Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti “Menejment” ta’lim yo’nalishi mn-319 guruh talabasi Davirova Diyora Xasanovnaning


Korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi vа uning elementlari



Download 351.19 Kb.
Page2/3
Date04.04.2023
Size351.19 Kb.
#61045
1   2   3
Ishlab chiqarish menejmenti mustaqil ish
Korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi vа uning elementlari


Korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi - bu korxonaning ishlab chiqarish bo’linmalari va ular o‘rtasidagi o'zaro ishlab chiqarish aloqalari shakllarining tarkibiy yigindisidir. Korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi korxona ishlab chiqarish bo’linmalari o‘rtasidagi mehnat taqsimotini, ya’ni ishlab chiqarishning korxona ichidagi ixtisoslashuvi va koopertsiyalashuvini belgilab beradi. Korxona uchun ishlab chiqarish tuzilmasi elementlarinmg bir necha bosqichlarming ajratib ko‘rsatilishi o'rinlidir:
Korxona uchun - sex, xo‘jaliklar;
• Sex uchun - uchastka, bo‘linmalar;
• Uchastka uchun - ishchi o‘rinlari.
Korxona ishlab chiqarish tuzilmasining asosiy elementi (asosiy tarkibiy boiinma) boiib sex hisoblanadi, korxonaning sexsiz ko‘rinishdagi tuzilmasida esa-ishlab chiqarish uchastkasi asosiy element sifatida ko‘riladi. Korxonada asosiy, yordamchi va xizmat ko'rsatuvchi ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun mos ravishda asosiy va yordamchi sexlar, ishlab chiqarish ahamiyatidagi xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar tashkil etiladi. Korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasiga faqatgina, ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan bo'linmalar kiritiladi. Ishlab chiqarish tuzilmasiga umumkorxona xo‘jaliklari va xodimlarga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xo'jaligi, tibbiyot - davolash va ta’lim muassasalari, ijtimoiy - madaniy va maishiy xizmat ko'rsadsh obyektlari) va shuningdek, korxonani boshqarish va qo‘riqlash xizmatlari kirmaydi. Sex - bu korxona ishlab chiqarish jarayonining ma’lum bir qismini bajaruvchi texnologik va tashkiliy jihatdan alohidalashgan ishlab chiqarish bo’linmasidir. Sexlar doirasida amalga oshiriluvchi qisman ishlab chiqarish jarayonlarining tayinlanishidan kelib chiqqan holda, asosiy va yordamchi sexlar farqlanadi; ishlab chiqarish ahamiyatidagi bir qator xizmat ko'rsatuvchi ishlab chiqarishlar tarkibida xizmat ko‘rsatuvchi sexlar (masalan, transport va energetika sexlari) tashkil etilishi mumkin. Asosiy ishlab chiqarish jarayonlarining bosqichlariga muvofiq ravishda, asosiy sexlar: tayyorlov, qayta ishlash va yig‘uv sexlari farqlanadi. Sex korxonaning mustaqil ma’muriy birligi sifatida asosiy ishlab chiqarishda uning ishchilari soni 75 - 100 kishidan kam bo‘lmagan holda tashkil etilsa, yordamchi ishlab chiqarishda esa uning ishchilari soni 65-70 kishini tashkil etadi. Hududiy jihatdan sex alohida binoda joylashishi yoki binoning bir qismini (binoning bir yoki undan ko‘proq qanoti, qavatlarini) egallashi ham mumkin. Ishlab chiqarish ahamiyatidagi umumkorxona xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklari odatda sexlardan hududiy jihatdan alohidalashgan bo‘lib, ularga ma’muriy jihatdan bo’ysunmaydi.
Korxona asosiy ishlab chiqarishi tarkibida tayyorlovchi (T), qayta ishlovchi (Q,) va yig‘uv (Y)sexlarining mayjudligiga bog‘liq ravishda quyidagi ishlab chiqarish tuzilmalari tipidan biriga mansub bo‘lgan korxonalar farqlanadi:
1. to‘liq texnologik siklli korxonalar (T + Qi+Y);
2. to’liqsiz texnologik siklli korxonalar:
2.1. mexanik yig‘uv sexlari mavjud korxonalar(Qi +Y);
2.2. yig‘uv sexli korxonalar (Y);
2.3. tayyorlov korxonalari (T);
2.4. qayta ishlovchi korxonalar (Q;);
2.5. detallar bo‘yicha ixtisoslashgan korxonalar (T+Q,).
Korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi turli tumandir va ko‘plab omillarga bog’liq, bu omillar tarkibida eng muhimlari quyidagilar hisoblanadi:
1) mahsulot va uni tayyorlash texnologiyasining tavsifi;
2) ishlab chiqarish koiami;
3) korxonaning ixtisoslashuvi, uning boshqa korxonalar bilan kooperatsiyalashuvi darajasi va shakli. Korxona profiliga to‘g‘ri kelmaydigan yoki ishlab chiqarish ko’lamining cheklanganligi sababli maqsadga muvofiq kelmaydigan ehtiyot qismlar va instrumentlarni ishlab chiqarish, butlovchi qismlami yetkazib berish va ularni tayyorlash borasida kooperatsion aloqalaning yo’lga qo‘yilishi korxona tarkibida tegishli mos sexlar, omborlar va boshqa bo’linmalaming mavjud bo‘lishini istisno etadi. Korxonaning ixtisoslashuvi va ishlab chiqarishining kooperatsiyalashuv darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi shunchalik cheklangan va ayni chog‘da ishlab chiqarish texnologiyasi bir turli va zavodning ishlab chiqarish tuzilmasi shunchalik sodda bo’ladi.

Download 351.19 Kb.

Share with your friends:
1   2   3




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page