O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi turon zarmed universiteti


O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi. O'zbekiston SSR tuzilishi



Download 147.01 Kb.
Page2/2
Date28.10.2023
Size147.01 Kb.
#62440
1   2
Xiva xonligi va Buxoro amirliging tugatilishi. XXSR,BXSR ning tashkil topishi. Oʻrta Osiyoda milliy hududiy chegaralanishning oʻtkazilishi
O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi. O'zbekiston SSR tuzilishi
Milliy siyosat. Bolsheviklar partiyasi bosh bo'Igan Sovet hoki-miyati Turkiston mustaqilligi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar harakatini daf yetishga muvaffaq bo'lgach, endilikda bu hududda iizoqqa mo'ljallangan o'z makkorona rejalarini amalga oshirishga kirishdi. Shu maqsadni ko'zlab, u XX asrning 20— yillari boshlaridan bu zaminda mustamlakachilarga xos "orani buz, hokimlik qil" qabilidagi o'z milliy siyosatini hayotga izchil tatbiq etish yo'Iini tutdi. Aslida sovetlarning milliy siyosati chonzmning ko'p zamonlar bu yurtda yuritib kelgan shovinistik, ulug' daviatchilik siyosatidan mohiyat e'tibori bilan farq qilmasdi. Faqat uning shakli-shamoyili o'zgargan edi, xolos.
Gap shundaki, chorizm hukmronligi davrida chekka o'lka xalqlari ochiq-oshkora tarzda kamsitilar, ularning insoniy qadr-qimmati, or-nomusi, ashy milliy qadriyatlari tahqirlanar edi. Sovet mutasaddilari esa o'zjarinins niqoblangan soxta ishlari, yolg'on-yashiq va'dalari bilan mazlum miliai kbhilarini o'z hukmlariga bo'ysundirishga intildilar.
Turkiston xalqlari o'z milliy davlatchiligini tiklash va rivojlantirishga intildi. 1920— yil yanvarida bo'lib o'tgan Turkiston Kompartiyasining V o'lka konferensiyasida Turkiston ASSR M IQ raisi T. Risqulov so'zga chiqib "Yagona Turkiston g'oyasi"ni ilgari surdi, asosan turkiy xalqlardan iborat Turkiston ASSRni Turk Respublikasi, Turkiston Komparliyasini Turk kompartiyasi, deb o'zgartirishni taklif qildi. Bu takliflar konferensiyada, shuningdek, o'lka ijtimoiy-siyosiy hayotida, RKP(b) Markazqo'mi, uning Siyosiy byurosi, sovet hokimiyati doiralarida turli bahslarga sabab bo'ldi, T.Risqulov takliflari millatchilik, og'machilik ruhidagi qarashlar deb baholandi.
T.Risqulov, N.Xo'jayev va boshqalar tarkibida tuzilgan deicgatsiya Moskvaga borib, Sovet hukumati oldiga Turkkomissiyani tugatish, Turkistonga o'z qurolli kuchlariga ega bo'lish huquqini berish, Sharq mamlakatlari bilan aloqa o'rnatishda Turkiston hukumatiga mustaqiHik berish kabi talablarni qo'ydilar. Shu boisdan, "Turkiston masalasi" bir necha bor Markazda, RKP(b) Markaziy Qo'mitasi Siyosiy byurosining 1920— yil mart-iyun oylaridagi majlislarida muhokama qilindi. Oqibatda natija shunday bo'ldiki, mazlum xalqlar "dohiysi" va "najotkori" Lenin, bu masalani 1920— yil 29-iyulida ko'rfb chiqqan RKP(b) Markazqo'mi Siyosiy byurosi, turkistonlik delegatsiya iltimosnomasiga ijobiiy baho bermadi. Buning aksicha, Sovet hukumati va partiya rahbariyati o'lkadagi vaziyatni zudlik bilan bartaraf etish uchun shoshilinch tarzda "RKP(b)ning Turkis-tondagi asosiy vazifalari to'g'risida" degan nom ostida bir necha qarorlar qabul qildi. Jumladan, o'lka hayoti ustidan nazoratni kuchaytirish, sovet hokimiyati negizlarini mustahkamlashga qaratilgan "Turkistonda hokimiyatni tashkil etish to'g'risida" maxsus qaror qabul qilindi. Unda Turkistonda Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo'mitasi, RSFSR Xalq Komissarlari Soveti va RKP(b) Markaziy Qo'mitasining doimiy vakolatxonasi bo'lishi zarur deb ko'rsatildi. Unda shuningdek, federal hukumat bilan Turkistonda mahalliy davlat hokimiyati orgaiilarinirig vazifalari doirasi aniq-ravshan belgilab qo'yiidi. Shunday qilib, o'lka xalqlarining o'z taqdirini o'zi belgilash, o'z milliy davlatchiligini o'z xohishlaricha, huquqiy asosda tashkil qilish borasidagi yana bir urinishi barham topdi. Hamma gap shundaki. Rossiya Sovet Federatsiyasi hukumati Turkistonning emin-erkin rivojlanish yo'lidan ilgarilab borishini emas, balki uni doimiy o'z nazoratlari ostida bo'lishini xohlardilar. Oikaning mehnatsevar, jafokash xalqi, lining bitmas-tuganmas boyliklari, tabiiy va mineral resurslari Markaz foydasiga ishlashi ularning birdan-bir muddaolari edi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan tashkil etilgan Turkkomissiya, O'rta Osiyo Byurosi, O'rta Osiyo Iqtisodiy Kcngashi singari nufuzli organlarning o'lka hayotining barcha jabahalarini o'z nazoratiga olish, o'z izmlariga bo'ysindirish yo'lida harakat etib kelganligining boisi ham mana shunda.
SSSRning tashkil etilishi Bolsheviklar boshliq Sovetlar hokimiyati sobiq imperiyasi hududlarida vujudga kclgan mustaqil Sovet respubiikalari jiiovini o'z qo'liga olish maqsadida Sovet Respubli-kalari Ittifoqini tuzishga, ularni RSFSR atrofigajipslashtirishga asosiy e'tibor qaratdi. RSFSR hukumati 1918-1920— yillarda yangi sovet respublikalariga diplomatik, siyosiy-iqtisodiy, harbiy, moliyaviy ta'sir o'tkazib bordi.
Garchi bo'lajak ittifoq sovet respublikalarining do'stlik va tenglikka asoslangan ixtiyoriy ittifoqi bo'ladi, deyilsa-da, biroq uzoqni ko'ra bilgan respublikalarning qator rahbarlari bunga qarshi edilar. Masaian, Ukrainada UKP(b) Markaziy Qo'mitasi kotiblari X.G.Rakovskiy va D.L.Pyalakov yagona ittifoq davlati g'oyasiga qarshi chiqib, umumit-tifoq hokimiyat organlari bo'lmagan "коnfederalsiya" tuzishni yoqlab chiqdilar. RKP(b) Markaziy Qo'mitasi Siyosiy byurosida, bolsheviklar partiyasining syezdlari va plenumlarida, shuningdek, sovet tashkilotlarida bu masala kcng muhokama qilindi.
Nihoyat, RKP(b) rahbarligida joylarda uzoq vaqt olib borilgan tashviqot-targ'ibot ishlari va ko'rsatilgan tazyiqlar o'z natijasini berdi. Ukraina, Belorussiya, Zakavkazye Federatsiyasi Kompartiyalari, bu respublikalar sovetlarining syezdlari RKP(b) Markazqo'mining "SSSRni tuzish toig'risida"gi takliflarini qo'llab-quvvatlashlarini bayon qildilar.
1922— yil 26-dekabrda Butunrossiya Sovetlarining X syezdi Sovet respubiikalarini yagona sovet davlatiga birlashtirishni zaair deb topdi. Syezd o'zi saylagan delegatsiyaga USSR, BSSR va ZSFSR delegatsiyalari bilan birgalikda Sovet Sotsialistik Respubiikalari lltifoqini tashkil etish to'g'risidagi Deklaratsiya loyihasini ishlab chiqish va Ittifoq shartnomasini tayyorlashni topshirdi.
1922— yil 29-dekabrda Moskvada to'rt respublika vakolatli delegalsiyalarining konferenlsiyasi bo'lib o'tdi. Konferentsiya SSSRni tuzish to'g'risida RKP(b) Markaziy Qo'mitasi plenumi tasdiqlagan Deklaratsiya va Shartnoma loyihasini muhokama qilib, uni maqullaydi. 30-dekabrda uni to'rt respublikalarning vakolatli delegatsiyalari imzoladilar.
1922— yil 30-dekabrda Moskvada Butunittifoq Sovetlarining I Syezdi o'z ishini boshladi. Syezd RSFSR, USSR, ZSFSR va BSSR Sovetlari syezdiari saylagan vakolatli delegatlari imzolagan SSSRni tuzish to'g'risidagi Deklaratsiya loyihasini ko'rib chiqib, Deklaratsiya va Ittifoq Shartnomasini tasdiqlaydi.
Syezd yangi ittifoq - SSSRning yuqori hokimiyat organlari -Markaziy Ijroiya Qo'mitasini va hukumatini tuzdi. SSSR MIQ 4 ta rais (har bir respublikadan bittadan) - RSFSRdan M.I.Kalinin, Ukrainadan G.I Petrovskiy, Belorussiyadan A.G Chervyakov, ZSFSR dan N.N.Narimanovdan iborat MIQ Rayosatini sayladi. V.I Lenin SSSR hukumati - Xalq Komissarlari Soveti raisi etib tasdiqlandi. Shunday qilib, 1922- yil 30-dekabrda SSSR tuzildi.
Bu ittifoqqa asos solgan barcha dasturilamal hujjatlar va g'oyalar qanchalik jimjimador ohanglarda bitilmasin va ular tenglik, barobarlik, birodarlik tushunchalarini aks ettirmasin, biroq amalda u hukumron Markaz uchun butun-butun xalqlarning taqdir-qismati, inon-ixtiyorini tamomila o'z tasarrufiga bo'ysundirishga xizmat qilgan tuzoq rolini o'tab keldi.
Ma'lumki, O'rta Osiyo hududida qadim-qadimdan tili, dini, tarixi, mada-niyati, an'analari bir-biriga juda yaqin va mushtarak qardosh va qondosh xalqlar yashab kelganlar. Bu yerda istiqomat qilgan o'zbeklar, turkmanlar, tojiklar, qozoqlar, qirg'izlar, qoraqalpoqlarning xo'jalik hayoti, turmush tarzi, udumlari ham o'xshash bo'lib, shu muqaddas ona-zaminni o'zlarining asl Vatanlari deb bilganlar.
Biroq, afsuslarbo'lsinki, pixini yorgan Sovet hokimiyati arboblari tarixan bir yagona hududda yashab kelgan birodar xalqlarni bir-biridan ajratib tashlash, ularning birlashib, yagona davlat tuzishlariga izn bermaslik uchun barcha choralarni ishga soldilar. Bundan ko'zlangan bosh maqsad - o'lka xalqlarining birlashuviga, o'z istiqlolini va istiqbolini birgalikda bunyod etishiga yo'l qo'ymaslik va shu asosda Markazning bu yerdagi hukmronligiga, sotsialistik qayta qurish jarayonining avj olishiga keng maydon yaratish edi. Shu maqsadda, Turkistonni milliy o'ziga xoslik, til birligi asosida bo'lib tashlash g'oyasi ilgari surildi. Markaz irodasini bajarishga da'vat etilgan Turkiston ishlari bo'yicha maxsus komissiya - Turkkomissiya zim-masiga o'Ikada milliy-davlat chegaralanishini o'tkazish va shu asosda bu hududda bir qator Sovet milliy va muxtor respublikalarini tashkil qilish vazifasi yuklangan edi.
Markaz mo'ljallayotgan milliy siyosat mazmuni, mohiyatidan xabardor bo'lgan Turkistonning ilg'or ziyolilari, uzoqni ko'ra bilgan donishmand arboblari o'lka birligi, yaxlitligini, uning qardosh xalqlari jipsligini zo'r berib himoyaqilishga urindilar. Biroq o'lka jilovini qo'lda mahkam tutgan bolshevik mutasaddi xodimlar ularning haqqoniy fikrlarini hisobga oimadilar. Bugina emas, yagona va mustaqil Turkiston g'oyasi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar, milliy ziyolilar millatchilikda, turkparastlikda va Sovet hokimiyatiga qar-shilikda ayblandilar.
Shunday qilib, O'rta Osiyoni milliy - hududiy jihatdan alohida respublikalarga bo'lib tashlash masalasi bir necha bor Markazda, Turkiston, Buxoro, Xorazm Respublikalarida, ularning Kompar-tiyalari plenumlarida, shuningdek, ularning faoliyatini muvofiq-lashtirib turuvchi organ - RKP(b) MQ O'rta Osiyo Byurosi Plenu-mida muhokama etilib, mahalliy xalqqa kuchli bosim o'tkazib borildi.
Shu bilan birga, 1922-1923— yillarda mahalliy millatlarning bir qator rahbar xodimlari sovet hokimiyatining Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarida olib borilayotgan milliy siyosatiga ochiqdan-ochiq norozilik bildira boshladilar. Ammo ularning qarashlari noto'g'ri topilib, o'zlari faol siyosiy hayotdan chetlatila boshladi. RKP(b) MQ, uning O'rta Osiyo Byurosi Turkiston, Buxoro va Xorazm Kompartiyalari faoliyatiga tazyiq o'tkazib, milliy - hududiy chegaralash o'tkazish siyosatini ma'qullab, qaror qabul qilishlariga erishib bordi.
Milliy-hududiy chegaralanish masalasi 1924— yil 5-aprelda RKP(b) MQ Siyosiy Byurosida, П-mayda RKP(b) MQ O'rta Osiyo Byurosida ko'rib chiqildi. Unda O'rta Osiyo respublikalarida milliy-hududiy chegaralash loyihasini tayyorlovchi maxsus komissiya tuzildi. Loyiha RKP(b) O'rta Osiyo Byurosining 1924— yil 2-iyundagi yig'ilishida muhokama etilib, asosan ma'qullandi.
Bundan norozi bo'lgan mahalliy aholi vakillari, xususan, Xorazm Respublikasining bir guruh mas'ul xodimlari, chunonchi, XKP MQ kotibi Odinayev, ichki ishlar noziri Abdusalomov, Turkiston va Buxoro vakillari: S.Xo'janov, S.Asfandiyorov va boshqalalar yagona Turkistonni bo'lib tashlash maqsadga muvofiq emas, deb e'tiroz bildirdilar. Shuningdek, 1924— yil 8-mayda RKP(b) Markaziy Qo'mitasiga "Xorazmda milliy masalani hal etish to'g'risida xat" kelib tushdi. Bu xatda ham Xorazm Respublikasini bo'lib yuborish maqsadga muvofiq emasligi aytilgan edi. Ha, o'lka xalqlari milliy chegaralanish siyosatiga qat'iyan qarshi edilar, biroq mahalliy xalqlarning talab va takliflari inobatga olinmadi. Aksincha, 1924—yil 12-iyulda RKP(b) MQ Siyosiy Byurosi "O'rta Osiyo Respublikalarida milliy chegara-lanish to'g'risida"gi masalaga yana qaytib, uni o'tkazish to'g'risida qaror qabul qildi.
1924- yii 25-sentabrda RKP(b) MQ Siyosiy Byurosi, 9 va 11-oktabrda RKP(b) Markaziy Qo'mitasi bu masalani ko'rib chiqib, milliy chegaralanishni rasmiylashtirishni maqsadga muvofiq deb topdi. Bu qaror 14-oktabrda SSSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi tomonidan ham ma'qullandi. Shu tariqa, Sovet hukumati, RKP(b) MQ va uning joylardagi mahalliy tashkilotlarining 1920-1924— yillar davomida O'rta Osiyoda olib borgan, xalqqa katta va'dalar berishni ko'zda tutgan "lenincha milliy siyosaf'ni hayotga tatbiq etish bobidagi amaliy ishlari yakun topdi. Nihoyat, 1924— yilning 27-oktabrida bo'lib o'tgan SSSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi II sessiyasida O'rta Osiyoda milliy-davlat chegaralanishi o'tkazish tadbirlari toia ma'qullandi.
Shunday qilib, hukmron Markaz sa'y-harakatlari bilan O'rla Osiyoning siyosiy jug'rofiyasi sun'iy ravishda o'zgaitirildi. O'rta Osiyo hududidagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm Respublikalari oLrnida oltita milliy davlat birlashmaiari tashkil etildi.
> O'zbekiston SSR.
> Turkmaniston SSR.
> O'zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR.
> Qirg'izlar yashagan hududlar RSFSR tarkibida Qoraqirg'iz (Qirg'iziston) muxtor vijoyati.
> Qozoqlar yashaydigan tumanlari RSFSR tarkibida Qozog'iston ASSR.
> Qoraqalpoqlar yashaydigan hududlar Qozog'iston ASSR tarkibida Qoraqalpoq muxtor viloyati.
Natijada, yagona Turkiston xalqlari bir - biridan sun'iy ravishda uzoqlashlirildi. Bu hoi sovetlarga o'lkada o'z hokimiyatini mustah-kamlash uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi.
