1-Amaliyot ishi. Mavzu: Arduino kontrollerlar to‘plamini tarkibini va imkoniyatlarini o‘rganish. Kompyuterga Arduino IDE ni o‘rnatish. Ishdan maqsad: Arduino IDE dasturlarini o’rnatish, imkoniyatlarini bilan tanishish. TinkerCad va wokwi online simmulyatoridan ro’yxatdan o’tishni o’rganish va komponentalari bilan tanishish.
Arduino - bu professional bo'lmagan foydalanuvchilarga mo'ljallangan oddiy avtomatlashtirish va robototexnika tizimlarini qurish uchun mo'ljallangan apparat va dasturiy ta'minot hisoblaniladi. Dasturiy ta'minot qismi dasturlarni yozish, kompilyatsiya qilish va dasturiy ta'minot uchun bepul dasturiy qobiqdan (IDE) iborat.
Arduino platformasi - o'rnatilgan bosma elektron platalar to'plamidir. Arduino avtonom avtomatlashtirish ob'ektlarini yaratish uchun ham, standart simli va simsiz interfeyslar orqali kompyuterdagi dasturlarga ulanish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Arduino platalariga dastur o’rnatishda asosiy dasturlar- Arduino IDE, Virtual Bread Board (VBB), mBlock, FLProg dasturlari hisoblanadi. Bu dasturlar ichida Arduino IDE dasurida kodni o’zingiz hohlagan ko’rinishda yozishingiz mumkin. Boshqa dasturlar Virtual ko’rinishda dastur strukturasini va virtual apparat ta’minotini o’z ichiga oladi. Misol tariqasida quyidagi dasturni ko’rib chiqamiz.
Topshiriq: Kompyuterga Arduino IDE ni o’rnatish. TinkerCad va Wokwi online simmulyatorlaridan ro’yxatdan o’tish va komponentalari bilan tanish. Ro’yxatdan o’tish va profil yaratish jarayonini rasm shaklida doc faylga qo’shish.