Referat mavzu: ishlab chiqarish omillari bozori qabul qildi: Murodova M. Ch. Bajardi: Mamatqulov Islom


Ishlab chiqarish omillari (resurslar) to‘g‘risida tushuncha



Download 74.28 Kb.
Page3/4
Date27.11.2023
Size74.28 Kb.
#62729
TypeReferat
1   2   3   4
Referat mavzu ishlab chiqarish omillari bozori qabul qildi Mur
8-MAЪРУЗА
Ishlab chiqarish omillari (resurslar) to‘g‘risida tushuncha
Tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ishlarini bajarishda ishtirok etadigan, ishlab chiqarishning pirovard natijalariga ta’sir ko'rsatadigan resurslar «ishlab chiqarish omillari» deb ataladi. Iqtisodiyot fanida iqtisodiy resurslarning quyidagi guruhlari mavjud: - tabiiy resurslar yoki yer va yer osti va ustki boyliklari; - kapital; - mehnat resurslari; - tadbirkorlik qobiliyati (tadbirkorlik). Bu omillaming har birini iqtisodiyot tizimida o'z o'm i bor, ular ma’lum xildagi vazifalarni bajaradilar. Tabiiy resurslar — tovarlami ishlab chiqarish va xizmat ishlarini bajarishda ishlatiladigan tabiiy ne’matlardir. Ular — foydali qazilmalar, o'rmonlar, suv, havo va shunga o'xshashlar. Tabiiy resurslar deganda, iqtisodchilar «уег» iborasini ham ishlatib, unga ham «ishlab chiqarish omili» deb qaraydilar. Yer tabiiy om il sifatida o'rganiladi. O 'zbekistonning yer fondi davlat chegaralariga qadar bo'lgan hamma yerlar hisoblanadi. Davlat yer fondi qishloq xo'jalik maqsadlarida foydalanish uchun jamoa xo'jaligi va boshqa xo'jaliklarga berib qo'yilgan qishloq xo'jalik yerlaridan, aholi yashaydigan punktlar (shaharlar, kichik shaharchalar va qishloq aholi joylarining yerlaridan), sanoat, transport, kurort, qo'riqxonalarning yerlaridan va boshqa har xil yerlardan (davlat o'rm on fondlari yerlaridan, davlat suv fondlari yerlaridan) iborat. O'zbekistonning umumiy yer fondi keyingi ma’lumotlar bo'yicha 44,75 min. gektar, shundan sal kam 32 min. gektari qishloq xo'jaligiga qarashli yerlar. Qishloq xo‘jaIigi ixtiyoridagi yerlardan 7,6 mln.ga o'tloqlar 21,5 m ln.gasi yaylovlar bo'lib, ular 83% tashkil etadi. Dem ak, salmoqli o'rin oladilar. Haydaladigan yerlar 4,5 m ln.ga1 bo'lib, 14%ni tashkil etadi. Yer fondi quyidagilardan tashkil topadi: — sug'oriladigan yerlar; — yaylovlar; — o'rmonzorlar; — yo'llar va ko'p yillik daraxtlar bilan band bo'lgan yerlar; — suv osti yerlari; — shaxsiy tomorqa xo'jalik yerlari; — boshqa yerlar. «Uzgiprozem» mutaxassislari respublikamizdagi qishloq xo'jaligi korxonalari va xo'jaliklaridagi yaroqli yerlarni baholash bo'yicha hozirgi vaqtda anchagina ish qildilar. Bunday ishlarni ular yerning turlari, ekiladigan ekin turlari uchun ajratilgan yerlar bo'yicha ham amalga oshirdilar (ball hisobida). O'zbekistonda 98 foizga yaqin qishloq xo'jaligi mahsulotlari sug'oriladigan erlardan olinm oqda. («0 ‘zbekiston iqtisodiyoti axborotnomasi». №7-8. 2004-y. 8-b.). Respublikamizda sug'oriladigan ekin maydonlarining qariyb 90%- ni paxta va don ekinlari tashkil etadi. Respublikamizda suvni muhofaza qilish va undan tejab, tergab foydalanishga katta e'tibor qaratilganligi natijasida 1-gektar yerga sarf qilinadigan suv miqdorini 1993-yildagi 13800 m3 o'rniga 2003-yilda 11500 m3 gacha kamaytirishga erishildi. Yer inson mehnati mahsuli emas. Ishlab chiqarish omilining bu guruhiga tabiat bergan boyliklar, yer osti qazilma boyliklari ham kiritiladi. Ular ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladi. O'zbekistonda yer resurslaridan foydalanish holati ham qoniqarli emas deb topildi. Ayniqsa, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan va boshqa viloyatlarda. Masalan: — yerni qonunsiz ravishda egallab olish; — sug'oriladigan ekinzorlarni qishloq xo'jalik oborotidan chiqib ketishi; — ko'plab dala maydonlarni turli xil sabablar bilan ekilmay qolishi; 1 Журнал «Экономика и класс собственников». №2, 2004. 47-bet. - yerdan belgilangan maqsadlarda foydalanilmaslik hollarining mavjudligi; - ko'p yerlarni zax, sho'r bosib botqoqlikka aylanib borishi; - yerdan foydalanishda qonunchilikka rioya qilmaslik holatlari, mo'ljaldagi ekinlar o'rniga boshqa xil ekinlar ekish; - statistik hisobotlarga yer miqdorini fermer xo'jaliklari tomonidan kamaytirib ko'rsatilishi. O'zbekistonning tabiiy xomashyo resurslari to'g'risida har bir kishi yetarli darajada ma’lumotga ega bo'lishi foydadan xoli emas. Hozirgi vaqtgacha O'zbekistonda 2,7 mingdan ziyod turli xil foydali qazilma konlari va ma’danlar bo'lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral xomashyo turlarini o'z ichiga oladi. Shundan 60 tadan ortig'i ishlab chiqarishga jalb etilgan; 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo'lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, O'zbekistonning umumiy mineral xomashyo potensiali — 3,3 trillion AQSH dollaridan ortiqroq baholanayotganini ham aytib o'tish kerak. G'oyat muhim strategik manbalar — neft va gaz kondesati, tabiiy gaz bo'yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo'yicha 40 dan ortiq, rangli nodir va radioaktiv m etallar bo'yicha 40 ta, konchilik-kimyo xomashyosi bo'yicha 15 ta kon qidirib topilgan. O'zbekiston bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo'yicha tasdiqlangan zaxiralar va istiqbolli rudalar jihatidan M DHdagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o'rinni egallaydi. Masalan, oltin zaxiralari bo'yicha dunyoda 4-o'rinda, mis zaxiralari bo'yicha 10- 11-o'rinda, uran zaxirasi bo'yicha 7-8-o'rinda turadi. Jahon banki axborotlariga qaraganda O'zbekistonning yoqilg'ienergetika potensiali 4,4 mlrd. tonna neft ekvivalentiga teng keladi (J. «Lkonomicheskoye obozreniye.» № 7. iyul, 2004.). O'zbekiston noyob yoqilg'i-energetika resurslariga ega. Qidirib topilgan gaz zaxiralari 2 trln. kub.m. ga yaqin, ko'mir 2 mlrd. t. dan ortiq. 160 dan ortiq neft koni mavjud va h.k. O'zbekistonning tabiiy, mineral xomashyo resurslari g'oyatda boy ekanligi va ularning xilma-xilligi respublikaning kelajakka ishonch bilan qarashiga imkon beradi.1 O'zbekiston oziq-ovqat sanoati uchun xomashyo yetkazib beruvchi, eng ko'p sug'oriladigan yerlarga ega bo'lgan yirik rayonlardan biri. Bu mamlakatda qulay tabiiy-iqlim sharoitlari, yer-suv va mehnat 1 Islom Karimov. 0 ‘zbekiston XXI asr bo'saqasida. «O'zbekiston», 1997-yil. 230-bet. resu-rslarining m avjudligi tufayli suvni ko‘p iste’mol qiladigan paxiachilik, sholi, meva-sabzavotlarni yetishtiruvchi xo‘jaliklarni rivojlantirish imkoniyatlari yaratilgan. Respublika va shuningdek, O lrta Osiyo mintaqalarini rivojlanishini cheklovchi omillardan biri — suv resurslaridir. O'zbekiston Respublikasi hududida sug'orishning asosiy manbalari Am udaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq, Ohongaron daryolari hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi miqyosida yiliga qo'yiladigan suvlar 10 kub. km., qo'shni hududlardan kelib qo'shiladigan suvlar esa 89 kub. km.ni tashkil etadi. O'zbekistonning iste’mol qiladigan suv miqdori yiliga 62-65 kub. km bo'lsa, shundan qishloq xo'jaligida 85% (53-55 kub. km.), sanoatda — 12% (6 kub. km.) va kommunal xo'jaligida 3% (1,7 kub. km.) ishlatiladi. Lekin xalq xo'jaligida sug'orish uchun ajratilgan suvdan foydalanish darajasi ancha past, 64%ni tashkil etadi. O 'zbekistonda qishloq xo'jaligi yerlarini sug'orish uchun suv resurslarining 90% sarflanadi, shunda ham suv yetishmaydi. Bunga sabab, sug'orish usullarining samarasizligi. O'simlikka suvning atigi 40% yetib boradi, qolgani sug'orish inshootlarida yo'qolib ketadi (40%), sug'orishda esa 20%. K apital — kishilar tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish resurslari (binolar, inshootlar, mashina va mexanizmlar, kompyuterlar va h.k.) va shunday ishlab chiqarish resurslarini yaratish uchun sarflangan pul mablag'laridir. H ozirgi davrda mehnat buyumlaridan xom ashyo, materiallar, yoqilg'i, energetika resurslari, ishlab chiqarish jarayonidagi ishlab chiqarilishi tugallanmagan mahsulotlar, ixtirolar, yangi mahsulotlar loyihalashtirish, ularni ishlab chiqarishga tayyorlash, o'zlashtirish xarajatlari, m oylovchi yog'lar kabi bir ishlab chiqarish davrida sarf etilgani uchun aylanma kapital nomini olgan va kapital tushunchasiga kirgan. «Mehnat» va «tadbirkorlik qobiliyati» birgalikda mehnat resurslarini tashkil etadi. M ehnat