O’zbekiston respublikasi


Maqsadli tushumlar, subsidiya va grantlar hisobni yuritish



Download 2.41 Mb.
Page83/119
Date18.12.2023
Size2.41 Mb.
#62979
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   119
O’zbekiston respublikasi
97821, Документ Microsoft Word, Dasturlash asoslari, 9-ma’ruza. Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari

11.3. Maqsadli tushumlar, subsidiya va grantlar hisobni yuritish




Qaytarilmaydigan ma’lum bir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun tayinlangan maqsadli tushumlar, mablag’lar holati va harakati, shuningdek a’zolik badallari hamda boshqa mablag’larning kirimi ularning sarflanishi to’g’risidagi axborot quyidagi: 8810-«Grantlar», 8820-«Subsidiyalar», 8830-«A’zolik badallari», 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari», 8890-«Boshqa maqsadli tushumlar» schyotlarda umumlashtiriladi
Yuqorida ko’rsatilgan tushumlarni xususiy kapital sifatida aks ettirishning quyidagi shartlari mavjud: a) maqsadli tayinlanishi bo’yicha foydalanish; b) mablag’larni jalb etish bilan bog’liq xarajatlarning sodir bo’lmasigi; v) ma’lum shartlar bajarilganda qaytarilmasligi lozim.
Grant bu iqtisodiyotni rivojlantirishga qiziqtirish, ilmiy-texnika va innovatsiya dasturlarini bajarish uchun ijtimoiy ahamiyatli maqsadlar bo’yicha korxonaga qaytarib olmaslik sharti bilan davlat, shuningdek, nodavlat, xorijiy, xalqaro tashkilotlar va fondlar tomonidan ko’rsatiladigan gumanitar pul yoki moddiy-texnika yordamidir. Grant mablag’lari qat’iy maqsadli tayinlanishi bo’yicha foydalaniladi.
Grant ajratilgan hollarda tegishli grant ajratuvchi tashkilot va fondlar tomonidan korxonaga xabarnoma yuboriladi. Ushbu xabarnomada ko’rsatilgan summaga korxona quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 4890-«Boshqa debitorlarning qarzlari», Kt 8810-«Grantlar» schyoti.
Grant bo’yicha moliyalanadigan maqsadli loyiha budjetida nazarda tutilgan pul mablag’lari yoki mulklar olinganda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt Pul mablag’larini hisobga oladigan (5110-5530), kapital qo’yilmalar (0800), O’rnatiladigan uskunalar (0700), ТMZ va boshqa schyotlar, Kt 4890 «Boshqa debitorlarning qarzlari» schyoti.
Chet el valutalarida olingan grantlar summasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xo’jalik muomalalarini sodir bo’lish kuniga belgilangan kurs bo’yicha O’zbekiston Respublikasi milliy valutasiga aylantiriladi.
8820-«Subsidiyalar» schyoti mavjud ajratilgan subsidiyalar, ya’ni iqtisodiyotni rivojlantirishga qiziqtirish maqsadida ma’lum shartlar bilan davlat tomonidan ko’rsatiladigan pul yoki natura yordami harakati to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.
Davlat yordami turli shaklda va turli shartlar bilan berilishi mumkin. Davlat subsidiyalarini hisobi milliy standartiga asosan yuritiladi.35 Ushbu standart bo’yicha hisob yuritish qoidalari quyidagi hollarda amal qilmaydi: narxlarni o’zgarishiga tegishli hukumat subsidiyalarini hisobga olish; hukumat tomonidan korxonaga foydadan ajratma solig’i bo’yicha berilgan yengilliklar yoki foydadan ajratma solig’idan vaqtinchalik ozod qilish; korxonani tasarruf etishda davlatning qatnashishi va boshqalar.
Davlat subsidiyalari - bu kompaniya tomonidan o’tgan davrda yoki kelajakda uning operatsion faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ma’lum shartlarni bajargani yoki bajarishi evaziga resurslarni o’tkazib berish shaklidagi hukumat yordamidir. Asosli ravishda baholab bo’lmaydigan, shuningdek kompaniyaning odatdagi savdo muomalalaridan ajratib bo’lmaydigan hukumat bilan olib boriladigan operatsiyalar davlat subsidiyalariga kiritilmaydi.
Aktivga o’tkaziladigan subsidiyalarning asosiy sharti shuki, kompaniya tomonidan uzoq muddatli aktivlar sotib olinishi yoki qurilishi lozim. Bu shartda qanday aktivlar sotib olinishi, ularning joylashadigan joyi yoki ularning sotib olish yoki tasarruf etish muddati ko’rsatiladi. Daromadga o’tkaziladigan subsidiyalar - bular aktivlarga o’tkazilmaydigan davlat subsidiyalaridir. Shartli qaytarilmaydigan qarzlar - bular shunday qarzlarki, oldindan ko’rsatilgan ma’lum shartlar bajarilgandan so’ng kreditor o’z qarzini qaytarib olmaydi.
