2-variant. O‘zbek tilining leksik qaatlamlari.
Leksika (yunoncha lexis — soʻzga oid, lugʻaviy) — tildagi barcha soʻzlar va iboralar yigʻindisi, tilning lugʻat tarkibi. leksika maʼlum qonun-qoidaga boʻysunuvchi izchil va murakkab tizimdan iborat. Til leksikasi toʻxtovsiz oʻzgarib turadi. Bu narsa lugʻat tarkibida yangi soʻzlarning paydo boʻlishi, mavjud soʻzlardan ayrimlarining eskirib, isteʼmoldan chiqishi, leksik maʼnosini uzgartirib, yangi maʼno kasb etishi kabi jarayonlarda koʻrinadi. Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy tuzumning oʻzgarishi bilan uzviy bogʻlangan holda leksika boyib boradi. Leksika tarixi 20-asrda barcha xalqlar qatori oʻzbek xalqi leksikasi ham tezlik bilan oʻsib, taraqqiy etdi. Oʻzbek tili leksikasiga baynalmilal soʻzlar keng koʻlamda kirib keldi. Buning ustiga fan va turli sohalar terminologiyasi ham toʻxtovsiz oʻsib bormoqda. Oʻzbek tili leksikasida oʻz va oʻzlashgan qatlam, shuningdek, oʻz qatlam tarkibida umumturkiy suzlar va ulardan yasalgan oʻzbekcha suzlar mavjud. Oʻzlashma qatlam tarkibida forscha, arabcha, ruscha-baynalmilal soʻzlar bor. O‘ZBEK LEKSIKASI Oʻzbek tili leksikasi zamonaviyligi jihatdan 3 asosiy qatlamga bulinadi: 1) zamonaviy qatlam — eskilik va yangilik boʻyogiga ega boʻlmagan soʻzlar. Shu qatlamga oid soʻzlar oʻzbek tili leksikasining asosini tashkil qiladi; 2) eski qatlam — hozirda ham isteʼmolda boʻlgan istorizmlar, arxaizmlar bu qatlamga kiradi; 3) yangi qatlam — yangi leksikasi deb ham yuritiladi. Lug‘aviy birikmalar lugʻaviy birliklar ishlatilish doirasi jihatdan
2 qatlamga ajratiladi 1) ishlatilish doirasi chegaralanmagan soʻzlar. Maʼnosi shu tilda soʻzlovchilar uchun tushunarli va umumqoʻllanish xususiyatiga ega boʻlgan suzlar umumisteʼmoldagi chegaralanmagan leksika sanaladi; 2) ishlatilish doirasi chegaralangan soʻzlar — til lugʻat tarkibining ajralmas qismi boʻlib, uning tarkibiga dialektal, terminologii kasb-hunar leksikasi, ilmiy atamalar, jargon va argolar, vulgarizm va varvarizmlar kiradi. Hozirgi o‘zbek tili leksikasi tarixiy jihatdan ikki qatlamga ajratiladi:
Hozirgi o‘zbek tili leksikasi tarixiy jihatdan ikki qatlamga ajratiladi:
1. O‘z qatlam.
2. O‘zlashgan qatlam.
1. Umumturkiy so‘zlar. Ko‘pchilik turkum xalqlar tilida qo‘llanadigan, barcha turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar umumturkiy so‘zlar deyiladi. Bu so‘zlar turkiy qabilalarning goh qo‘shilishi, goh ajralishi natijasida yuzaga kelgan, hozirda turkiy xalqlar deb nomlanadigan kishilar tiliga mansub so‘zlardir. Oltoy tillar oilasining turkiy guruhida (turkumida) 24 ta til: o‘zbek, qozoq, uyg‘ur, boshqird, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon, no‘g‘oy, tatar, chuvash, yoqut, tuva, shor, qoraim, qo‘miq, gagauz, xakas, balqar, oyrot, karagas, turk, qorachoy, oltoy turklari tillari mavjud.
O‘ZLASHGAN QATLAM
O‘zlashgan qatlam. Hozirgi o‘zbek tilining lug‘at tarkibiga tarixiy sabablarga ko‘ra boshqa tillardan ko‘plab so‘zlar kirib kelgan. O‘zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar o‘zlashgan so‘zlar (olinma so‘zlar) deb yuritiladi. O‘zlashgan so‘zlar uyg‘ur, tojik, arab, rus, nemis, frantsuz, ispan, ingliz va boshqa tillarga oid. O‘zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlarni quyidagi qatlamlarga bo‘lish mumkin:
FRAZEOLOGIYA
Frazeologiya nutqda ikki yoki undan ortiq soʻzlarning oʻzaro ma’no va grammatik jihatdan bogʻlanishidan tuzilgan birikmalar qoʻllaniladi. Bunday birikmalarning ayrimlari nutq jarayonida tuziladi, ayrimlari esa tilda tayyor birikma shaklida mavjud boʻladi. Ular bir-biridan oʻziga xos belgilari bilan farq qiladi.
Frazeologiya turlari tilda ikki yoki undan ortiq soʻzdan tarkib topib, koʻchma ma’no ifodalaydigan, ma’nosi bir soʻzga teng keladigan turgʻun birikmalar ibora (frazeologik birlik) deyiladi.
Birikmalargina emas, ayrim gaplar ham ibora holiga kelib qolishi mumkin: Ishtahasi ochildi. Dili siyoh boʻldi.
Iboralarning barchasi koʻchma ma’no ifodalaydi va ularda emotsionallik soʻzga nisbatan kuchli boʻladi. SHuning uchun iboralar nutqning ifodalaligini va ta’sirchanligini oshiradi.
LEKSIKORAFIYA
Leksikografiya Tilshunoslikning lugʻat tuzish ishi bilan shugʻullanadigan boʻlimi leksikografiya deyiladi. Lugʻatlar tilning lugʻaviy boyligini toʻplovchi kitobdir. Lugʻatlar muayyan mavzularda tuzilib, unda soʻzlar alfavit tartibida joylashtiriladi. Lugʻat tuzish ishi bilan lugʻatshunoslar qadimdan shugʻullanib kelishgan. Masalan, XVI asarda usmonli turk tilida «Abushqa» lugʻati yaratilgan.
Share with your friends: |