Transfert bahoni shakllantirish


Baholar bo’yicha qarorlar qabul qilishga ta’sir qiluvchi omillar



Download 471.47 Kb.
Page5/5
Date09.05.2024
Size471.47 Kb.
#64208
1   2   3   4   5
1662579
test-bank-answers-1, Livestock-CDE-Test-Bank-Answer-Key, moqqish, HAMDAMOV SUNNATJON IQTISODIYOT MUSTAQIL ISH boshqaruv

3. Baholar bo’yicha qarorlar qabul qilishga ta’sir qiluvchi omillar



4. Transfert bahoni belgilash usullari


Har qanday xo’jalik yurituvchi subyektda, ya’ni uning mulk shakli hamda faoliyat turidan (ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish yoki ish bajarishdan) qat’iy nazar, asosiy maqsad foyda olish bo’lar ekan, bu esa ana shu xo’jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qanday baho belgilanishiga bevosita bog’liqdir. Bir qarashda bu yerda hamma masala oddiydek ko’ringani bilan, xuddi mana shu bahoni belgilash juda jiddiy yondashuv va ma’lum miqdordagi maxsus iqtisodiy bilimlardan xabardor bo’lishni va ularni amaliyotga bog’lay olishni talab qiladi. Nima uchun shunday ekanligini quyida, ushbu savol doirasida ko’rib chiqamiz.
Rivojlangan demokratik mamlakatlar amaliyotida xuddi mana shu sohada amaliyotda katta samara bilan qo’llanilib kelinayotgan va umum e’tirof etilgan 4 ta usul mavjud. Ularning mohiyatini har tomonlama o’rganish, iqtisodimizning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan xo’jalik yurituvchi subyektlarda ulardan samarali foydalanish mumkin degan xulosaga kelishga asos bo’ladi. Shu maqsadda ularning har birining iqtisodiy mohiyati va amaliyotda ishlash mexanizmini atroflicha tushunib olish maqsadga muvofiqdir.

Yuqorida qayd qilingan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga baho belgilashning 4 ta usulidan dastlabkisi – baholar belgilashning o’zgaruvchan xarajatlar usulidir. Bu usul xo’jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobini tashkil qilishning eng muhim boshlang’ich omillaridan biri bo’lib, xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari o’zining kundalik amaliy faoliyatida juda tez-tez duch kelib turadigan usuldir. Bu usul rahbarga xaridorlar tomonidan taklif qilinayotgan baho hattoki uning tannarxidan past bo’lganda ham uni qayta hisoblab chiqib (xarajatlarning shartli doimiy va shartli o’zgaruvchan qismlarini tahlil qilish asosida), keyin xulosa qilishga o’rgatadi. Bu usulning amaliyotda ishlashi uchun ba’zi shart-sharoitlar bo’lishi talab qilinadi (chizmaga qarang).

Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga baho belgilashning keyingi usuli bu – yalpi foyda usulidir.
Bu usul xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarining strategik qarorlar qabul qilishiga asos yaratadi. Olinishi mo’ljallanayotgan foyda miqdori uning amalga oshirmoqchi bo’layotgan rejalari uchun moddiy asos yarata oladimi – yo’qmi, yetarli bo’lmasa, qancha yetishmaydi, u miqdorni qaysi manbalar hisobidan topish mumkin, degan muhim savollarga operativ tarzda ma’lumotlar olishga imkon yaratadi. Bular esa o’z navbatida biznesning boshlanish davridayoq xo’jalik yurituvchi subyektni tashkil qilish va boshqarish, rivojlantirish strategiyasini to’g’ri belgilash kafolatini ta’minlaydi. Yalpi foyda usuli xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarlariga makro va mikro darajada shu muhim ko’rsatkich bo’yicha tahliliy ishlarni amalga oshirish, foyda miqdorining o’rtacha tarmoq, hududiy va butun mamlakat bo’yicha taqqoslanishi, vujudga kelishi mumkin bo’lgan chetlanishlarni ko’rish hamda chetlanishlar sababini aniqlash, shuningdek, shu boradagi mavjud rezervlarni ishga solish variantlarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga baho belgilashning sotish rentabelligi usuli har bir tadbirkor uchun raqobat kurashida o’zini tuta olish, maksimal foyda ko’rish imkoniyatlarini doimo ishga solish va faoliyat turi bo’yicha boshqalarga nisbatan yuqori natijalarga ega bo’lish imkonini yaratadi. Misol:
Ishlab chiqarish imkoniyati deyarlik cheklanmagan va nisbatan bir xil sharoitda bo’lgan ikki ishlab chiqaruvchi bir xildagi piyolalarni bozorga turli xil narxlarda taklif qilayapdi. Faraz qilaylik, birinchi ishlab chiqaruvchida bir dona piyolaning ishlab chiqarish tannarxi 200 so’mni tashkil qilgan holda uni sotish bahosini 300 so’mga belgiladi va bir soatda bir dona piyola sotdi.
Ikkinchi ishlab chiqaruvchi esa 200 so’m ishlab chiqarish tannarxi bo’lgan piyolaning sotish bahosini 270 so’mdan belgilab, bir soat davomida 3 dona piyola sotdi. Ko’rinib turibdiki, ikkinchi ishlab chiqaruvchi sotish bahosini past belgilagani bilan, bozorni yaxshi o’rganganligi, xaridorlarni baho orqali jalb qilish omillari hisobiga o’rtacha bir soatda birinchi ishlab chiqaruvchiga nisbatan 2 baravardan ortiq foyda olishga muvaffaq bo’lgan.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga baho belgilashning yana bir usuli – aktivlar rentabelligi usulidir.
Bu usulning o’ziga xos xususiyati shundaki – u xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariga baholarni belgilashda asosiy vositalar va aylanma kapital aylanishi, yangilanish darajasi, yangilanish vaqti va miqdori bo’yicha aniq ma’lumotlar beradi. Xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari va menejerlariga investitsiya muhiti, asosiy kapital yangilanishini inobatga olgan holda baholarni belgilash imkoniyatini yaratadi. Buning uchun rahbar yoki baholarni belgilash bo’yicha mas’ul xodimlar, albatta, kapital elementlari bo’yicha amortizatsiya hisoblash usullari, ulardan foydalanish, hisob siyosati kabi qator muhim iqtisodiy ko’rsatkichlar mohiyatini yaxshi bilishlari talab etiladi.
Respublikamizda bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida sotiladigan mahsulot (ish va xizmatlar)larga ilmiy asoslangan baho siyosatini ishlab chiqish boshqamv hisobining asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Amaliyotda har bir korxona o‘z mahsulotini ishlab chiqara boshlashidan awal qancha foyda olishi mumkinligini rejalashtiradi. Korxona foydasi m ahsulot bahosi va uni ishlab chiqarishga sarflanadigan haqiqiy xarajatlarga bevosita bogliq bo'ladi. Ushbu holatda mahsulot bahosi ishlab chiqaruvchi yoki xaridor xohishi bo‘yicha baland yoki past bohishi mumkin emas, u talab va taklif