Davlat subsidiyalari, jumladan, narxdagi pulsiz subsidiyalar, kompaniyaga qo’yilgan shartlarga mos kelmaguncha va subsidiyalar olinmaguncha, tan olinmaydi.
Subsidiyalarni olish tartibi ularni hisobga olish tartibiga ta’sir qilmaydi. Demak, sub’sidiyalar pul shaklida olinadimi yoki davlat oldidagi majburiyatni kamaytirish shaklida olinadimi, bir xilda hisobga olinadi.
Subsidiyalar hisobidan qilingan xarajatlar qaysi davrga to’g’ri kelsa davlat subsidiyalari o’sha davrning daromadi deb tan olinadi. Ular bevosita kapital schyotiga kreditlanmaydi.
Amortizatsiyalanuvchi aktivlarga tegishli subsidiyalar odatda mazkur obyektlarga amortizatsiya hisoblash davri ichida hisoblangan amortizatsiya miqdorida daromad deb tan olinadi.
Amortizatsiyalanmaydigan aktivlarga tegishli subsidiyalar ma’lum majburiyatlarni bajarishni talab qilishi mumkin va shu majburiyatlarni bajarish bo’yicha xarajatlar sodir bo’lgan davr ichida daromadga o’tkaziladi. Masalan, yer uchastkasini ajratib berish tarzidagi subsidiya unda bino qurish sharti bilan cheklangan bo’lishi mumkin. Bunday holda subsidiya binoning xizmat muddati ichida daromad sifatida tan olinishi mumkin.
Sodir bo’lgan xarajatlar yoki zararlarni qoplash, yoki kelajakda hech qanday xarajatlar qilmaslik sharti bilan kompaniyaga zudlik bilan ko’rsatiladigan moliyaviy yordam tarzida berilgan davlat subsidiyasi olingan davrda daromad deb tan olinadi.
Aktivlarga tegishli subsidiyalar, jumladan adolatli qiymati bo’yicha pulsiz subsidiyalar ham, balansda yoki kelgusi davr daromadi tarzida yoki aktivning balans qiymatini topish uchun uni ayirib tashlab ko’rsatiladi.
Subsidiyalar ajratilgan hollarda xabarnomaga asosan ajratilgan subsidiyalar summasiga korxonada quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 4890-«Boshqa debitorlarning qarzlari», Kt 8820-«Subsidiyalar» schyoti.
Subsidiyalar bo’yicha mablag’lar o’tkazib berilganda pul mablag’larini hisobga oladigan (5110-5530) va boshqa schyotlar debetlanib, 4890-«Boshqa debitorlarning qarzlari» schyoti kreditlanadi.
Тegishli tarkibiy tuzilmalar qaroriga binoan ajratilgan grant va subsidiyalar zaxira kapitaliga o’tkazilganda grant va subsidiyalar zaxira kapitaliga o’tkazilganda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8810 «Grantlar», 8820 «Subsidiyalar», Kt 8520 «Zaxira kapitali» schyoti.
8830 «A’zolik badallari» schyotida ta’sis hujjatlari bilan belgilangan jamiyat a’zolarining a’zolik badallari summasi aks ettiriladi. A’zolik badallarining tushumi quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi: Dt Pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar, Kt 8830 «A’zolik badallari» schyoti.
8840 «Maqsadli foydalanish uchun berilgan soliq imtiyozlari» schyotida maqsadli vazifalarni bajarish bo’yicha soliqdan ozod qilish natijasida hosil bo’lgan summalar aks ettiriladi.
8890 «Boshqa maqsadli tushumlar» schyotida, xususan, farzandlari maktabgacha yoshdagi bolalar muassasanarida tarbiyalangani uchun ota-onalardan tushadigan pul mablag’lari, boshqa shaxs va tashkilotlarning bolalar muassasalarini asrash uchun o’tkazib bergan mablag’lari. Shuningdek konservatsiya qilingan obyektlarni asrash xarajatlarini qoplash bo’yicha maxsus moliyalashdir.
Maqsadli tushumlar schyotlari (8800) bo’yicha analitik hisob maqsadli mablag’larning yo’nalishi va moliyalash manbalari bo’yicha yuritiladi.
Bu schyotlar bo’yicha sodir bo’lgan muomalalarning sintetik va analitik hisobi 12-jurnal-orderda olib boriladi. Bu jurnal-orderga yozish uchun asos bo’lib buxgalteriyaning ma’lumotnomasi, bankning hisob-kitob schyotidan bergan ko’chirmasi, kassirning hisoboti va boshqalar hisoblanadi.



Download 2.41 Mb.

Share with your friends:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   119




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page