3. Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish. Masalan, qalam, pero, chizg’ich, o’chirg’ich, stul ko’rsatiladi, o’quvchilar o’quv qurollarini ajratadilar, stul o’quv quroliga kirmasligini, mebelь ekanini aytadilar.
Bunday mashq o’yin tariqasida o’tkazilishi ham mumkin: ma’lum so’zlar berilib, ortiqchasini topish va nima uchun ortiqcha ekanini tushuntirish talab etiladi: qaldirg’och, chumchuq, mushuk, musicha.
4. Predmet nomlari va belgi bildirgan so’zlarni guruhlarga ajratish. Bunda so’zlar choynak, tesha, bolta, piyola, arra, tarelka kabi aralash beriladi. O’quvchilar guruhlab, idishlar nomi: choynak, piyola, ... ; ish qurollari nomi: tesha, bolta, ... kabi yozadilar. Narsa belgisini bildirgan so’zlar ham aralash beriladi, bolalar to’rt guruhga (rang, maza, shakl, xususiyat) ajratadilar.
5. Qarama-qarshi qo’yish bilan umumlashtirish: qaldirg’och, chumchuq, bulbul − qushlar, tovuq, xo’roz, kurkalar-chi? (Parrandalar.)
Mantiqiy mashqlar sermazmun bo’lishi, o’quvchilarning tajribasi bilan bog’lanishi, ularni to’g’ri fikrlashga o’rgatishi, bilimlariga aniqlik kiritishi va tartibga solishga xizmat qilishi lozim. Bunday mashqlardan o’rni bilan boshqa darslarda ham, o’qish va grammatika darslarida ham foydalaniladi.
129. O`quvchilar yo`l qo`yadigan nutqiy xatolarning asosiy turlari.
Tayanch so’z va iboralar: Xato turlari, xatolar ustida ishlash, noto’g’ri (noo’rin) tanlangan so’zlar, noto’g’ri tuzilgan gaplar, morfologik shakllarni noto’g’ri ishlatish.
Boshlang’ich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, chunki ularni to’g’rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy ma’lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam ish olib borish uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o’rganish, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to’g’rilash va oldini olish uchun zamin hozirlaydi.
Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi: lug’aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy, sintaktik-uslubiy.
Boshlang’ich sinflarda lug’aviy-uslubiy xatolar ko’proq uchraydi. Bunday xatolarga quyidagilar kiradi:
Share with your friends: |