbu bosqichda kasbga yo‘naltirish sohasida olib borilayotgan ishda o‘quvchilarda ish turlari (texnika bilan ishlash, tabiat obyektlari va shu kabilar bilan ishlash) ni bilishga bo‘lgan qiziqishni uyg’otish muhimdir. Kasbga yo‘naltirishning ana shu bosqichida texnikaga va mehnatga (texnika ijodkorligi va qishloq xo‘jalik tajribachiligiga ) oid sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, viktorinalar, o‘yinlar katta rol o‘ynashi lozim. Bu bosqichda o‘quvchilarda ijtimoiy maqsadlarning shakillanishi davom etadi, shu bilan birga kasbga yo‘naltirish ham boshlanadi.
Uchinchi bosqich (asosan VIII- IX) sinflarning o‘quvchilarini qamrab oladi) - bu bosqichda o‘quvchilar o‘z kuchlarini aniq mehnatda tekshirib ko‘radilar, o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishlari va mayllari yanada shakillanadi. O‘quvchilar bu bosqichda o‘z kasbiy niyatlarining birmuncha umumiy kasblar bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalar bilan mustahkamlaydilar. Bu bosqich aniq kasbni tanlash, uni o‘zlashtirish yo‘llarini belgilash bilan tugaydi. O‘quvchilarning turli klublar va qiziqishlar (predmetlar, predmet-texnika, ishlab chiqarish-texnika va shu kabilar) buyicha to‘garaklarda ishlashi ushbu bosqich uchun diqqatga sazovordir.
Kasbga yo‘naltirish ishini amalga oshirishning umumiy tizimida maktab tizimii dastlabki bosqich hisoblanadi. Kasbga yo‘naltirish ishi maktab tizimining vazifalari:
-shaxsning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlariga ega bo‘lgan fuqarolarni tarbiyalashdan;
-politexnik va boshlang‘ich kasbiy malakalarning muayyan tizimini egallagan bo‘lg‘usi malakali mutaxassisni tayyorlashdan;
-ham shaxsiy mehnat, ham jamoa mehnati muayyan tashkilotchilik malakalarini shakllantirishdan iborat.
Kasb egallashgacha bo‘lgan tayyorgarlik maktab yoshlarini moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnatga hozirlashga umumiy qismi bo‘lib qoladi. Zarur politexnik tayyorgarlikni olgan yigit yoki qiz ishlab chiqarish kasbini tez egallaydi, bunda hunar-texnika ta’limi tizimi shundan keyingi hamma bosqichlarida kasbiy ma’lumot, o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot olish jarayoni jadallashadi.


Xulosa
O‘quvchilarni kitobga yaqinlashtirishda o‘qishga va ishlab chiqarishning u yoki bu sohasiga qiziqish uyg‘otishda maktab kutubxonasi katta ahamiyatga egadir. Hozirgi vaqtda Respublikamizning ko‘pgina kutubxonalari kasb tanlashga yordam ko‘rsatishda ancha-muncha tajribalarga egadir. Bu kutubxona xodimlari o‘quvchi yoshlarda kitob o‘qishga qiziqishni oshirish uchun adabiyotlar yuzasidan ko‘rgazmalar va kitoblar haqida qiziqarli suhbatlar o‘tkazadilar, tavsiyanomalar bitilgan kartotekalar va kasblar haqidagi adabiyotlar ro‘yxatini tuzadilar, kitob va jurnallarning ko‘rgazmasini (vistavkasini) tashкil etadilar, va kasb tanlash yuzasidan konferensiya va munozaralar o‘tkazadilar. Kutubxonalarda bunday tashviqot ishlarini o‘tkazishda muayyan iqtisodiy tumanda ishchi kadrlarga bo‘lgan talablar hisobga olib boriladi.
Umuman, yoshlar o‘rtasida ishchi va boshqa kasblarni tashviqot qilish ishi bugungi kunda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Maktab kutubxonalari xodimlarining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning o‘qishiga rahbarlik qilishdir. Bu tarbiyalash jarayonining muhim vositasi hisoblanadi. Ma’lumki, o‘qib chiqilgan kitobning biri o‘quvchini ishlab chiqarishning har xil turlari, mashinalar, har xil kasb va hunarlar bilan tanishtiradi, boshqasi esa kasb tanlash ustida jiddiy o‘ylashga undaydi. Uchinchisi esa hayotga yo‘llanma osonlikcha berilmasligini, har bir mehnatga hurmat bilan qarashni bayon etadi. Shuning uchun kutubxona xodimlari juda ham ustalik bilan xilma-xil adabiyotlar manbaidan o‘quvchilarning kasb tanlashiga yordam bera oladigan kitoblarni topishi kerak.
O‘quvchilarda kitobxonlikka qiziqish uyg‘otishda kutubxona xodimlari o‘quvchilarning bu qiziqishiga rahbarlik qilishni va uni maqsadga muvofiq yo‘naltirish zarurligini unutmasliklari kerak.
Yana shuni unutmaslik kerakki, o‘smirlik va o‘spirinlik yoshlarida kitobxonlikka qiziqish endi shakllanayotgan bo‘ladi, shuning uchun ham u mustahkam bo‘lmay, har xil ta’sirlarga tez beriladi. Mana shunday paytda maktab kutubxonasi xodimlari kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘lga solishlari birgina istak bo‘lib qolmay, balki zarur masala hamdir.
Kutubxona xodimlarining o‘quvchilar bilan olib borilayotgan ishlarida suhbat va kuzatish, kitobxonlar formulyarlari va kundaliklarini tahlil qilish, anketa bo‘yicha so‘rov o‘tkazish, o‘quvchi-kitobxonlarga tavsifnoma tuzish kitobxonlarning kitob haqidagi taqrizini yig‘ish, o‘quvchilarning qiziqishi kartotekasini tuzish va boshqalar eng samarali usullar ekanligini ko‘rsatadi. Har bir usullarni qisqacha ko‘rib o‘tamiz:


Download 89.5 Kb.

Share with your friends:
  1   2




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page