O'zbekiston SSR. Milliy chegaralanish natijasida O'zbekiston SSR tashkil etildi. O'zbekiston SSR hududida butun hokimiyat O'zbekiston SSR sovetlarining ta'sis qurultoyiga qadar Muvaqqat inqilobiy qo'mita ixtiyoriga berildi. Sobiq Buxoro Respublikasi
hukumati raisi, taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo'jayev O'zbekiston SSR Inqilobiy Qo'mitasi raisi etib tasdiqlandi. O'zbekiston SSR tarkibiga quyidagi hududlar kiritildi:
> sobiq Turkiston ASSR dan 9 ta uyezd, 133 tuman va 7 qishloq okrugi;
> sobiq Buxoro respublikasining 9 ta tumani;
> sobiq Xorazm respublikasining 23 ta tumani. O'zbekiston SSR tashkil etilgan paytda uning hududi 312394 kv.km.ni, aholisi 4 mln. 447 ming 55 kishini tashkil etaredi. 1926— yil ma'lumotlari bo'yicha milliy tarkibiga ko'ra aholining 74,2 foizini o'zbeklar, qolganini esa boshqa xalqlar vakillari tashkil etar edi.
1924—yil 5-dekabrda Inqilobiy Qo'mita butun O'zbekiston xalqiga murojaat qilib, O'zbekiston SSR tuzilganligini, uning tarkibiga Tojikiston ASSR kirganligini ma'lum qildi. Milliy chegaralanish bilan bir vaqtda iqtisodiy bo'linish ham o'tkazildi. Sobiq Turkiston, Buxoro, Xorazm Respublikalariga tegishli barcha boyliklar yangi milliy respublikalar O'rtasida qayta taqsimlandi. Bu ishlar Sovet hukumati tomonidan maxsus tuzilgan O'rta Osiyo tugatish komissiyasi boshchiligida amaiga oshirildi.
1925—yil 13-fevralda Buxorodagi "Xalq uyi"da Butun o'zbek sovetlari birinchi qurultoyi ochildi. Qurultoy «O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi to'g'risidagi Deklaratsiya»ni qabul qiidi. Qurultoyda davlat hokimiyati oliy organlari tuzilganligi rasmiylashtirildi. O'zbekiston SSR Sovetlari MIQ Raisi lavozimiga farg'onalik dehqon, "Qo'shchi" uyushmasi rahbarlaridan biri Yo'l-dosh Oxunboboyev saylandi. O'zbekiston SSR hukumati - Xalq Komissarlari Kengashi Raisi lavozimiga Fayzulla Xo'jayev tasdiqlandi. Samarqand shahri O'zbekiston SSRning poytaxti etib belgilandi, 1930— yilda poytaxt Toshkentga ko'chirilgan.
Milliy chegaralanish davrida O'rta Osiyoda faoliyat ko'rsatib kelgan partiya, komsomol va xo'jalik tashkilotlarida ham bir qator tashkiliy o'zgarishlar amaiga oshirildi. Sobiq Turkiston, Buxoro va Xorazm kommunistik partiyalari, komsomol, va xo'jalik tashkilotlari, kasaba uyushmalari qayta tashkil etildi.
O'zbekiston kompartiyasi 1 ta'sis syezdi 1925—yil 8-fevralda Buxoroda ochildi. Syezdda O'zbekiston Kommunistik (bolsheviklar) partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashdi. Uning Markazqo'mi saylandi.
V.I. Ivanov va A. Ikromov (1927—yildan birinchi kotib) Markaziy Qo'mitaning mas'ul kotiblari etib saylandilar. Shu yili O'zbekiston komsomoli (O'z LKSM), respublika kasaba uyiishmalari, ularning rahbar organlari ham tuzildi.
1925 - yil mayda O'zbekiston SSSR tarkibiga kirilildi. SSSR Konstilulsiyasi, Lining asosiy qonun- qoidalari O'zbekiston SSR hududida ishlaydigan bo'ldi. 1927— yilda qabul qilingan O'zbekiston SSRning birinchi va 1937— yildagi ikkinchi Konstitutsiyasi ham amalda SSSR Konstitutsiyasining ko'chirma nusxasi edi. Chunki O'zbekiston qog'ozda "suveren" respublika bo'Hb, amalda Markazga tobe bir o'lka edi, xolos. U o'z xalqining milliy manfaatlariga oid biror-bir dolzarb, hayotiy ahamiyatga molik masalani ittifoq hukumatidan xoli, mustaqil hal eta olmasdi. Binobarin, respublikaning ichki va tashqi siyosatiga daxldor barcha masalalar faqat Markaz xohish-irodasi bilangina hal etilardi. Hatto, O'zbekistonning ma1-muriy-hududiy luzilishiga oid masalalar ham ittifoq hukumati Lasarrufidaedi. Masalan, 1929— yilda Tojikiston ASSR O'zbekiston SSR tarkibidan chiqarilib, Tojikiston SSRga aylantirildi hamda SSSR tarkibiga olindi. Shuningdek, 1936— yilga kelib, awal Qozog'iston ASSR, keyin RSFSR (1932-1936— yil) tarkibida bo'lgan Qoraqal-pog'iston muxtor viloyati muxtor sovet sotsialistik respublikasiga aylantirilib, O'zbekiston SSR tarkibiga kiritildi. Shunday qilib, qog'ozda suveren respublika sifatida shakllantirilgan, hukmron sovet imperiyasi tarkibiga kirgan O'zbekiston SSR amalda Markazga to'la bo'ysunuvchi, arzon xomashyo mahsulotlari yetkazib beruvchi o'lka bo'lib qolaverdi.