asosida tartibga solib borilishi lozim. Inflatsiya jarayonida, ya’ni baholarning o‘sishi sodir bo'layotgan paytda pulning foydaliligi pasayib boradi. Shu sababli, bunday sharoitda barcha hisob-kitoblar qiyosiy yoki bazis davr baholarida amalga oshirilishi zarur, aks holda, noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida oqilona moliyaviy boshqamv qarorlarini qabul qilib bohmaydi. Shu nuqtayi nazardan qiyosiy baholardan foydalanish moliyaviy menejmentdagi barcha hisob-kitoblarga tegishli talab hisoblanadi. Bunda bir o‘lchamning o‘zgarishi ikkinchi o'lchamning o‘zgarishiga qanday ta’sir etishi tahlil qilinadi. Ishlab chiqarishning hajmi va baholar darajasi turlicha bolgan holatda foyda summasini solishtirishning bir nechta varianti mavjud. M ahsulotning qo‘shim cha birligini ishlab chiqarish umumiy tushum ning m a’lum bir birlikda oshishiga olib keladi va u cheklangan tushum deyiladi. Bunda o ‘z navbatida xarajatlar miqdorining ham bir birlik miqdorida oshishi kuzatiladi va u cheklangan xarajatlar deb ataladi. Maksimal foyda cheklangan tushum bilan cheklangan xarajatlar bir-biriga teng bo‘lgan yoki ular bir-biriga maksimal darajada yaqinlashgan holda yuzaga keladi. 210 Foydalilikning cheklanganligi nazariyasiga muvofiq, ishlab chiqarishning o ‘sishi tufayli cheklangan tushum cheklangan xarajatlarga nisbatan tezroq sur’atlarda о' sib borgunga qadar foyda hajmi o'sib boraveradi, biroq, cheklangan xarajatlar cheklangan tushum dan oshib ketgan paytda m ahsulot ishlab chiqarishni qisqartirish zarur. Shunday qilib, cheklangan xarajatlarning cheklangan tushumga yaqinligi (maksimal) eng yuqori darajada ta ’minlanganda yoki unga tenglashtirilganda mahsulot ishlab chiqarishning hajmi va bahosi ishlab chiqaruvchini eng yuqori (maksimal) foyda bilan ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada bahoni shakllantirish va boshqarish bo'yicha tezkor qarorlar qabul qilish zaruriyati tug'iladi. Buning uchun boshqaruv tizimida bahoni shakllantirish bo'yicha funksional bloklarning o'zaro aloqasini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. . Tashqi muhitda quyidagi makrodarajadagi o‘zgarishlar korxona faoliyatida bahoni shakllantirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi: 1. Iqtisodiyotdagi o‘sish va pasayish (har qanday mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj aholining real daromadlari, investitsiya faolligi, davlat xarajatlari, kredit olish va uni qaytarish imkoniyatlari, baholarning o‘zgarishiga bog'liq). Shu sababli tashqi muhitni tahlil qilish korxonani baholash uchun boshlanghch nuqta va qadam bo'lib hisoblanadi. 2. Tabiiy resurslarga yaqinlik va ularning zaxirasiga ega bo ‘lish nafaqat m ahsulot ishlab chiqaruvchi, balki qayta ishlovchi korxonalarni ham strategik rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. 3. Siyosat va huquq. Korxonaning faoliyat yuritishida davlatning iqtisodiy barqarorligi, turli xil mulk egalarining huquqiy jihatdan muhofaza qilinganligi, soliq qonunchiligining o ‘zgarib turishi, bojxona huquqi kabi omillar ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. 4. Demografiya. Korxona joylashgan hududdagi aholining soni va tarkibi uning faoliyatiga katta ta’sir. ко‘rsatadi. Agar hududda tug'ilish darajasi yuqori bo‘lsa, bolalarbop mahsulotlar assortimentiga talab katta bo'ladi yoki katta yoshdagi aholining hissasiga qarab ularning talabidagi mahsulotlar ishlab chiqarish zarur bo‘lsa, korxona shunga qarab m o‘ljal olishi zarur. 