4. Ayrim korxonalami joylashtirishni iqtisodiy asoslash usuli Sanoat korxonasini joylashtirish hududi va joyini tanlash yangi quriladigan korxona hajmi va ixtisoslashishini, ulaming ishlab turgan, loyihalanayotgan korxonalar bilan aloqalarini aniqlash sanoat korxonalarini faqat jug‘rofiy jihatdan to‘g‘ri joylashtirish uchungina emas, balki yangi va ishlab turgan korxonalami rekonstruksiya qilishni loyihalash uchun ham muhimdir. Loyihaning yuqoridagi masalalariga bag'ishlangan qismi qolgan barcha qismlarining ishlashi uchun manba bo'lib xizmat qiladi. Bu qismda korxonani mazkur joyda qurishning maqsadga muvofiqligi, xom ashyo, yoqilg‘i, energiyava suv manbalari, loyihalanayotgan korxonaning qiymati va texnikiqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi:
a) korxonalami joylashtirish hududini tanlash;
Sanoat korxonasini qurish uchun tanlangan hudud (iqtisodiy hudud) quyidagi talablarga javob bermog‘i lozim: hududda xoro ashyo, yoqilg‘i, asosiy va yordamchi mahsulotlar mavjud bo‘lmog‘i hamda loyihalashtirilayottan korxona mahsulotiga yetarli talab bo‘lishi zarur. Bundan tashqari, qurilayotgan korxona uchun tanlangan hudud ishlab chiqarish kuchlari majmuasi rivojlanishini va mahalliy xom ashyo, energetika resurslaridan to‘la foydalanishni, tanlangan hududda quriladigan korxonalar ular mansub bo‘lgan tarmoqlaming mamlakat hududi
bo‘ylab bir tekis joylashishini ta’minlamog‘i kerak.
b) korxonani joylashtirish punktini asoslash;
Yangi korxonani joylashtirish hududi har tomonlama iqtisodiy asoslanib bo‘lgach, shu hudud ichida korxona qurilish o‘rni (punkti) belgilanadi. Korxonani joylashtirish punkta to‘g‘n tanlanganligi qurilishning qancha davom etishiga, uning qiymatiga va korxonaning istiqbolda iqtisodiy samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Korxonani joylashtirish punktini asoslashda yirik shaharlarda sanoatning haddan tashqari, mujassamlashib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligiga, korxonalami yagona energetika va umumiy kommunikatsiyalarga ega bo‘lgan ishlab chiqarish shaklida qurish maqsadga muvofiqligiga, aholi joylarining rivojlanishini hamda qabul qilingan sanitariya-gigiena talablari va normalariga rioya qilinishi zamr. Tanlangan qurilish punkti transport xarajatlari kam bo‘lishi uchun xom ashyo manbaiga va iste’mol joylariga maksimal yaqin bo‘lmog‘i lozim. Punktni tanlashda korxonani qurish uchun maydonni tanlash va uni iqtisodiy baholash alohida ahamiyat kasb etadi. Maydon gorizontal yuzaga ega bo‘lmog‘i lozim. Barcha binolar, inshootlar, korxona, transport xo‘jaligini maydonda ratsional joylashtirish, kelajakda kengaytirish, temir yo‘l magistraliga oson qo‘shilish, suv bilan oson ta’minlanish va ortiqcha suvlami oqizib yuborish, yaqin oraliqda joylashgan aholi punlitiga ega bo`lgan sanitariya-gigenena talablariga javob berishi zarur. Mustaqillik yillarida sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishda yirik o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ayrim hududlar o‘rtasida yangidan-yangi aloqalar o‘matildi, ulaming o‘zgarishlar davrigacha bo‘lgan ixtisoslanishi tubdan o‘zgardi. Sanoatda qayta ishlash uchun yangi hududlarda joylashgan bir qator foydali qazilma konlari ishga tushirildi. U yerlarda kuchli sanoat majmualari tashkil topdi. Bu o‘zgarishlar yuqorida aytib o‘tilgan sanoatni joylashtirish tamoyillari 0 ‘zbekiston davlatining iqtisodiy strategiyasi va taktikasi asosida ro‘y berdi va bu ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining oshirilishiga olib keldi. Sanoatni joylashtirishda ro‘y beradigan tub o‘zgarishlaming iqtisodiy samaradorligi ko‘pgina ko‘rsatkichlar yordamida hisobga olinadi. Lekin, bu o‘zgarishlaming bir qismini miqdor jihatdan o‘lchash mumkin emas, chunki ular siljishlarning sifat jihatidan natijasini ko‘rsatadi. Bular qatoriga yangi hududlaming juda katta foydagi qazilma resurslarini sanoatda foydalanish uchun ishga tushirish, ilgari nisbatan qoloq hududlaming industrial va agrar hududlarga bo‘linishini yo‘qotish va shu kabilar kiradi. Sanoat joylashishidagi siljishlarning iqtisodiy samaradorligini miqdor jihatdan hisoblashda birinchi navbatda xalq xo‘jaligiga sarflangan kapital mablag‘lar samaradorligini oshirish ko‘zda tutiladi. Sanoatni joylashtirishdagi siljishning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning muhim ko‘rsatkichlaridan yana biri mehnat unumdorligining oshishidir. Respublikaning markaziy hududlarida joylashgan bir qator tarmoq korxonalari boshqa hududlardagi korxonalarga nisbatan yuqoriroq mehnatunumdorligiga ega. Lekin boshqa hududlarda qurilayotgan korxonalar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy muammolami ham hal etadilar. Sanoatni joylashtirishning iqtisodiy samaradorligini aniqlaydigan yana bir ko‘rsatkich - mahsulot taunarxidir. Boshqa hududlarda joylashgan korxonalar mabsulotining tannarxi rivojlangan hududlardagi korxonalamikidan birmuncha past bo‘lishi mumkin. Lekin bunday yuqotish mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot tufayli barham topadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan amalga oshirilgan anchagina silj ishlar bilan birga mamlakat sanoatini joylashtirishda yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklar hali ham to‘la barham topgani yo‘q. Hududlar ichra va hududlararo kooperativlashtirishda hambir qator muammolar mavjud. Bulaming barchasi sanoat mahsulotlarining asosiy turlarini, xomashyo va yoqilg‘ini nihoyatda uzoq va qarama-qarshi taraflarga tashish zaruriyatini tug‘dirishi natijasida ijtimoiy mehnat unumdorligi ko‘tarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois bozor iqtisodiyotining keyingi bosqichlariga o‘tish davrida sanoatni oqilona joylashtirish masalasiga katta e’tibor beriladi.
XULOSA Har qanday sanoat korxonalari joylashtirishda geografik oʻrin va ekologik omillarga bogʻliq holda joylashtiriladi. Lekin shunday boʻlishiga qaramay ayrim sanoat korxonalari aholi yashaydigan joylarda joylashgan va ular tufayli turli xil kasalliklar koʻpaymoqda. Unday korxonalar haqida yuqorida asosiy qismda maʼlumotlar berib oʻtilgan. Buning turli xil sabablari bor bunday korxonalarni barpo etilgan vaqtda oldin uning atrofida aholi yashamagan va keyinchalik aholining koʻpayishi bilan uning atrofida ham yashay boshlashgan bu bir sabab. Yana boshqa koʻplab sabablar bor. Ushbu maqolada xulosa sifatida shuni aytish mumkinki sanoat korxonalarini joylashtirishda hududlarda katta-katta maydonlarni egallagan korxonalar oʻrniga kichikroq boʻlgan hamda atmosfera va ekologiyaga kam zarar keltiradigan yoki umuman zarari yoʻq boʻlgan korxonalarni barpo etish. Buning uchun chet el tajribasini oʻrganish sababi jahonda rivojlangan mamlakatlar bunga erishmoqdalar. Sanoat korxonalari chiqarayotgan tutundan ham maxsulot ishlab chiqarish orqali ham katta natijalarga erishish mumkin. Korxonalarni barpo etishda geografik o.rin asosiy o.rinni egallaydi. Masalan, Tojikistondagi Tursunzoda shahridagi Alyuminiy zavodi barpo qilinayotganda ekologik jihatdan joylashuvini hisobga olmasdan qurishgan. Natijada zavoddan chiqadigan zararli moddalar ftor xlor gazlari shamol ta'sirida O.zbekiston hududiga kirib keladi va u yerdagi insonlar ham hayvonot nabotot olamiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Asosan, Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo va Uzun tumanlariga katta zarar yetkazmoqda. Paxta tozalash korxonalari ham asosan vohalarda joylashgan. Ulardan atrofmuhit ancha zarar ko‘radi, ko‘p miqdorda chang ajralib chiqishi sababli havo ifloslanadi. Binobarin, sanoat korxonalarini joylashtirishda, albatta, mahalliy tabiiy sharoit va aholi manzilgohlarining joylashuv xususiyatlari hisobga olinib, qurilish geografik tadqiqotlar orqali amalga oshirilishi kerak. Kimyo sanoati korxonalarini joylashtirishda koʻplab omillar inobatga olinib qurilganni maqsadga muvofiq.