1924 yil 18-noyabrda Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari maxsus qoʻshma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan oʻz vakolatlarini Oʻzbekiston SSR sovetlarining taʼsis qurultoyiga qadar ish koʻruvchi F.Xoʻjayev raisligida 31-oktyabrda tashkil qilingan Oʻzbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komitetiga topshirdilar. Bu komitet Oʻzbekiston SSR tuzilishini boshqarib bordi.
1925 yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Oʻzbekiston SSR sovetlarining I qurultoyi ochildi. Qurultoy 17-fevralda "Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya" qabul qildi. OʻzSSR oradan koʻp oʻtmay SSSR tarkibiga qabul qilingan (1925 yil 13 may). OʻzSSR tarkibida 1929 yilgacha Tojikiston ASSR ham boʻlgan.
Qoraqalpoq avtonom oblasti (1925 yil 16-fevraldan) tuzilib, u dastlab Qozogʻiston ASSR tarkibiga kirgan. Keyinchalik Qoraqalpoq avtonom oblasti (1932 yil RSFSR tarkibiga, 1936 yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) Qoraqalpogʻiston ASSR qilib qayta tuzildi
Oʻrta Osiyo xalqlari uchun bu chegaralanish va tashkil etilgan yangi "milliy davlatchilik" ularning bundan keyingi taraqqiyotiga yangi nozik farqlarni olib kirdi.
Oʻzbekiston SSRning tuzilishi "oʻzbek xalqining milliy davlatchiligi tashkil qilindi", degan fikrni anglatmaydi. SSSR tarkibidagi OʻzSSR amalda hech qanday suverenitet va mustaqillikka ega emas edi. OʻzSSR tashkil etilayotgan vaqtlardayoq uning oldiga, asosan, Markazning manfaatlariga xizmat qilish, SSSRning markaziy r-nlariga xom ashyo yetishtirib berish kabi vazifalar qoʻyilgan edi. SSSR inqirozga yuz tutgan va parchalangan paytgacha bu vazifalar oʻz kuchini yoʻqotmadi.
Respublikadagi dehqonlarni gʻoyaviy jihatdan birlashtirib turgan tashkilotlardan biri „Qoʻshchi“ ittifoqi boʻlgan (1920–33-yillarda faoliyat koʻrsatgan). 1924-yilda 200 ming kishini oʻziga birlashtirgan bu ittifoq ham asta-sekin bolsheviklarning qishloqdagi mustabid siyosati targʻibotchisiga aylangan. Qishloq kambagʻallarining eng qashshoq qismini oʻzida birlashtirgan bu tashkilot kollektivlashtirish (jamoalashtirish) va „quloqlashtirish“ davrida salbiy rol oʻynadi.
Oʻzbekiston SSRda bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan „sotsialistik tajriba“ mahalliy xalq tomonidan norozilik bilan qarshi olindi. Sovet hokimiyatining dastlabki 10 yilliklarida milliy rahbar xodimlar va ziyolilar tomonidan markazning zoʻravonligiga qarshi ochiq tanqidiy fikrlar aytilgan. Muxolifat ayrim davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar, maorif xodimlari va huquqshunoslarni oʻzaro birlashtirgan edi.
1925–29-yillarda Oʻzbekistonda yer-suv islohoti amalga oshirildi. Bu islohot joylarda shart-sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga qarab uch bosqichda oʻtkazildi. Keyinchalik qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish amalga oshirilib, kolxoz va sovxozlar tuzildi. Biroq shoʻrolar hokimiyati oʻziga toʻq dehqon xoʻjaliklarini “quloq” (“mushtumzoʻr”) sifatida tugatish siyosatini olib borgan.
