Qabilasi reja: Hilolnamolar qabilasi Cyperales



Download 42 Kb.
Page4/4
Date11.01.2021
Size42 Kb.
#55604
1   2   3   4
14-mavzu
4.Kuchaladoshlar —Araceae oilasi. Oilaga, asosan, epifitlar, lianalar, ildizpoyali yoki ildiztuganakli o‘tlar kiradi. Ularning barglari yirik, ildiz bo‘g‘zida joylashadi. Gullari aktinomorf, ikki jinsli yoki bir jinsli. Bir uyli, to‘pguli yo‘g‘on, so‘ta. Gulqo‘rg‘oni 4-6 bo’lakli, changchisi 4-6 ta. Mevasi rezavor. Oilaning yer sharida 110 turkumga mansub 1800 turi o‘sadi. O’zbekistonda 3 turkumga oid 5 turi tarqalgan.

Igir (Acorus) turkumiga ildizpoyali, uzun, qilichsimon bargli, yaxshi, xushbo‘y o‘tlar kiradi. Gullari ikki jinsli, gulqo‘rg‘oni bargchali, changchisi 6 ta, tugunchasi 3 uyali. O’zbekistonda xushbo‘y igir (Acorus calamus) asosan Samarqand, Xorazm viloyatlarida semam joylarda o‘sadi. Dorivor o‘simlik.

Poyabargdoshlar - Lemnaceae oilasi. Bu oila vakillari gulli o‘simliklar orasidagi eng kichigi hisoblanadi. Uning poyasi, bargi yaxshi taraqqiy qilmagan. Ular sekin oqadigan suvlarda o‘sadi. Guli ayrim jinsli. Gulqo‘rg‘oni yo‘q. Changchisi 1 ta yoki 2 ta. Asosan, vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi, urug‘i suv ostida yetiladi. Bu oilaga 6 ta turkumga oid 6 ta tur kiradi. O’zbekistonda bitta turkumga mansub 3 ta turi o‘sadi. Poyabarglar suvda yashovchi parrandalar uchun ozuqa hisoblanadi. Bundan tashqari, uy hayvonlarini boqishda yem-xashak sifatida ham ishlatiladi.

Qo‘g‘anamolar - Typhales qabilasi. Qabila 2 ta oilani o‘z ichiga oladi. Qo‘g‘adoshlar - Typhaceae oilasi. Oilaga bo‘yi 2 metrgacha yetadigan ko‘p yillik o‘tlar kiradi. Ildizpoyasi yo‘g‘on, suvli muhitda, ayniqsa, botqoqliklarda o‘suvchi, barglari uzun, lentasimon o‘simlik. Oilaga bitta turkum va 15 ta tur kiradi. Bizda qo‘g‘a (Typha) turkumiga kiruvchi 6 ta tur o‘sadi. Yer yuzida keng tarqalgan. Gullari mayda, bir jinsli, gulqo‘rg‘onsiz, boshoqsimon so‘tada joylashgan. Urug‘chi gullari so‘taning ostki, yo‘g‘on qismida, changchi gullari esa ustki ingichka qismida joylashgan. Changchi guli 3 ta changchi, urug‘chi guli 1 ta mevachabargdan iborat. Barglari dag‘al tolaga ega. Qo‘g‘alarning barglaridan savat, bo‘yra, qoplar qilinadi. lldizidan kraxmal olish mumkin. So‘tadagi momiqlar sellulozadan iborat, momig‘i fetr shlyapa tayyorlashda yungga qo‘shiladi.



Kengbarg qo‘g‘a - Typha latifolia. Bo‘yi - 1 -2 m, poyasining yo‘g‘onligi - 1-1,5 sm. Barglari yassi, keng qalamli, eni -1-2 sm. Changchi to‘pgullarining eni - 1-1,5 sm, urug‘chi to‘pgullariniki - 2-2,5 sm, qoramtir-qo‘ng‘ir. Iyul oyida gullaydi, urug‘i avgust oyida pishadi. Adir va tog‘ hududlaridagi daryo va ko‘l bo‘ylarida, soylardagi botqoqlashgan yerlarda o‘sadi.

Nazorat uchun savollar

  1. Poaceae (Graminiae) oilasiga qancha turkum va tur kiradi?

  2. Poaceae oilasidagi qaysi turkum vakillarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati judayam muhimdir?

  3. Palmalarning hayotiy shakli qabday?

  4. Kengbarg qo‘g‘a - Typha latifolia ning bo’yi qanchaga etadi?

Download 42 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page