b) Frontal (guruh bilan ishlash)
1-topshiriq. Quyidagi so‘zlarning qaysi kasb-hunarga oidligini aniqlang. Andava, sog‘moq, yigirmoq.
2-topshiriq. Quyidagi so‘zlarning qaysi fanga oidligini aniqlang. Kvadrat, old, qo‘shish, ko‘paytirish, ot, fe'l, sifat.
Ma'lum bir fan yoki kasb-hunar doirasida aniq bir ma'noni ifodalash uchun qo‘llanilgan so‘zlarga atama deyiladi.
Atamalar qo‘llanishiga ko‘ra ilmiy atamalar va kasbiy atamalarga bo‘linadi.
Ma'lum bir fan doirasida qo‘Ilaniladigan atamalar ilmiy atamalar hisoblanadi. Atamalar ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi.
1. Umumxalq tilidagi so‘zlardan ma'nosini maxsuslashtirish orqali hosil qilinadi. Natijada bunday so‘zlar umumxalq tilida bir ma'noni, fan tilida esa boshqa ma'noni bildiradi.
Ma sal an: ot, ildiz, hol, fe'l.
2. Boshqa tillardan ilmiy tushuncha uchun atama olish orqali. Bular faqat shu fan sohasidagina ishlatilib, umumxalq tilida ishlatilmaydi. Masalan: kasr, musbat, manfiy.
540-mashq. Tarix fanida ishlatiladigan atamalar va ularning izohlariga e'tibor bering. Shu fan doirasida ishlatiladigan yana qanday atamalarni bilasiz?
Arxeologiya (qadimshunoslik) - qadimgi odamlar yashagan joylarda qazish ishlari olib borish natijasida yashash manzilgohlari va topilgan buyumlarni o‘rganadigan fan.
Etnografiya - xalqlarning kelib chiqishi, urf-odatlari, bayramlari va shu kabilarni o‘rganuvchi fan.
Antropologiya - odamning qiyofasini suyak qoldiqlariga qarab o‘rganuvchi fan.
Sharq, ibtidoiy to‘da, qabila atamalariga izoh bering.
541-mashq. Quyida berilgan atamalarni tarix, matematika, botanika sarlavhalari ostida yozib chiqing.
Milod, urug‘chilik, xonlik, kalendar, kurtak, tub son, ra'noguldoshlar, mikroskop, quldorchilik, hujayra, kesma, ildizpoya, tenglama.
542-mashq. Matematika faniga oid bo‘lgan tenglama atamasiga berilgan ta'rifni o‘qing. Shu asosda tub son, murakkab son, aylana, doira, qoldiq atamalariga ta'rif bering.
Noma'lum son qatnashgan tenglikka tenglama deyiladi.
Share with your friends: |