Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Qurilishlarning aniq va titul ro‘yxatlarini shakllantirish



Download 1.99 Mb.
Page16/82
Date14.06.2023
Size1.99 Mb.
#61528
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   82
Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment” kafedrasi
Qurilishlarning aniq va titul ro‘yxatlarini shakllantirish
Buyurtmachilar tasdiqlangan Investitsiya dasturi asosida vakolatli banklarda moliyalashtirishni rasmiylashtirish uchun har yili qurilishlarning aniq ro‘yxatini va Dasturni amalga oshirishning ikkinchi va uchinchi yillariga kiritilgan ob’ektlar bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarining aniq ro‘yxatini aniqlashtiradilar.
Markazlashtirilgan manbalar va davlat korxonalari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan qurilishlarning aniq ro‘yxatlari Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda investorlar (buyurtmachilar) tomonidan tasdiqlanadi.
Boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan qurilishlarning aniq ro‘yxatlari investorlar (buyurtmachilar) tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadi.
Kredit resurslarini jalb etgan holda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining aniq ro‘yxatlari tegishli kredit shartnomasi yoki kreditlovchi bankning yozma roziligi mavjud bo‘lganda tasdiqlanadi.
Qurilishlarning aniq ro‘yxati birinchi yil mobaynida tanlov savdolari yoki Yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishni muvofiqalashtirish kengashining alohida qarorlari bo‘yicha aniqlashtirilishi mumkin.
Qurilishning titul ro‘yxati tasdiqlangan limitlar doirasida qurilishning butun davriga tuziladi va Investitsiya dasturi tasdiqlangandan keyin 2 oydan kechiktirilmasdan tanlov savdolari natijalariga ko‘ra shakllantiriladi.
Qurilishning titul ro‘yxati investor (buyurtmachi) tomonidan pudratchi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Qurilishning tasdiqlangan titul ro‘yxatida kapital qo‘yilmalar limitlari umuman investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun nazarda tutiladi, bunda qurilish-montaj ishlari, asbob-uskunalar xarid qilish, loyiha-qidiruv ishlari xarajatlari va boshqa xarajatlar (pudratchi va buyurtmachi xarajatlari alohida ko‘rsatiladi) qurilish yillar bo‘yicha taqsimlangan holda ajratib ko‘rsatiladi.
Birinchi moliyaviy yilda qurilishning titul ro‘yxatida loyiha-qidiruv, qurilish-montaj ishlari ko‘rsatkichlari aniqlashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 1.99 Mb.

Share with your friends:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   82




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page