5. Ijtimoiy-madaniy muhit. Jamiyatning iqtisodiy farovonligi oshib borishi bilan unda iqtisodiy xavfsizlikni ta ’minlashga, aholining kam ta’minlangan va ishsiz qatlamlarini himoya qilishga imkoniyat oshib boradi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda korxonalarda baholarni shakllantirish bo‘yieha qarorlar qabul qilishga ta’sir etuvchi omillar tashqi va ichkiga bo‘linadi. Tashqi omillar quyidagilar bilan ifodalanadi: — korxona ishlab chiqarayotgan tovarga bozordagi. umumiy talab; — bozorga shu xilda boshqa firmalar tomonidan chiqarilgan tovarlar hajmi; — ushbu tovarlarning sifati va bahosi; 212 — xaridorlarning mahsulot bahosi past bo‘lishiga yoki.tovar sifati yuqori bo‘lishiga qiziqishi. Bahoning shakllanishiga ta’sir etuvchi ichki omillarga quyidagilar kiritiladi: — mahsulotni ishlab cliiqarish tannarxi; — uzoq muddatli kapital qo'yilmalarni qoplash imkoniyati; — mehnat va materiallar sifati; — ishlab chiqarish xarajatlari darajasi; — cheklangan resurslardan foydalanish darajasi. Transfert baholar mexanizmini ishlab chiqish korxona baho siyosatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Transfert baho korxona ichida bir javobgarlik markazidan boshqa javobgarlik markaziga o'tkaziladigan mahsulot (materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar) yoki xizmatlar bahosini aniqlash uchun foydalaniladigan bahodir. 1-misol. «Shahrixonsut H Jning faoliyatini izohlaydigan quyidagi m a’lumotlar keltirilgan. Sotishdan olinadigan tushum, so‘m 358357 0 :zgaruvchan xarajatlar, so‘m 288916 Marjinal daromad, so'm 69441 Doimiy xarajatlar, so‘m 45568 Operatsion foyda, so‘m 23873 Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, dona 205 Birinchi navbatda, ostonaviy tushumni belgilab olish uchun quyidagicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi: 1. Maijinal daromad hajmini topamiz: 358357-288916 = 69441. 3. Marjinal daromad koeffitsientini chiqarib tashlaymiz: 69441:358357 = 0,19. 4. Ostonaviy tushum (zararsizlik nuqtasijni aniqlaymiz: 45568:0,19 = 239831,6. Ostonaviy tushum ni hisoblab topgach, uning yordam ida mahsulotni zararsiz sotish bahosi aniqlanadi: 239831,6:205 dona = 1169,9. Dernak, mahsulotning bir birligini sotish bahosi 358357: 205 dona = 1748,08 so‘m bo'lsa, bir birlikka to‘g‘ri keladigan foyda summasi 578,18 so'mni tashkil etadi. 219 Baho ishlab chiqarish bilan bog'iiq barcha xarajatlami qoplashi va korxonaga foyda keltira boshlashiga imkon berish uchun uni sotiladigan mahsulotga qanday belgilash lozim? Bu savolga javob berish uchun quyidagi misoldan foydalanamiz. 2-misol. Korxona 5000 dona mahsulot sotishni rejalashtirgan, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflangan o‘zgaruvchan xarajatlar 1600 so‘mni tashkil etadi. Doimiy xarajatlar — 2000000 so‘m. Korxona 3000000 so‘m miqdorida foyda olishni moljallagan. Mahsulotni qanday bahoda sotish kerak? 1. Dastlab, marjinal daromad hajmini aniqlaymiz. Buning uchun doimiy xarajatlarga foydaning rejalashtirilgan hajmini qo‘shamiz: 2000000 so‘m+3000000 so‘m = 5000000 so‘m. 2. Bir birlik mahsulotga to ‘g'ri keladigan marjinal daromad summasini topish uchun yalpi marjinal daromad summasini sotiladigan mahsulotlar miqdoriga boiamiz: .5000000 so‘m : 5000dona = 1000 so‘m. 3. Mahsulot birligi bahosini aniqlash uchun o‘zgaruvchan xarajatlar orqali hisoblangan marjinal daromad summasiga doimiy xarajatlar va foydani qo‘shish natijasida aniqlangan marjinal daromad summasini qo'shamiz: 1600 so‘m+1000 so'm = 2600 so‘m. Zararsizlik bahosini tahlil qilishga doir yuqorida keltirilgan formulalar mahsulotning belgilangan hajmini sotish jarayonida foydaning m a’lum darajasiga erishish uchun sotishning zararsiz bahosini aniqlashga ko'maklashadi. Demak, moslashuvchan transfert baho siyosatini yuritish va unga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillami chuqur tahlil qilish, iste’molchilami rag‘batlantirish hamda tovar bozoridagi raqobatda ustunlikka erishish imkonini beradi.
Download 471.47 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page