Kurs ishining vazifasi ma maqsadi: oldiga qo’yilgan vazifani yoritib berish uchun quydagi reja asos qilib olindi:
O’zlashma so’zlar, leksikologiya haqida ma’umot
Tilshunoslikda va tarjimashunoslikda “o‘zlashgan so‘zlar” tushunchasi
O’zbek va fransuz tillarida iboralarning qo’llanishi
Kurs ishining pridmeti:Mavzu yuzasidan o’rganilgan manbalar o’quv qo’llanmalar va maqolalar to’plami.
Kurs ishing obekti: Fransuz tili iboralarining o’zbek tiliga kirib kelishini o’rganish.
Kurs ishing tuzilishi: Berilgan mavzudan kelib chiqib Titul qismi , Reja, Kirish qismi, Asosiy qism, 3-ta savoldan iborat Xulosa va adabiyotlar ro’yxati,
19- sahifadan tashkil topgan.
Fransuz leksikologiyasida o’zlashma so’larning ahamiyati 1.O’zlashma so’zlar, leksikologiyasi haqida ma’umot Leksikologiya- tilshunoslikning lug’at sostavini tekshiradigan bo’limidir.
Tilda mavjud bo’lgan barcha so’zlarning yig’indisi – lug’at sostavi yoki leksika deyiladi.
Leksikologiya- leksikani ichki va tashqi jihatdan tekshiradi.
Leksikologiyani asosan 3 ta, ya’ni umumiy leksikologiya, qiyosiy leksikologiya va xususiy leksikologiyalarga ajratiladi.
Umumiy leksikologiya hamma tillar uchun umumiy bo’lgan leksik qonun-qoidalarni o’rganadi. Qiyosiy leksikologiya ikki yoki undan ortiq tillarning leksik qonun-qoidalarini bir-biriga taqqoslab o’rganadi.
Xususiy leksikologiya esa faqat ayrim bir tilga xos leksik qonun-qoidalarnigina o’rganadi.
Xususiy leksikologiyani o’z navbatida ikkiga, tarixiy leksikologiya va ta’sviriy leksikologiyaga bo’linadi.
Til qandaydir bir sinfning maxsuli emas, balki butun jamiyat mahsulidir.
Til butun jamiyat sinflari uchun aloqa qilish quroli bo’lib, xizmat qiladi va hech qanday sinfga qaram emas. Biroq sinflar boshqa ijtimoiy sinflardan farq qilish uchun tilning leksikasidan o’z extiyojlari uchun foydalanishga urinadilar, o’zlarining maxsus terminlarini hosil qiladilar, mavjud iboralar ishlatadilar, bunda ular mavjud so’zlarga boshqa ma’no beradilar.
Leksikalogiya- tilshunoslikning til lug'at tarkibi, ya'ni muayyan bir tilning leksikasini o’rganuvchi bo’limi. Leksikalogiya har bir so’zni yolg’iz holda emas, balki boshqa so’zlar bilan bog’liq holda o’rganadi. Fan va texnika, inson tafakkuri va siyosiy hayotning, xalqlar o’rtasidagi madaniy va savdo aloqalarining rivojlanishi boashqa tilardan ko’plab so’zlarni o’tkazishga imkoniyat tug’diradi. O’zlashtirma so’z yoki so’z elementi bu shubhasiz boshqa begona tildan o’zlashtirib olingan. Xalq boshqa bir xalq tilida paydo bo’lgan tushuncha va so’zni o’zlashtirib olish bilan birga, shu predmet va tushunchani ham qabul qilib oladi. Bu leksik o’zlashtirma deyiladi. Masalan: fransuz tili ingiliz tilidan quyidagi so’zlarni o’zlashtirib olgan: dock, sloop (dengizga oid), producer, sun- light (kinoga oid). Ayrim paytlarda fransuz tili boshqa tillardan yangi ma’noli so’zlarni o’zlashtirib oladi va an’anaviy so’zlarning eski ma’nosiga yangi ma’no qo’shadi. Masalan: jalousie so’zi o’zining ikkinchi “forscha” ma’nosini italiyan tilidagi gelosia so’zidan o’zlashtirilgan; convention va parlement so’zlari o’zining siyosiy ma’nosini ingiliz tilidan o’zlashtirgan.
Tillar hatto bir- birlaridan so’zlarning ma’nosini o’zlashtirib oladi. O’zlashtirishning bu turi kalka deb ataladi. Masalan; fransuz tilidagi bas- bleu so’zini ingliz tilidagi bleu- stocking so’zidan o’zlashtirilgan; chou- fleur so’zi italyan tilidagi cavolfiore so’zidan o’zlashtirilgan. Shubhasiz, bir xalq tilining boshqa tillardan so’z o’zlashtirishi boshqa xalqning ma’daniy, siyosiy va iqtisodiy tasiri natijasida yuzaga keladi. Shuning uchun ham italyan tilidan o’tgan ko’pgina so’zlar XVI va XVIII asrlarga to’g’ri keladi. Ingliz tilidan o’tgan so’zlar XVIII-XIX- asrlarga to’g’ri keladi. XX- asrda ko’pgina ruscha so’zlar fransuz tiliga kirib keldi.
IX- XV asrlarda ham fransuz tili lotin va hatto boshqa tillardan so’z o’zlashtirib olganini ko’rish mumkin.
So’zlarni boshqa tillardan o’zlashtirilishi bir tildan ikkinchi tilga to’g’ridan- to’g’ri o’tgan bo’lishi yoki ikkinchi til vositasida o’zlashtirilgan bo’lishi mumkin, masalan: fransuz tili hussar so’zini vengr tilidan nemis tili orqali; azur, caracane, orange so’zlarini fors tilidan arab tili vositasida; albatross, veranda so’zlarini Portugal tilidan ingliz tili orqali o’zlashtirib olgan, biroq clown, boxe, ticket so’zlarini ingliz tilidan bravo, acquarelle; pittoresque so’zlarini italyan tilidan to’g’ridan- to’g’ri o’zlashtirgan.
Fransuz tili juda qadimgi madaniyatga ega bo’lgan arab tilidan ham ko’gina so’zlarni o’zlashtirgan. XII asrdayoq arab tilidan o’tgan quyidagi so’zlarni: amirat, cotton, gazelle, hazard, jupe, matelas; XIII asrda – arsenal, alcool, almanach fransuz tili leksikasida uchratishimiz mumkin. Bu avvalo, Fransiya bilan Yaqin Sharq o’rtasidagi savdo aloqalari arab tilidan so’zlarni o’zlashtirishga keng imkoniyat tug’dirdi. Bu asosan aniq predmet va maxsulot nomi bo’lib, shu predmet yoki maxsulot bilan birga uning nomini o’zlashtirgan; sirop, cotton, elixir. Matematika va astronomiyaning taraqqiyoti lotin tili orqali fransuz tiliga bir necha so’zlarni olib kirdi; Masalan: algebra, chiffre, azimuth, zenith, gourbi. smola, toubib, coran, calif, emir, satin, abricot.
Dunyodagi barcha tillar boshqa tillardan so‘z olish, o‘zlashtirish, o‘zlashma qatlam hisobiga boyib borishi tabiiy hol. Tilning lug‘at boyligini boyishiga sabab bo‘ladigan o‘zlashmalar va ularning qanday kirib kelishi muammolari zamonaviy tilshunoslik va tarjimashunoslikda katta ahamiyatga ega.