O’zbekiston respublikasi



Download 2.41 Mb.
Page72/119
Date18.12.2023
Size2.41 Mb.
#62979
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   119
O’zbekiston respublikasi
97821, Документ Microsoft Word, Dasturlash asoslari, 9-ma’ruza. Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari
Ko’rsatkichlar

Hisobot davrida

Yil boshidan

smeta bo’yicha

farqi +,-

smeta bo’yicha

farqi +,-

Brigadirning hisoboti

Asosiy xomashyo va materiallar

43000

-1000

134000

1200

Mehnat sarflari

214000

2400

588300

8400

Yordamchi materiallar

18500

-300

40000

-800

Тexnologiya uchun energiya

9800

350

29400

2500

Boshqalar

3400

100

5400

400

Jami

288700

1550

777100

11700
















Ishlab chiqarish sexining boshlig’iga hisobot

1-brigada

288700

1550

777100

11700

2-brigada

214500

1120

628200

8900

-------

----------

-----------

-----------

------------

Brigadalar bo’yicha jami

887800

2460

2753800

26000

Umumsex sarflari:













Sex ustalarining mehnat xaqi ajratmalari bilan

126000

0

700000

0

Uskunalarning eskirishi

104000

0

308000

0

Elekt energiya sarflari

35000

2600

104500

6400

Sexni tozalash sarfi

18900

-670

83500

-3000

Jami

1171700

-4390

3949800

29400

Subyektning bosh menedjeriga hisobot

Ishlab chiqarish sexi

1171700

-4390

3949800

29400

Quyish sexi

893500

-1900

3026790

2300

Yig’uv sexi

1347900

5800

4873200

19800

-------

---------

---------

-----------

----------

Sexlar bo’yicha jami

4616100

4390

16155790

4280

Umumxo’jalik sarflari:













Imoratlarning eskirishi

35000

0

165000

0

Isitish va yoritish

84000

150

213000

4780

Ma’muriyatning mehnat xaqi

235000

12300

487600

45780

Subyekt bo’yicha sarflarning jami

4970100

18190

17021390

93360

Ushbu hisobotlardan ko’rinib turibdiki, har xil boshqaruv pog’onalaridagi xarajat markazlarining hisobotlari o’rtasida mustahkam bog’liqlik mavjud. Misol tariqasida ko’rayotgan subyektda boshqaruv uchta pog’onadan tashkil topgan: brigadirlar tomonidan nazorat qilinadigan brigadalar; sexlarning rahbarlari tomonidan nazorat qilinadigan sexlar; bosh menedjer tomonidan nazorat qilinadigan subyekt. Ushbu menedjer o’z navbatida ishlab chiqarish bo’yicha javob beradigan bosh direktorning muoviniga bo’ysunadi.
Ilgari qayd qilganimizdek, yuqori boshqaruv pog’onalariga taqdim qilinadigan hisobotlar pastki pog’onaga topshirilgan segmentlar bo’yicha hisobotlarning yig’ma nusxasi bo’lishi mumkin emas.
Chunki ushbu sarflar nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan xarajatlardan tashkil topganligi uchun va pastki boshqaruv pog’onasida nazorat qilinmaydigan xarajatlarning inkor qilinganligi sababli ushbu hisobotlarning o’rtasida farqlar vujudga keladi. Lekin shuni ham ta’kidlash lozimki umuman xarajatlar ularning sodir bo’lish turlaridan qat’iy nazar kimningdir tomonidan nazorat qilinadi. Misol, umumxo’jalik sarflarini sex yoki bo’limlarning rahbarlari nazorat qila olmaydilar. Ushbu xarajatlarning sarfi ustidan subyektning bosh direktori nazorat o’rnatadi.
Chunki ushbu xarajatlar hamma sex va bo’limlar uchun umumiy bo’lganligi sababli bo’limlarning rahbarlari ularning sarfi ustidan nazorat o’rnata olmaydilar. Shunga o’xshash brigadirlar va ustalar nazorat qilishi mumkin bo’lmagan umumsex yoki umumbo’lim sarflarining ustidan mazkur sexlar yoki bo’limlarning rahbarlari nazorat o’rnatadilar.
Bundan tashqari, ayrim holatlarda subyektlarning bosh direktorlari ayrim sex va bo’limlarning boshliqlarini ularning nazorat qilish doirasidagi ayrim xarajatlarning ustidan nazoratni amalga oshirishdan ozod qilishlari ham mumkin. Misol tariqasida ushbu rahbarlar nazorat qilishi mumkin bo’lgan xarajatlarning ikki moddasini: elektr quvvatlarining sarfi; telefon xizmatlarining sarfi ko’rib chiqamiz.
Elektr quvatlarining sarfi ustidan nazorat o’rnatganda menedjerlar eng avvalo ish kunining oxirida xodimlar o’zlari ishlayotgan mashinalar, uskunalar va kompyuterlarni tokdan ajratishi, ortiqcha priborlarning elektrga ulanmasligini nazorat qiladilar.
Тelefon xizmatlarining sarfini nazorat qilish uchun esa ortiqcha so’zlashuvlarning oldini olish maqsadida yoki kimning gaplashganligini bilish uchun shaharlararo va davlatlararo telefon aloqalarini kodlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu sarflar uncha katta hajmda bo’lmasa ham ularning ustidan nazorat o’rnatish tadbirlari qimmatga tushadi, lekin ushbu nazoratni o’rnatish zarur. Shuning uchun ham ma’muriyat ushbu sarflarni menedjerlar uchun quyidagi sabablarga muvofiq nazorat qilinmaydigan deb tan olishga majburdirlar: ushbu sarflarning ahamiyati uncha katta emasligi; tejamkorlik shartiga rioya qilish.
Misol uchun elekt quvvatini tejashdan olingan naf ushbu nafni olish uchun sarflangan xarajatlardan ortiq bo’lishi lozim. Chunki bo’limlarning ichki hisobotlariga asosan nazorat qilinadigan sarflargina qo’shiladi.
Foyda markazlari bo’yicha tuziladigan hisobotlarning ham asosida nazorat qilish imkoniyati, sharti yotadi. Ushbu hisobot ham boshqaruv pog’onasiga muvofiq ravishda tuzilgan bo’lib unda ko’rsatiladigan foyda markazlari tegishli muomalaviy segmentlar bo’yicha va hududlar bo’yicha tashkil qilinadi. Pastki tabaqada joylashgan bo’limlarning rahbarlari o’zlari ishlab chiqargan mahsulotlarning sotilishi bo’yicha mas’uldirlar va ular subyektning bosh direktoriga bo’ysunadilar.
Foyda bo’yicha hisobot tuzilganda marjinal daromadning pog’onama-pog’ona hisoblanishini talab qiladi, chunki ushbu tartib bir tomondan o’zgaruvchan xarajatlarning ta’sirini yoritsa ikkinchi tomondan esa yakuniy moliyaviy natijani shakllantiradi. Bundan tashqari, ushbu tartibda yondashish yakuniy foydaning tarkibini tahlil qilishni yengillashtiradi. Natijada har bir ayrim olingan mahsulot va xizmatlarning to’g’ri doimiy xarajatlarni qoplashga qo’shgan hissasini va natijada subyektning olgan umumiy foydasiga qo’shgan hissasini aniqlashga yordam beradi.
Doimiy xarajatlarni qoplashni hisobga olishning ushbu tartibi segmentlarning faoliyatlarini turlari va joylanish hududlari bo’yicha rentabellik darajasi to’g’risidagi axborotlarni foydalanuvchilarga yetkazib beradi. Ushbu holatda ham yuqorida ta’kidlangan ikkita prinsip (shart)ga rioya qilinadi:

  • boshqaruv pog’onasiga qarab hisobotning analitik darajasi pasayib boradi;

  • hisobot ko’rsatkichlarining nomlanishi yo’qolib boradi.

Bo’limlarning ma’muriy boshqaruv xarajatlari mahsulot va xizmatlarning turiga taqsimlanmaydi. Chunki ular joylarning doimiy xarajatlari bo’lganligi uchun olingan umumiy marjinal daromadning summasidan chegiriladi. Ushbu umumiy sarflarga shu joyda joylashgan filial ma’muriyatining mehnat haqi, imoratlarni asrash va boshqa sarflar kiradi. Boshqa muomalaviy xarajatlarni subyektning o’zi amalga oshiradi. Ushbu xarajatlar tegishli bo’lim va filialning xarajatlari summasidan chegiriladi (qoplanadi).
9.7-jadval
Boshqaruv pog’onalarining darajasi sharoitida foyda markazlarining faoliyati bo’yicha hisobotning shakli (ming so’m).

Ko’rsatkichlar

Yil boshidan

Subyekt




Subyektdagi

Filiallar

bo’yicha




bo’lim

Urganch

Andijon

jami




smeta

farqi

smeta

farqi

smeta

farqi

smeta

farqi

Mahsulotni sotishdan daromad

43000

65

33000

-14

38000

115

114000

66

Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi

30000

197

32310

-199

26500

264

88810

231

Yalpi foyda

13000

-132

1310

185

11500

-149

25190

-65

Subyektning muomalaviy xarajatlari

-

-

-

-

-

-

15000

76

Subyektning muomalaviy foydasi



















1019

-141

Segmentlar bo’yicha foyda yuzasidan tuziladigan hisobotning boshqa alternativ varianti ham mavjud bo’lib ushbu tartibda marjinal daromalning ko’rsatkichlari o’rniga segmentlarning yalpi foydasi hisoblanib aniqlanadi. Ushbu hisoblash quyidagi formulaga asosan amalga oshiriladi: FΣqDΣ-Тm
Bu yerda: FΣ- yalpi foyda; DΣ- yalpi daromad va Тm- mahsulotning tannarxi.
Lekin amaliyotda foyda markazlari bo’yicha hisobotlarni tuzishda ushbu masalalarni chuqurroq yoritish imkoniyatlari mavjud. Ushbu holatlarda hisobot segmentlarining muomalaviy foydalarini yoritishgacha kengaytiriladi va foyda esa segmentlarning olgan yalpi foyda summasidan subyektning muomalaviy xarajatlarini chegirish natijasida topiladi. Bu tartibni joriy qilishda ehtiyot bo’lish kerak, chunki ayrim hollarda bo’limlarning xaqiqatda olgan foydasining hajmini noto’g’ri ko’rsatishga va noto’g’ri baholashga olib kelishi mumkin. Ushbu muomalaviy xarajatlarni taqsimlashning uchta usuli olimlar va amaliyotchilar tomonidan taklif qilinayapti:

  1. Тaqsimot bazasi qilib mehnat haqi sarflarini olish;

  2. Тaqsimot bazasi qilib har bir segmentning olgan daromadini olish;

  3. Тaqsimot bazasi qilib har bir segmentning olgan foydasini olish.

Shunday qilib, ushbu usullarni chuqur o’rganib quyidagi xulosalarga kelish mumkin: foyda markazlari bo’yicha hisobot tayyorlayotganda tashkiliy muomalaviy xarajatlarni taqsim qilishning mutanosiblik asosi bu segmentlarning olgan foyda summasidir. Ushbu usul tegishli bo’limlar faoliyatining samaradorligini buzib ko’rsatmaydi.

Download 2.41 Mb.

Share with your friends:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   119




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page