Ayolning er oldidagi vazifalari
Ayolning eri oldidagi vazifa-burchlari haqida so‘z ketganda, birinchidan, erning rizoligini topish. Qaysi ayol, erning rizoligini topsa, Alloh rizoligini topadi, jannatning istagan 8 eshigidan kiradi. Hadisda shunday bashorat kelgan.
Ikkinchisi, erining sha'nini, mol-mulkini, qadr-qimmatini, izzat-hurmatini asraydi. Uchinchidan, erining vijdoniga aylanishi kerak. Erining halol-pokiza yurishiga, ota-onasidan xabar olishiga, opa-singil, aka-uka, qavm-u qarindoshlaridan xabar olishida xotin erining vijdoniga aylanishi kerak.
Sahobayi kiromlar va ulug‘ zotlarning ayollari, ertalab rizq deb ketayotgan erlariga, «xojam, olib kelsangiz, halol rizq olib keling, biz bu dunyoda ochlikka chidaymiz, ammo nopok rizq yeb, oxiratda jahannam azobiga chiday olmaymiz», deb aytarkanlar. Bugungi kunda bunday qadriyatlar ertakka aylanib qolmadimi? Ayollarimiz oilaviy hayotda halollik, qavm-u qarindoshlar bilan silai rahm, izzat-hurmatda qay darajada erining vijdoniga aylana olmoqda!?
Bir odam Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga kelib: «Yo Rasulalloh, men qarindoshlarimdan ko‘p aziyat ko‘raman, shunda ham bordi-keldi qilaman, yo‘qlayman. Shunga qaramay, ular mensimaydi, haqorat qiladi, mening muomalamga yarasha muomala qilmaydilar, nima qilay», deb murojaat qiladi.
Shunda Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam: «Sen yaxshilikda bardavom bo‘l. Bog‘langanni Alloh bog‘laydi, uzilganni Alloh uzadi. Ya'ni sen bog‘lanaver, Alloh senga bog‘lanadi, sening nima murod-maqsading bo‘lsa, Alloh hosil qiladi. Uzilgan Allohning rahmatidan ham uziladi», ma'nosidagi hadisni aytganlar.
Shuning uchun bunday yaxshiliklarda bardavom bo‘lish kerak.
Navoiy Davlat Konchilik va
Texnologiyalar Universiteti
Energo Mexanika fakulteti
5a-20 EE guruh talabasi
Abdullayev Ulug’bekning
“Falsafa” fanidan
Referati.
Mavzu: Islom dini, uning asosiy oqimlari va yo‘nalishlari.
Qabul qildi: Eshonqulova N.
Navoiy 2022
Share with your friends: |