Oylik maosh fondi asosiy va qo’shimcha ish haqilaridan kelib chiqadi.
Montaj ishlari va qurilmalarni sotib olish narxlari javdal shaklida keltirilgan, shuning bilan birga u yerda barcha sotib olinadigan yangi elektr qurilmalar narxlari va ularni montaj ishlariga ketadigan sarf harajatlari ham keltirilgan.
Transformator, simlar va kabellar, o’chirgichlarga ketadigan sarf harajatlar 1585650600 so’m ni tashkil etadi.
Transformator, simlar va kabellar, o’chirgichlarni montaj ishlarini amalga oshirish uchun ishchilarga beriladigan maosh haqlari, 8 soatlik ish kunida ushbu ishlar 1 oy davomida bajariladigan bo’lsa 171910000 so’m miqdorni tashkil etadi.
Umumiy hisobda barcha sotib olinadigan yangi qurilmalar va ularni o’rnatish uchun ishchilarga beriladigan oylik maoshlarga ketadigan sarf harajatlar yig’indisi
1355650600so’mni tashkil qiladi.
Xulosa:
Mening kurs loyihamda transformatorlar, yuqoridan keladigan tarmoqlar uchun simlar, ko’chib yuradigan iste’molchilar uchun kabellar, kommutatsion apparatlar hisoblash yo’li orqali tanlab olingan. Elektr qurilmalarini himoyalash uchun maksimal tok himoyasini (MTH), maksimal tok ajratilishini (MTA), yerga ulashlarni karyer sharoiti uchun iste’molchilarga optimal qilib hisoblab chiqildi.
XULOSA
Bizning mamlakatimizda foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib yaxshi rivojlangan. Bunga ochiq usulning yopiq usulga qaraganda bir qancha yaxshi tomonlari sabab bo’ldi, iqtisodiy tarafdan, ish sur’atining yuqoriligi, jarayonlarda mexanizmlarni ishlatish mavjudligi, yuqori darajadi unumdorlik va mehnat uchun yaxshi sanit-gigiyenik sharoitlar. Ochiq kon karyerlari yuqori quvvatli elektr tokida ishlaydigan mashinalar va komplekslar, maxsus murakkab elektr qurilmalari, himoya vositalari mavjudligi bilan ham o'z ustunligiga ega.
Shu bilan birga ushbu kurs ishi oldida karyerning iqtisodiy va ratsional elektr toki bilan ta’minlash, hamda barcha elektr qurilmalarining va kon mashinalarining uzluksiz ishlashi ta’minlab berish maqsadi qo’yilgan. Kurs ishi bajarilayotgan vaqtda karyer tuzilishi, joyi, sharoiti va barcha elektr qurilmalarining ishlash prinsiplari hisobga olindi. Elektr qurilmalarining yuqori kuchlanishdan himoyalash yo’llari va qisqa tutashishdan himoyalar, hamda ishchi personallarning elektr tokidan himoyalanishi bo’yicha barcha chora tadbirlari ko’rib chiqildi. Ushbu kurs ishining bajarilishi “Kon korxonalarining elektr ta’minoti” fanida o’rganilgan bilim va ko’nikmalarni amaliyotda hamda nazariyada mustahkamlash uchun imkoniyat berdi.
Share with your friends: |