4-masala. Itlarda yungining uzun bo'lishi, tanasi qora rangda bo'lishi va quloqlarining osilganligi yungining kalta bo'lishi, tanasi jigarrangda bo'lishi va quloqlarining tikka bo'lishiga nisbatan ustunlik qiladi. Barcha belgisi bo'yicha geterozigota it, hamma belgilari bo'yicha gomozigota retsessiv it bilan chatishtirilgan bo'lsa, olinadigan avloddagi itlarning necha foizining tanasi qora rangda bo'ladi?
2. Noallel genlarning komplementar, epistaz, polimer tasiri.
Jins irsiy axborotning avlodlarga berilishi va nasl qoldirishni ta'minlaydigan hamda erkak va urg'ochi organizmlarni farqlash imkonini beradigan belgi va tuzilmalar majmuyidir. Tirik organizmlarda ikki xil jins: urg'ochi va erkak jins farq qilinadi. Organik olam evolutsiyasining ma'lum bosqichida yer yuzida ayrim jinsli organizmlar paydo bo'lgan. Hayvonlarda jinsning belgilari morfologik, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari, murakkab xatti- harakatlari orqali namoyon bo'ladi. Jinsiy belgilar birlamchi va ikkilamchi bo'ladi. Birlamchi jinsiy belgilarni jinsiy organlar sistemasi ifoda etadi, ular gametalar hosil bo'lishi va urug'lanishni ta'minlaydi. Ikkilamchi jinsiy belgilar gormonlar ta'sirida voyaga yetgan davrda rivojlanadi va hayot davomida saqlanadi. Masalan, qushlar va sutemizuvchi hayvonlarning erkagi gavdasining yirikligi, chiroyli bo'lishi, odamlarda esa erkaklarda soqol-mo'ylovning bo'lishi, ovozning yo'g'on bo'lishi. Erkak va urg'ochi organizmlarning tashqi ko'rinishidagi farq jinsiy dimorfizm deyiladi. Jinsiy dimorfizm ko'pgina hayvonlarda, odamda yaqqol ko'zga tashlanadi. Odam, hayvon va o'simliklarda jinslarning nisbati bir xil 1:1 bo'ladi. Jins ko'pincha urug'lanish jarayonida ma'lum bo'ladi. Jinsni aniqlashda kariotip asosiy rol o'ynaydi. Har bir organizmning kariotipi har ikkala jinsda bir xil bo'lgan xromosomalar - autosomalar, erkak va urg'ochi jinslarni bir-biridan farq qilishini ta'minlaydigan xromosomalar - jinsiy xromosomalardan iborat. Masalan, drozofila pashsha- sining kariotipi 6 ta autosoma va ikkita jinsiy xromasomadan iborat.
Kariotipi bir xil jinsiy xromosomalarga ega, bir xil gametalar hosil qiladigan jins gomogametali jins deyiladi. Kariotipi har xil jinsiy xromosomalarga ega, har xil gametalar hosil qiladigan jins geterogametali jins deyiladi. Odam, sutemizuvchilar, ayrim hasharotlarning urg'ochilari gomogametali, erkaklari geterogametali bo'ladi. Qushlar, sudralib yuruvchilar va ayrim hasharotlarda esa aksincha, erkaklari gomogametali, urg'ochisi geterogametali bo'ladi.
Meyoz jarayonida geterogametali individlar bir xil miqdorda X va Y xromosomali gametalar hosil qiladi. Shu sababli, jinsiy ko'payishdan keyin hosil bo'lgan erkak va urg'ochi individlar soni teng bo'ladi. Masalan, erkaklari geterogametali bo'lgan organizmlar (drozofila)da jinsning irsiylanishi 48-rasmda berilgan.
Ba'zi organizmlarda geterogametalilik bir jinsiy xromosomani yo'qolishi bilan aloqador. Shunga ko'ra gomogametali organizm XX, geterogametali organizm XO bo'ladi. Qandalalar va ninachilarning urg'ochi organizmda XX, erkagida XO, kuyakapalagida esa aksincha urg'ochilarida XO, erkaklarida XX jinsiy xromosomalar mavjud. Shunga ko'ra qandala erkagida13 ta xromosoma, urg'ochisida 14 ta xromosoma bo'ladi. Undan 12 tasi autosoma xromosomalari hisoblanadi.Erkaklari gomogametali bo'lgan organizmlar (qushlar)da jinsning irsiylanishi 49-rasmda berilgan.