-II-
Oʻrta osiyoda milliy hududiy chegaralanish mustabid sovet rejimi tomonidan Turkiston xalqlarining "milliy davlatlarini tashkil qilish" niqobi ostida ularni ajratib tashlash maqsadida amalga oshirilgan siyosiy tadbir bo’lib, bu tadbir 1924-1925–yillarda o’tqazilgan. Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning yagona maskani va umumiy vatani boʻlgan. 1918—24 yillarda mavjud boʻlgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va anʼanalari jihatidan bir-birlariga juda yaqin boʻlishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalklar: oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirgʻizlar, shuningdek, tojik xalqi azaldan yashaganligi tarixan tarkib topgan hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu tuproqni, Turonzaminni qadimdan oʻzlarining asl Vatani deb bilganlar.
Mustabid sovet rejimi va bolsheviklar uchun esa Turkiston oʻlkasini boʻlib tashlab, uni idora qilish qulay edi. Xususan, bu jarayon Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat 1924 yilda, asosan, magʻlubiyatga uchraganidan keyin oʻzining soʻnggi bosqichiga qadam qoʻydi. 1924 yil fevral-iyun oylarida SSSRdagi markaziy organlar, Turkiston, Buxoro, Xorazm kommunistik partiyalari va RKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi milliy chegaralanish masalalari yuzasidan zoʻr berib ish olib borishdi. Turkiston va Buxoro Kompartiyalari MKlari huzurida maxsus, keyinchalik hududiy va boshqalar maxsus komissiyalar tuzildi.
1924 yil 12-iyunda RKP(b)MK Siyosiy byurosi Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish toʻgʻrisida maxsus qaror qabul qilgach, 15-iyulda RKP(b)MK Oʻrta Osiyo byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning muvaqqat byurosini tashkil etdi. Hududiy komissiya tarkibiga F.Xoʻjayev, A. Rahimboyev, S. Xoʻjanov, Q.Otaboyev, R.Islomov, N.Aytoqov, keyinchalik Abdurahmonov, I. Aydarbekov, I. Vareykis, D.Manjara, I.Mejlauk, X.Saxat Muratov va boshqalar siyosiy arboblar kirgan edi.
1924 yil 16-sentyabrda Turkiston ASSR ning navbatdan tashqari sessiyasi, 20-sentyabrda Butun Buxoro xalq vakillarining V qurultoyi, 2-oktyabrda Butun Xorazm xalq vakillarining V qurultoyi bu masalani koʻrib chiqib, Oʻrta Osiyoning milliy hududiy chegaralanishi toʻgʻrisida qaror qabul qildilar. Mazkur qarorlarda oʻzbek va turkman xalqlariga Oʻzbekiston SSR va Turkmaniston SSR tuzish huquqi, Turkiston ASSR ning qirgʻiz (aslida qozoq) viloyatlarini 1920 yilda tashkil qilingan Qirgʻiziston ASSR (aslida Qozogʻiston ASSR) bilan birlashtirish maqsadida qirgʻiz (aslida qozoq) xalqiga Turkiston ASSRdan chiqish huquqi, qora qirgʻiz (aslida qirgʻiz) xalqiga Turkiston ASSRdan chiqish huquqi va Qora Qirgʻiz (aslida Qirgʻiz) avtonom oblastini tashkil etish huquqi, tojik xalqiga ham Turkiston ASSRdan chiqib, Tojikiston avtonom oblastini tashkil etish huquqi berilishi kerakligi taʼkidlandi.
RSFSR (Butun Rossiya) Markaziy Ijroiya Komitetining II sessiyasi (1924 yil 14-oktyabr) Oʻrta Osiyodagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari oʻrnida Oʻzbekiston SSR (OʻzSSR) va Turkmaniston SSR, shuningdek, Tojikiston ASSR (Oʻz SSRtarkibida), Qoraqalpoq va QoraQirgʻiz (Qirgʻiz) avtonom oblastlari tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
1924 yil 18-noyabrda Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari maxsus qoʻshma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan oʻz vakolatlarini Oʻzbekiston SSR sovetlarining taʼsis qurultoyiga qadar ish koʻruvchi F.Xoʻjayev raisligida 31-oktyabrda tashkil qilingan. Oʻzbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komitetiga topshirdilar. Bu komitet Oʻzbekiston SSR tuzilishini boshqarib bordi.
-III-
Xalqlarni milliy chegaralash g'oyalarini amalga oshirish bolsheviklarning taktik ustamonligi bilan muvaffaqiyatli ro'yobga chiqarildi, Avvalo, bu g'oyaning dastlabki vazifasi hal etildi - turkiylar birligj raafkurasiga va amaliyotiga sezilarli zarba berildi. Milliy tuzilmalar tashkil etilishi, ularga «milliy davlatchilik» maqomi berilishi bilan Markaz mintaqa xalqlarining diqqatini tashqi dushmandan (ular uchun tashqi dushman Markazning o'zi edi) ichki muammolarga yo'naltirishga muvaffaq bo'ldi.
