«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi



Download 1.87 Mb.
Page15/371
Date15.05.2023
Size1.87 Mb.
#61343
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma
Darsning maqsadi:
a) ilmiy maqsad - shakldosh so’zlar haqidagi o’zlashtirilgan bilimlarni lakrorlash;
b) tarbiyaviy maqsad - o’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlari uhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad-o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Darsning jihozi: shakldosh so’zlar jadvali.
Darsning rejasi:
1. Shakldosh so’zlar haqida ma'lumot.
2. Shakldosh so’zlarning qo’llanishi.
Bu mavzu keyinchalik asosiy kursda mukammalroq ravishda o’quvchilarga havola etiladi. Ushbu darsda esa boshlang'ich sinfda o’zlashtirilgan bilimlarni takrorlash, malaka va ko’nikmalarni mustahkamlashga urg'u beriladi. Maqsad o’quvchilarda so’z o’yini orqali so’zni his qilish sezgilarini uyg'otish, zakiylik, topqirlik, mustaqil fikrlash fazilatlarini rivojlantirishdan iborat. Shakldosh so’zlar buning uchun juda qulay vositadir.
Mavzuni takrorlash va mustahkamlash xuddi oldingi darsda ma'nodosh so’zlarda bo’lgani kabi bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
1. Takrorlash uchun berilgan savollar yordamida o’quvchilar o’qituvchi ko’magida shakldosh so’zlar bo’yicha quyi sinfda o’tilgan materialni to’la esga oladilar, misol keltiradilar.
2. Yonma-yon keltirilgan gaplar ichidan o’zaro shakldoshlik munosabatida bo’lgan so’zlarni topadilar va izohlaydilar(35-mashq).
3. 36-mashqni tahlil qilish orqali so’z o’yinining amaliy namunasi bilan tanishadilar vauni mustaqil izohlaydilar.
4. Berilgan so’zlardan shakldoshlar hosil qilish orqali ijodiy ishlashga, fikrlashga harakat qiladilar (37-mashq).
O’quvchilar ayrim so’zlardan shakldoshlar hosil qilishga qiynalishlari mumkin. Masalan: karam so’zining saxovat, taxt so’zining tayyor ma'nolarida kelishini topolmasliklari mumkin. Bunday vaziyatlarda o’qituvchi iqtidorli o’quvchilarga suyanishi, ularga qo’shimcha topshiriq sifatida bu so’zlarni yoki o’zi mazkur so’zlarning ma'nolarini tushuntirib, yozdirib qo’vishi kerak.
Namuna: karam (sabzavot), masalan: Bozordan karam sotib oldim, knrniii (saxovat), masalan: Karamli zotlar doimo e'zozlanadilar.
Dars oxirida muslahkamlash, uni oldingi dars bilan bog'lash maqsadida bir necha so’zning avval ma'nodoshini, so’ng shakldoshini topish topshirig'i berilishi mumkin. Bu topshiriq o’qituvchiga o’quvchilarni baholashda ham qo’l keladi. Masalan: chang so’zi, ma'nodoshi - g'ubor, shakldoshi - chang (musiqa asbobi). Bu topshiriq ayni paytda o’quvchilar tomonidan bu ikki hodisani chalkashtirib yuborishlarining oldini oladi.


Download 1.87 Mb.

Share with your friends:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   371




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page