Jinsni aniqlashni progam, epigam, singam tiplari mavjud. Jinsni aniqlash- ning progam tipida jins urug'languncha ma'lum bo'ladi. Masalan, kolovratkalarda sitoplazmaga boy tuxum hujayradan urg'ochi, sitoplazmasi kam tuxum hujayradan erkak organizm rivojlanadi.Jinsni aniqlashning epigam tipida jins tashqi muhitga bog'liq bo'ladi. Masalan, ayrim halqali huvalchanglarning ota- langan tuxum hujayrasi mustaqil hayot kechirsa urg'ochi, parazitlik qilib hayot kechirsa erkak organizm rivojlanadi. Jinsni aniqlashning singam tipi keng tarqalgan bo'lib, jins urug'lanish vaqtida ma'lum bo'ladi.Genlar faqat autosomada emas, balki jinsiy xromosomalarda ham joylashgan. Autosomadagi genlar faoliyati erkak va urg'ochi organizmlarda bir xil namoyon bo'ladi. Jinsiy xromosomalarda joylashgan genlar jins bilan bog'liq holda nasldan naslga o'tadi. Bu hodisa amerikalik T. Morgan va uning shogirdlari tomonidan drozofilada o'rganilgan. Morgan drozofilaning ko'z rangini irsiylanishini o'rgandi. Ko'zning qizil rangi dominant, oq rangi esa retsessiv ekanligi ma'lum bo'ldi. Chatishtirish uchun olingan urg'ochi qizil ko'zli gomozigota drozofila genotipi XW+XW+, oq ko'zli erkakniki XWY bo'ladi. Ularni o'zaro chatishtirish natijasida Fx dagi urg'ochi va erkak drozofilalarning ko'zi qizil bo'ladi. F2 dagi urg'ochi drozofilalarning hammasi qizil ko'zli, lekin ularning У2 qismi gomozigota, У2 qismi geterozigota holatda, erkaklarining У2 qismi qizil ko'zli, У2 qismi oq ko'zli bo'ladi.
Agar chatishtirish uchun oq ko'zli urg'ochi pashshalar bilan qizil ko'zli erkak pashshalar olinsa (resiprok chatishtirish), Fx da hosil bo'lgan erkak drozofilalar oq ko'zli, urg'ochi drozofilalar qizil ko'zli bo'ladi. F2 dagi urg'ochi drozofilalarning У2 qismi qizil ko'zli, У2 qismi oq ko'zli bo'ladi, erkaklarining У2 qismi qizil ko'zli, У2 qismi oq ko'zli bo'ladi.Urg'ochi organizm gomogameta, erkak geterogameta bo'lgan taqdirda, jins bilan bog'liq belgilar boshqa organizmlarda ham shunday usulda avloddan avlodga beriladi. Gemofiliya, daltonizm, muskul distrofiyasi X xromosomaga bog'liq holda irsiylanadi.
Urg'ochisi geterogameta bo'lgan organizmlarda jins bilan birikkan belgilarning irsiylanishi boshqacharoq kechadi. Masalan, tovuq va xo'rozlarning pati chipor bo'lishi dominant, qora rangda bo'lishi retsessiv genlarga bog'liq. Ular X xromosomada joylashgan. Agar qora patli (b) tovuq bilan chipor (B) patli xo'roz chatishtirilsa F1 avloddagi tovuq va xo'rozlarning pati chipor rangda bo'ladi. F1 dagi xo'roz va tovuqlar o'zaro chatishtirilsa, F2 avlodning barcha xo'rozlari chipor, tovuqlarining Уqismi chipor, Уqismi qora patli bo'ladi.Retsiprok chatishtirishda, ya'ni chipor tovuq bilan qora xo'roz chatishishidan olingan F1 parrandalarning tovuqlari qora, xo'rozlari chipor rangda bo'ladi. Ularning ikkinchi avlodida tovuq va xo'rozlarning Уqismi chipor, Уqismining pati qora rangda bo'ladi.
Organizmlardagi ayrim belgilar Y xromosomada joylashgan genlar orqali irsiylanadi.
Organizmlardagi belgilar G. Mendel qonunida ko'rsatilganidek faqat bitta gen ta'sirida emas, balki bir necha juft noallel genlarning o'zaro ta'sirida ham irsiylanadi. Noallel genlar xromosomalarning har xil lokuslarida joylashgan va har xil oqsillar sintezini ta'minlovchi genlardir.
Noallel genlarning o'zaro ta'siriga: epistaz, komplementarlik, polimeriya misol bo'ladi.