Tovush almashishi (o‘zgarishi)- bunda asosga qo‘shimcha qo‘shilganda bir tovush boshqa tovushga almashadi:bo‘ya, tara, sana, sayla, tanla kabi so‘zlariga –q yoki –v qo‘shimchalari qo‘shilsa, asosdagi -a tovushi -o tovushiga almashadi: bo‘yoq, sanoq, taroq, saylov, tanlov.
yosh, son, ot kabi so‘zlarga –a qo‘shimchasi qo‘shilsa: son+a = sana, ot+a = ata;-ga, -gani, -guncha kabi –g tovushi bilan boshlanuvchi qo‘shimchalar oxiri –k, q tovushlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilsa, asos yoki qo‘shimcha tarkibida tovush almashadi: tekkuncha, terakka,chiqqani, buloqqa, oqquncha.
Oxiri –k,-q tovushlari bilan tugaydigan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda asos tarkibidagi jarangsiz tovush jarangli tovushga almashadi: buloq+i-bulog`i, yurak+i-yuragi, tilak+i-tilagi, bilak+i-bilagi. Lekin idrok, huquq, mashq, park, kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa. tovush almashishi yuz bermaydi: idroki, mashqi, huquqi, parki kabi.
2. Morfologik yozuv - so‘z asosi va qo‘shimchalarini aynan yozish demakdir. Bunga ko‘ra so‘z va uning qismlari talaffuzidan qat’i nazar asliga ko‘ra yoziladi, ya’ni asosga qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘z tarkibida tovush o‘zgarishi kuzatilmaydi. So‘z va qo‘shimcha aslan qanday bo‘lsa, shunday yoziladi. Masalan:fe’lning zamon va shaxs qo‘shimchasi qanday eshitilishi va talaffuz qilinishidan qat’i nazar, doim –di shaklida yoziladi: ket+di = ketdi,borib+di = boribdi;-dan, -da qo‘shimchalari talaffuzidan qat’i nazar doim o‘zgarishsiz yoziladi: ish+da = ishda, baland+dan = balandda kabi.
-iston (so‘z yasovchi), -inchi(tartib son), --ib(ravishdosh), -in, -il (fe’l nisbatlari) qo‘shimchalari asos qismida –u tovushi bo‘lgan so‘zlarga qo‘shilganda u tovushiga moyil aytilsa ham asliga ko‘ra yoziladi: kul+ib = kulib, tug`+il = tug`ildi, uch+inchi = uchinchi, ur+ish = urish, gul+iston = guliston;qo‘shma va juft so‘zlar ham morfologik yozuv qoidasi bo‘yicha yoziladi: qip-qizil, har vaqt, baxt-saodat, atirgul kabi.
3. Shakliy yozuv bu tamoyilga ko‘ra boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar o‘sha tildagi shaklini saqlagan holda yoziladi: tramvay, institut, teatr, drama, kongress.O‘zbekcha so‘zlarning boshida va oxirida ikki undosh yonma-yon kelmaydi, ular orasida qisqa i unlisi yoziladi: qizil, bilan, sir, shimol. Ammo o‘zlashgan so‘zlar tarkibida ikki undosh yonma-yon keladi va shakliy yozuv qoidasiga muvofiq yoziladi: stol, klub, prokuror, fikr, zikr.
Yangi o‘zbek yozuvining imlo qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Imlo qoidalari 7 bo‘limdan iborat:
Harflar imlosi. U ikki qismdan iborat: unlilar imlosi va undoshlar imlosi.
Asos va qo‘shimchalar imlosi.
Qo‘shib yozish.
Chiziqcha bilan yozish.
Ajratib yozish.
Bosh harflar imlosi.
Ko‘chirish qoidalari.