O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi sirdaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 261.5 Kb.
Page5/10
Date04.10.2024
Size261.5 Kb.
#64679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
“Insert” va “Klaster” metodlaridan geografiya darslarida foydalanish metodikasi
algebra 10-11 1996 www.ziyouz,com
Afzalliklari
Ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni o‘rganishda foydali.
O‘qituvchi tomonidan o‘qitish jarayonini va o‘qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi.
Vaqtdan unumli foydalanish.
Aniq ilmiy bilimlarga tayanadi.
Kamchiliklari
O‘quvchilar passiv ishtirokchi bo‘lib qoladilar.
O‘qituvchining to‘la nazorati barcha o‘quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi.
O‘quvchilar o‘qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi.
Eslab qolish darajasi hamma o‘quvchilarda bir xil bo‘lmagaligi sababli, sinf bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lib qolishi mumkin.
Mustaqil o‘rganish va echimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratiladi.
Noan’anaviy (ta’lim jarayoni markazida o‘quvchi bo‘lgan) o‘qitish metodlarining
Afzalliklari
O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi.
O‘z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi.
Tushunchalarni amaliyotda qo‘llash uchun sharoitlar yaratilishi.
O‘qitish usullarining turli xil ko‘rinishlari taklif etilishi.
Motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi.
O‘tilgan materialning yaxshi eslab qolishi.
Muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishi.
O‘z-o‘zini baholashning o‘sishi.
O‘quvchilarning predmetning mazmuniga, o‘qitish jarayoniga bo‘lgan ijobiy munosabati.
Mustaqil fikrlay oldaigan o‘quvchiningshakllanishiga yordam berish.
Nafaqat mazmunini o‘zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikralashni ham rivojlantirish.
Muammolar echish ko‘nikmalarning shakllanishi.
Kamchiliklari
Ko‘p vaqt talab etilishi.
O‘quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.
Juda murakkab mazmundagi material o‘rganilayotganda ham o‘qituvchi rolining past bo‘lishi.
“Kuchsiz” o‘quvchilar bo‘lganligi sababli «kuchli» o‘quvchilarning ham past baho olishi.
O‘qituvchining o‘zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar echish ko‘nikmalariga ega bo‘lishining talab etilishi.
O‘qitish jarayonidagi mavjud an’anaviy ta’lim bilan qurollangan ta’lim muassasalari endilikda o‘z oldiga qo‘yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmani amalga oshirishga ojizlik qilmoqda.
Taniqli didakt olim M.N. Maxmutovning fikriga ko‘ra, o‘quv jarayonini tashkil etishning an’anaviy sxemasi o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini etarli darajada rivojlantira olmaydi, ularning bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini, fanga bo‘lgan qiziqishlarini qondira olmaydi, faol fikrlashni hamda bilishni e’tiqodga, e’tiqodni esa ongli ijtimoiy maqsadga muvofiq faoliyatga aylantirishni ta’minlay olmaydi.
Maktab, kasb-hunar kollji va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining ilg‘or tajribalari yoritilgan materiallarni o‘rganish, shuningdek, kuzatishlar va suhbatlardan ma’lum bo‘lishicha, ularning ko‘pchiligi o‘z amaliy faoliyatlarida kuchsiz avtoritar motivga asoslangan bir hildagi o‘qitish jarayonlarini qisman o‘zgartirgan holda foydalanishadi. Bunday hollarda o‘zlashtirishning yuqori darajasiga deyarli erishib bo‘lmaydi.
Haqiqatan ham, an’anaviy ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan noan’anaviy ta’lim jarayoni bilan taqqoslaganda ular o‘rtasidagi farq aniq ko‘zga tashlanadi.



Download 261.5 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page