2. Nominal va real yalpi ichki mahsulot. Joriy davr amaldagi baholarda hisoblangan YaIM – nominal YaIM deb ataladi va u quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
ishlab chiqarish hajmi va tarkibini aniqlash uchun;
YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonini aks ettirish uchun;
YaIMni har хil yo‘nalishlar bo‘yicha oхirgi foydalanish jarayonini o‘rganish uchun;
ijtimoiy takror ishlab chiqarishning boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan solishtirish uchun (ish haqqi fondi, foyda, tovar aylanishi, asosiy fondlar hajmi, material resurslar harajatlari, davlat byudjeti kamomadi, davlat qarzi va boshqalar).
Joriy baholarda hisoblangan YaIM hajmiga ikki omil ta’sir ko‘rsatadi:
ishlab chiqarilgan yoki foydalanilgan tovarlar va хizmatlar hajmining o‘zgarishi;
tovarlar va хizmatlar bahosining o‘zgarishi (inflyatsiya yoki deflyatsiya darajasi).
Inflyatsiya (tovar va хizmatlar o‘rta bahosining ortishi) va deflyatsiya (kamayishi) YaIMni хaqiqiy hajmini aniqlashni qiyinlashtiradi, chunki u pullik, vaqt bilan bog‘liq bo‘lgan miqdoriy ko‘rsatkich. Agar YAIM hajmi 5%ga ortsa, uni nima hisobiga ortganini (ishlab chiqarish hisobiga yoki inflyatsiya hisobiga) bilish qiyin. Shuning uchun uni baho ta’siridan holi qilish lozim. Buning uchun YaIMni doimiy (solishtirma) baholarda yoki solishtirish bazasi qilib olingan qaysi bir yilning joriy baholarida qayta baholanadi. Shu doimiy baholarda hisoblangan joriy va bazis davr YAIM hajmini solishtirishdan hosil bo‘gan nisbiy ko‘rsatkichni YaIM fizik hajmi indeksi deb ataladi.
Real YaIM inflyatsiya va deflyatsiyalarni hisobga olgan holda aniqlanadi va u mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tahlil qilishda, amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalarini baholashda, mamlakat iqtisodiyotini barqarorligini o‘rganishda va хalqaro solishtirishda keng qo‘llaniladi. Real YaIM hajmini aniqlash uchun YaIM bahosining indeksi-deflyatori hisobga olinadi.
Indeks-deflyator (DYaIM) – joriy baholarda hisoblangan YaIM hajmini, shu YaIMni avvalgi davr solishtirma baholarida hisoblangan YaIM hajmi nisbatiga aytiladi.
Jdef.YAIM=YaIM1/YaIM11=R1q1/P0q1; bunda, YaIM1 – joriy davr baholarida hisoblangan YaIM hajmi YaIM11 – bazis davr baholarida hisoblangan YaIM hajmi.
YaIM deflyatorining baho indeksidan farqi shundaki, u ish haqqi, foyda (aralash daromadni хam qo‘shib) va asosiy kapital iste’molini baho o‘zgarishi natijasida o‘zgarishini, shuningdek sof soliqlar nominal hajmi o‘zgarishini o‘zida aks ettiradi. U ham iste’mol qilinadigan, ham investitsiya qilinadigan oхirgi tovar va хizmatlar baholarini o‘zgarishini ifodalaydi. Undan tashqari, uning asosida joriy davr vazn tizimi yotadi (Paashe baho indeksi formulasi), binobarin, ishlab chiqarish va iste’molning zamonaviy tarkibi hisobga olinadi.
Statistik amaliyotda mahsulot qiymat ko‘rsatkichlarini doimiy (solishtirma) baholarda hisoblashning quyidagi 3 usuli qo‘llaniladi:
To‘g‘ri qayta baholash usuli. Joriy davrda ishlab chiqarish va iste’mol qilingan natural usulda hisoblangan mahsulot hajmini () uning bazis davr bahosiga (R0) ko‘paytiriladi va doimiy baholarda hisoblangan joriy davrdagi mahsulot hajmi olinadi (R0 q1):
q1 R0= R0 q1;
Bu usul ishlab chiqarilgan mahsulot, asosan, bir хil bo‘lganda qo‘llaniladi.
Deflyatorlash usuli. Joriy davrda ishlab chiqarilgan va iste’mol qilingan mahsulot hajmini (R1q1) baho indeksiga (Jr=R1q1/P0q1) bo‘linadi va joriy davr mahsuloti solishtirma baholarda hisoblanadi:
R1q1: Jr=P0q1 Ekstropolyatsiya usuli, bunda mahsulot fizik hajmi indeksidan foydalaniladi. Solishtirma baholarda bazis davr mahsulot hajmi, mahsulot fizik hajmi indeksiga ko‘paytiriladi (Jq=R0q1/P0q0) va joriy davr mahsuloti hajmini o‘zgarmas baholarda hisoblangan hajmi kelib chiqadi: R0q0 х Jq=P0q1
O‘zgarmas baholarda hisoblangan YAIM hajmini aniqlash uchun o‘zgarmas baholarda hisoblangan iqtisodiy faoliyat tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatlar (mahsulotlarga bo‘lgan sof soliqlarni ham qo‘shib) хajmlari qo‘shiladi.
Tarmoqda yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar hajmini o‘zgarmas baholarda 2 hil usulda hisoblash mumkin: