O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi buхoro dаvlаt tibbiyot instituti хаlq tabobati va kasb kasalliklari kаfedrаsi



Download 1.34 Mb.
Page95/99
Date14.03.2024
Size1.34 Mb.
#63864
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Xalq tabobati-2

III shoxli nerv nevralgiyasi


Bu kasallik III shoxli nerv innervatsiyalovchi sohalarda keskin og‟riq xuruji bilan harakterlanadi, sharq tabobatida u «zarar keltiruvchi shamoldan» yuzaga kelishi aytiladi va «bo‟g‟inlar yallig‟lanishiga» kiritiladi.
Etiologiya va patogenezi. III shoxli nerv nevralgiyasining kelib chiqishining asosiy sababi xastalik keltirib chiqaruvchi faktorlar «shamol va sovuq»ning 3 ta yuz sohasidan o‟tuvchi YaN meridianlarga kirishi yoki shu meridianlarga qon tuplanib qolishi bo‟lib hisoblanadi. Bu esa shu sohadagi YaN meridianlarda bosimning oshishiga va energiya hamda qonning tuxtab qolishiga olib keladi. Boshka sabablar, jigar va oshqozonning «to‟liqlik-issiqlik» sindromi, IN energiyasini «bo‟shlig‟i» ning yuqoriga, bosh va yo‟zga intilishi.
Simptomatikasi. Yonuvchi og‟riq xurujlari, buning oqibatida yuz mushaklarining igna sanchgani kabi qisqarishi, yuz terisi qizarishi, ko‟z yoshi va so‟lak ajralishi bilan birga kechadi. Xuruj davomiyligi 1-2 minut, kun davomida bir nechta xurujni kuzatish mumkin. Xuruj asosan yuz sohasidagi ba'zi og‟riqli nuqtalarga tegishli joylarda paydo bo‟ladi, bu nuqtalar 14VB, 2E, 20GI, 4E, 24VC. Ignaterapiya
Davolash printsipi: meridianlar faoliyatini faollashtirish va o‟tkazuvchanligini tiklash.
Ta'sir nuqtalari: Yuqorida ko‟rsatilgan nuqtalar va 17TR, 20VB, 4GI
Og‟riqli nuqtalardan eng kuchlisiga igna bilan aylanma harakat qilibta'sir qilinadi. Agar og‟riq kamaymasa, unda boshqa bir og‟riqli nuqtaga ta'sir etiladi. Igna bilan davolash har kun o‟tkaziladi. Agar bu effektsiz bo‟lsa, bunda ignaterapiya o‟rniga teri ostiga 0,1 ml distillangan suv og‟riqli nuqtaga yuboriladi.
Nuqtalar terapevtik ta'siri. Bu nuqtalarga ta'sir etish energiyai meridianlar bo‟ylab harakatini tiklaydi. 17TR va 20VB nuqtalar shamol va sovuq ta'siridan yuzaga kelgan og‟riqni yo‟qotadi.
Aurikuloterapiya. Og‟riqli nuqtalarga e'tibor beriladi, peshona, yuqori jag‟, pastki jag‟, simpatik nerv sistemasi, AR 55 nuqtalarga ta'sir etiladi.


Download 1.34 Mb.

Share with your friends:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page