4.2. Yer osti omborining geografik joylashuvi va sharoitlari Yer osti gaz omborlari asosan magistral gaz quvuri trassasi va iste’mol markazlariga yaqin xududlarda joylashtiriladi. Masalan: Frantsiyadagi Beyn yer osti gaz ombori Parij shaxridan 40 km. va yuqori bosimli xalqa gaz quvuridan 29 km. uzoqligida joylashgan. Mamlakatimizdagi yer osti gaz omborlari xam magistral gaz quvurlari va iste’mol xududlariga yaqin bo'lgan xududlarga joylashtirilgan. Jumladan: "Shimoliy sox" va "Xodjiobod" yer osti gaz omborlari Respublikamizning axolisi eng zich bo'lgan xududida yani, Farg'ona vodiysida, "Gazli" yer osti gaz ombori esa o'rta osiyo-markaz magistral quvuri yaqinida barpo etilgan.
Agar gaz iste’molining mavsumiy notekislik koeffitsienti
1,6 teng bo'lgan xududda yer osti gaz ombori qurush zaruriyati
mavjud bo'lsa, bu yer osti gaz ombori uchun ketadigan nisbiy
kapital quyilmalar sarfi, yer osti gaz ombori hajmi xamda
iste'molchilar va yer osti gaz ombori orasidagi masofaga bog'liqravishda o'zgaradi. Buni quyidagi 4-jadvaldan ham ko'rish mumkin:
4-jadval: