«Integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan bank tizimi» (IABS) dasturiy majmui - bu eng yangi axborot texnologiyalariga asoslangan bank faoliyatini kompleks avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan mahsulot. IABS bank filiallari soni va ma'lumotlar bazasining kattaligidan qat'iy nazar, yagona axborotni qayta ishlash markaziga ega tizim sifatida ishlab chiqilgan. Bunday tizim minimal xarajatlar va inson resurslari bilan yuqori ishonchlilik va xavfsizlikni ta'minlaydi.
"ASBT-Bank" – bu: quyidagi hususiyatlari bilan ajralib turadi.
Bankning yagona axborot maydoni, aksiyadorlar va investorlar uchun bank faoliyatining boshqarilishi va shaffofligini ta’minlash maqsadida moliyaviy axborotdan foydalanishni standartlashtirish;
Bankning barcha bo‘linmalarida, joylashgan joyi geografiyasidan qat’i nazar, mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yagona standarti;
Bank operatsiyalarini bankning hisob siyosati va texnologiyasiga, bank qonunchiligiga qat'iy rioya qilgan holda amalga oshirish.
Uzluksiz rivojlanish va moslashuvchan salohiyatni oshirishga mo'ljallangan avtomatlashgan bank tizimidir.
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarining turlari:
Bank-Mijoz – bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo‘lib, bunda mijozning kompyuteriga maxsus dastur o‘rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda barcha mijoz ma’lumotlarni saqlaydi (asosan to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o‘rtasida modem orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa amalga oshiriladi.
Internet-banking – bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan bank kartalariga ochilgan hisobvaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan bank bilan bog‘langan holda aniq vaqt davomida to‘lovlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizimdir. Foydalanuvchi tizimga veb-brauzer orqali kiradi. Internet-banking tizimi bankning veb-serverida joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o‘z ma’lumotlari (to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar)ni ko‘rish imkoniyatiga ega.