Rivojlantiruvchi: O`quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida o`quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo`lib, guruhlar bilan ishlash , test savollari, boshqotirmalar orqali dars rivojlantiriladi. O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.
Kommunikativ kompetensiyasi:
jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni o‘zlashtirish hamda muloqotda foydalana olish;
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (televizor, radio telefon, kompyuter)dan foydalana olish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, kamolotga intilish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etsa va ishtirok etish;
Umummadaniy kompetensiyasi:
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
DTS talablari: Bolalarga Vatan tuyg`usi fani haqida ma`lumot berish.O`quvchilar dars davomida o`rganishi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma, va malakalar
Bilim: O`quvchilar Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug`, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,Hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo`lishi,Sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligini, Prezidentimizning kechagi tarixni unutmaslik haqida aytgan fikrlarini, Afg`on qizi nima uchun o`z orzusiga yetolmganligini, Yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun qanday qulay imkoniyatlar yaratilganligini, Dunyoda qanday gunoh kechirilmaydi va nima uchun ekanligini bilishi
Ko`nikma: O`quvchilar Vatan, mahalla , shahar haqida tushuncha hosil qilish
Malaka: O`quvchilar darslik matni bo`yicha mustaqil ishlashi, darslik va hujjatlar asosida ayrim hodislarga tavsif berish, ularni baholash va munosabat bildirish
Dars turi: Amaliy, og`zaki
Share with your friends: |