Suvsiz sulfat kislotasi 81,63 mass. % SO3 va 18,37 mass. % H2O dan iborat bodadi; 100% li H2SO4 - monogidrat 1 mol H2O bilan SO2ning birikishi natijasida hosil bodadi. 100% sulfat kislotada SO3 erishi orqali oleum hosil bodadi; uning formulasi H2SO4- SO3.
Sulfat kislotasi deb SO3 bilan H2O ning aralashmasiga aytiladi. Agarda bu aralashma ichidagi SO3 molekulalari sonining suv molekulalari soniga nisbati birga teng bodsa, sulfat kislotasining monogidrati yoki konsentratsiyasi 100% ga teng bodgan sulfat kislota eritmasi olinadi. Agarda bu nisbat birdan kichik bodsa, u vaqtda sulfat kislotasining suvdagi eritmasi olinadi. Mabodo birdan katta bodsa, u vaqtda konsentratsiyasi 100% dan ortiq bodgan H2S04 *SO3 yoki oleum olinadi.
Sulfat kislotasining kristallanish temperaturasi uning konsentratsiyasiga bogdiq ekanligini nazarda tutib H2S04 saqlashda va tashishda kristallanishga yod qo‘ymaslik uchun mahsulot sulfat kislota konsentratsiyasiga uning kristallanishi minimal temperaturasiga bogdiqligiga qarab normalar belgilangan (1 -rasm).
1-rasm . Sulfat kislotasining kristallanish diagrammasi.
Mahsulot-texnik sulfat kislotasi standart navlarining konsentratsiyasi va ularning temperaturalari quyida keltirilgan:
Mahsulot-texnik sulfat kislotasi standart navlarining konsentratsiyasi va ularning temperaturalari quyida keltirilgan:
Sulfat kislotasi ning sifatiga qo‘ydadisan asosiy talablar 1-jadvalda keltirilgan. Akkummulyatorlarda ishlatadiladigan kislota kontakt usulida olinadi- Unda 92-94% H2SO4 bor. Uning sifati GOST 667 73 ga mos kelishi kerak. Reaktiv kislota kimyoviy toza (k.t.), tahlil uchun toza (t.u.t.) va toza (t) ko‘rinishda ishlab chiqariladi va ular 92-94 mass. % H2SO4 ega boladi.