«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi


b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c)



Download 1.87 Mb.
Page328/371
Date15.05.2023
Size1.87 Mb.
#61343
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
1-topshiriq. Futbol, voleybol so‘zlari ishtirokida gaplar tuzing.
2-topshiriq. Bu so‘zlarning qaysi tildan olinganligini ayting? Shu kabi so‘zlarga misollar keltiring.
3-topshiriq. Tilimizga qaysi tillardan so‘zlar olinishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.
Boshqa tillardan o‘zbek tiliga kirib o‘zlashib qolgan so‘zlarga olinma so‘zlar deyiladi. Masalan: radio, televizor, tramvay, kollej, litsey. So‘zlar bir tildan ikkinchi tilga xalqlar o‘rtasidagi siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa aloqalar natijasida o‘zlashadi.
551-mashq. Hikoyatni o‘qing, taassurotlaringizni o‘rtoqlashing. Boshqa tildagi so‘zlar tilimizga qanday olinishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.
Chin (Xitoy) xoqonlaridan biri ovga chiqdi. Ov paytida u o‘z mahoratini ko‘rsatdi, hamma hukmdorni olqishladi. Faqat go‘zal va sadoqatli kanizagi uning sha'niga hech narsa demadi. Hukmdor otib o‘ldirgan kiyikka achindi. Bundan g‘azablangan xoqon kanizakni cho‘lga tashlab ketishni buyurdi.
Oradan ancha vaqt o‘tgach, shoh yana ovga chiqdi. Cho‘lda tashlab ketilgan kanizakka duch kelib qoldi. Kanizak avvalgidan ham ko‘rkam, bardam holatda edi. Shoh buning sababini so‘raganda, kanizak qo‘lidagi o‘simlikni ko‘rsatib:
- Shu meni ochlikdan va suvsizlikdan qutqarib qoldi, - dedi.
Hukmdor tabiblariga o‘simlikni tekshirtirib, uning shifobaxshligini aniqladi.
O‘simlikni xitoy tilida сha-yashil, ye-barg deb atashdi. Shunday qilib chaye-choy odamlarning sevimli ichimligiga aylandi. 552-mashq. Olinma so‘zlarni quyida berilgan jadval bo‘yicha guruhlarga ajratib yozing.
Stadion, elektronika, biznes, kollej, avtomobil, menejment, futbol,tramvay, faks, magistr, voleybol, broker, internet, trolleybus, birja, litsey, kompyuter, xokkey.



Transportga oid so‘zlar

Sportga oid so‘zlar

Ta'limga oid so‘zlar

Iqtisodga oid so‘zlar

Texnikaga oid so‘zlar
















553-mashq. Sinf taxtasi yoniga uch nafar o‘quvchi chiqsin. Birinchi o‘quvchi arab tilidan, ikkinchi o‘quvchi fors-tojik tilidan, uchinchi o‘quvchi rus va yevropa tiUaridan olingan so‘zlarga navbatma-navbat misol keltirsin. Misol topa olmay qolgan o‘quvchi o‘rnini keyingisi egallaydi. O‘yin g‘olib o‘quvchi qolguncha davom ettiriladi.

Download 1.87 Mb.

Share with your friends:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   371




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page