Lekin bu eng asosiysi bo'lib, bolsheviklar bu harakat bilan o'zlarining strategik niyatlarida ham muhim yutuqlarni qo'lga kiritdilar. RSFSRning Turkiston Avtonom Respublikasi bilan bir qatorda milliy-hududiy chegaralanishiga huquqiy jihatdan mustaqil Buxoro va Xorazra respublikalarining ham jalb qilinishi, ularning qismlarga bo'linishi va uiar asosida yangi milliy tuzilmalarning tashkil topishi, ularning SSSR tarkibiga kiritilishi natijasida O'rta Osiyoning bu ikki qadimgi davlati dunyoning siyosiy xaritasidan butunlay yo'q qilindi.
Shu davrdan boshlab qadimiy Turkiston hududi bolsheviklar davlatining ikki g'ildirakli aravasiga mustahkam bog'lab qo'yildi.
O'rta Osiyo davlatchiligining ming yillik rivojlanish tarixiga putur yetkazikli. Hukmron sulolalarning tez-tez almashishiga, makon-hudud mezonlarining o'zgarishiga qaramay, O'rta Osiyo davlatchiligining asosini tashkil qilgan muhit - uning aholisi tarixan turli etnik guruhlardan tashkil topganligi va uning tarqoq holda joylashganligi, uning o'ziga xos bo'lgan xo'jalik, maishiy, diniy, ma'naviy-madaniy hayotining mushtarakligi o'zgarmay qolaverardi. Har bir etnik guruh o'zining muayyan joyiga ega bo'lgani holda bu mushtaraklikning tarkibiy, o'zgarmas teng qiymatga ega bo'lgan qismi bo'lib turaverardi. Endi esa, ittifoqdosh, muxtor respublikalar va viloyatlarning tashkil topishi bilan millatlarni farqlash, tabaqalash joriy etildi.
Shunday qilib, millatning bir qismi o'z ota-bobolari yerida yashab, mehnat qilsada, rasmiy ta'rifga ko'ra, «oz sonli millat»ga aylanib qolgan edi, bu esa ularning ongiga ta'sir qilmasdan qolmasdi, o'z huquqlarining qandaydir poymol qilinganligida deb tushunardilar.
Aslida, bolsheviklar andozasidagi milliy-hududiy chegaralanish O'rta Osiyo xalqlari o'rtasidagi bo'lajak millatlararo munosabatlar jarayonlafl ostiga ma'lum vaqtda portlaydigan mina qo'yish degan gap edi, ular favqulodda vaziyatlarda portlab, turli nizolar va keskin holatlar keltirib chiqarishi muqarrar edi.

XULOSA



Shu bilan birga, yangi tuzilmalarni O'rta Osiyo xalqlarining «milliy (javlatchiligi» tashkil etilganligi sifatida baholash ham to'g'ri bo'lmasa kerak. Chunki SSSR tarkibiga kirish va SSSRning tashkil topganligi haqidagi Shartnomaning imzolanishi, bu yerda RKP(b) MK O'rta Osiyo byurosining, O'rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining va boshqa shunga o'xshash butunittifoq idoralarining saqlanib qolishi bilan davlatga xos bo'lgan hokimiyat vazifalari va vakolatlarning barchasi Markaz ixtiyorida bo'lib qoldi. O'zbekiston Respublikasi I Prezidenti I.A.Karimovning jonli iborasi bilan aytganda, O'rta Osiyoda tashkil qilingan bu tuzilmalar davlat bo'lib shakllanmagan (davlatga o'xshash) tuzilmalar edi.» Mazkur tuzilmalar suverenitet va rnustaqillikdan batamom mahrum edilar, ular aslida SSSRning ma'muriy-iqtisodiy rayonlari darajasiga tushirilgan bo'lib, tashkil etilayotgan vaqtlaridayoq ularga asosan Markazning manfatlariga xizmat qilish, xom ashyo yetishtirish kabi vazifalar aniq qilib belgilab berilgan edi.
ADABIYOTLAR:

  • Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavysimosti, T., 2000;

  • Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000;

  • Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001;

  • Rajabov Q., Haydarov M., Turkiston tarixi (1917—1924-yil), T, 2002.



1 Амир Саид Олимхон. Бухоро халқининг хасрати тарихи. Т., «Фан», 1991, 11-бет.

Download 147.01 Kb.

Share with your friends:
1   2




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page