Savol va topshiriqlar
1. Olinma so‘zlar deb nimaga aytiladi?
2. Rus va ingliz tilidan o‘tgan so‘zlarga misollar keltiring.
3. O‘zbek tilidagi Yevropa tillaridan olingan so‘zlar ko‘proq qaysi sohalarda ishlatiladi?
554-mashq. Uyga topshiriq. Gazetadan istalgan bir maqolani oling. Undagi olinma so‘zlarni aniqlashga harakat qiling. Bu so‘zlarni qaysi tildan olinganligini ko‘rsatib, daftaringizga ko‘chiring.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: _____________________
«Ona tili» 5-sinf sana:_________________ Sinf: ________________
Mavzu: 184- d a r s. LUG‘AT VA LUG‘ATSHUNOSLIK
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Kommunikativ kompetensiya:
– o‘rganilgan ifoda vositalari asosida o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda nutqiy muhitga moslasha olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– mediamanbalar (radio, televizor, internet va boshqalar)dan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallash .
Share with your friends: |