resurslari — kishilarning tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish borasidagi aqliy, jismoniy mehnat qobiliyatlari. Mehnat kishilarning ongli faoliyati bo'lib, u kamchiliklar, ne’matlarni taqchilligiga qarshi kurashish ularni mo'l-ko'lligini ta’minlashga harakat qiladi. Mehnat - bu mashaqqat bo'lib, jism oniy, aqliy psixologik va boshqa inshootlarni ishga tushishini talab etadi. Tadbirkorlik ishlab chiqarishning muhim omili sifatida birinchi bor XIX asrning mashhur ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall tomonidan iqtisodiy tahlil qilishda ajratilgan. Marshall nazariyasi bo'yicha tad- birkor-tashkilotchi, ya’ni m ehnat, kapital, yer kabi resurslarni birlashtirib, qovushtirib ishlab chiqarishni tavakkalchilik bilan o'z zimmasiga oladi, harakatlar qiladi. Tashabbus ko'rsatib ishlaydi, natijada foyda oladi. Demak, olimning fikricha, tadbirkor—tashkilotchi. «Tadbirkorlik» tushunchasi aslida iqtisodchi olim Y.Shumpeterning nomi bilan bog'liq bo'lib, tadbirkorlik nazariyasi bo'yicha u anchamuncha qiziqarli, chuqur ilmiy izlanishlar olib borgan. Iqtisodiyot uchun resurs sifatida aholining faqat soni emas, balki uning bilimi, ish tajribasi, mehnat mahorati ahamiyatli. Mehnat va tadbirkorlik qobiliyati ishlab chiqarishning shaxsiy insoniy omili hisoblanadi. Resurslar sarfi texnika-texnologiya darajasiga bog'liq. Bu daraja qanchalik yuqori bo'lsa, ehtiyojlarni qondirish shu qadar kam resurs talab qiladi yoki aksincha. 2003-yil 1-iyuldagi rasmiy ma’lumotlarga qaraganda O'zbekiston Respublikasi aholisi 25849,8 ming kishi bo'lib, shundan mehnat resurslari 50%ni yoki 12925 ming kishini tashkil etdi. Aholining tabiiy o'sishi 187,2 ming kishi, umumiy o'sishi esa 142,5 ming kishi bo'lgan. Qishloq aholisi 63,5 foizni tashkil etdi. Mehnat resurslarining ish bilan band bo'lganlari 9176,75 ming kishi yoki 71% ni tashkil etgan. Demak, mehnat resurslarining salkam 30 foizi ishsizlar guruhini tashkil etadi. Xuddi shuning uchun ham O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishni tezlashtirish yo'llaridan biri bo'lgan tadbirkorlikni rivojlantirishga katta o'rin berilmoqda. Kichik biznes va tadbirkorlik yangi ish joylarini yaratib, bozorni tovarlar va xizmat ishlari bilan to'ldiradi. Mehnat salohiyatining muhim xususiyati - uning yosh ekanligi va kasb tarkibidir. Demak, hozirgi vaqtda O'zbekiston yuksak darajada mehnat faolligiga ega bo'lgan, kasb tayyorgarligi bilan ajralib turgan mehnat resurslariga ega. Ishlab chiqarish omillarini guruhga ajratishda iqtisodchilar turlicha yondashadilar. Rivojlangan jamiyatlarning iqtisodiyot nazariyasi ishlab chiqarish omili sifatida axborot va ekologik omillarni ham ajratadilar. Haqiqatan ham ularni mustaqil omil sifatida ishlab chiqarish sam aradorligini oshirish, malakali ishchi xodim larini tayyorlash, inson kapitali qobiliyatlari, imkoniyatlari darajasini oshirishga ta’siri hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ular haqida maxsus, alohida izlanish kerak bo'ladi. Axborotlar — mashina, mehanizmlarda, menejment va marketing modellarida to'plangan, mujassamlashgan bilimlarni tartibga soladi. Hozirgi ishlab chiqarish sharoitida ekologik omil katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu omil iqtisodiy o'sishni yoki uning zarari, ifloslantirishi, zaharli gazlar bilan havoni buzishini cheklash im pulsi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Xulosa qilib aytganda, faqat barcha ishlab chiqarish omillarini ishlab chiqarish jarayoniga kiritgandagina ishlab chiqarishni tashkil etish mumkin. M a’lum xildagi buyumni ishlab chiqarish yoki xizmatlarni bajarish kerakli turdagi omillarni talab qiladi, lekin ulardan eng asosiylari — yer, mehnat, kapital. Ular o‘zaro bogMiq ravishda harakat qiladilar va bir-birlarini to‘ldiradilar. Ishlab chiqarish omillari va resurslarining mahsulot hajmiga ta’siri funksiyasini quyidagicha ifodalash mumkin: Q = f (L, К, M) Bunda: L - mehnat, К - kapital, M — materiallar, Q - ishlab chiqariladigan mahsulotning maksimal hajmi.

Download 74.28 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page