549-mashq. Gaplarni o‘qing. Shevaga xos so‘zlarni aniqlab, ularni adabiy tildagi shakliga solishtiring. 1. Uchakka chiquvdim ayni go‘rmakka, Ayning bahanasinda yorni go‘rmakka. (Qo‘shiq) 2. Inakni o‘tlatgani dalaga olib ketdi. 3. Bolalar daraxtga shoti qo‘yib, qushlar uchun in o‘rnatdilar.
Xorazmda: uchak - tom, ay - oy, go‘rmak-ko‘rmoq; Buxoroda: inak -sigir; Farg‘ona vodiysida: shoti - narvon.
Savol va topshiriqlar
1. Shevaga xos so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
2. Shevaga xos so‘zlar qanday so‘zga qarama-qarshi qo‘yiladi?
550-mashq. Uyga topshiriq. O‘z shevangizdan misollar toping, ularni quyidagicha guruhlab daftaringizga ko‘chirib yozing.
Uy-ro‘zg‘or asboblari Hayvon O‘simlik
nomi nomlari nomlari
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: _____________________
«Ona tili» 5-sinf sana:_________________ Sinf: ________________
Mavzu: 183-dars. OLINMA SO‘ZLAR
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Kommunikativ kompetensiya:
– o‘rganilgan ifoda vositalari asosida o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda nutqiy muhitga moslasha olish.
Share with your friends: |