3. Rentabellikning mohiyati va ko‘rsatkichlari
Rentabellik va foydaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni turli xil belgilariga ko‘ra tasniflash mumkin. Masalan, bu omillar ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Ichki omillarga korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan hamda korxona faoliyatining turli yo‘nalishlarini tavsiflovchi omillar mansub bo‘ladi. Tashqi omillarga korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan, biroq ishlab chiqarish rentabelligi va daromadning o‘sish sur’atiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar kiradi. Tahlil jarayonida ichki va tashqi omillarni aniqlash samaradorlik ko‘rsatkichlarini tashqi ta’sirlardan “tozalash” imkonini beradi hamda korxona yutuqlarini ob’ektiv baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rentabellikning mohiyatini faqat foyda shakllanishini tahlil qilish asosida ochib berish mumkin. Korxona mahsulotni sotish natijasida o‘z xarajatlarini qoplashdan tashqari foyda ham olgan taqdirda rentabelli hisoblanadi.
Rentabellik ko‘rsatkichlari korxona faoliyati qanchalik foyda keltirishini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkichlar moliyaviy hisobotning ichki va tashqi foydalanuvchilarda qiziqish uyg‘otib, korxona resurslaridan foydalanish samaradorligi hamda uning investitsiyalarni jalb qilish qobiliyatini aniqlaydi. Xususiy yoki qarzga olinuvchi kapitalning rentabelligi korxonaga mablag‘lar kiritishning rentabelligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardir. Bu ko‘rsatkichlarning iqtisodiy turlanishi (interpretatsiyasi) yaqqol ko‘zga tashlanadi: sarflangan har bir so‘m qarzga olingan (xususiy) kapitalga necha so‘m foyda to‘g‘ri keladi (hisob-kitoblarda korxonaning balans yoki sof foydasidan foydalanish mumkin).
Quyida korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi rentabellikning asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan.
Sof foyda (SF)
Aktivlar rentabelligi (RA) =
Aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati (A)
Sof foyda (SF)
Sotish rentabelligi (RS) =
Mahsulotni sotishdan tushgan tushum(ST)
Sof foyda
Xususiy kapital rentabelligi (XK) =
Xususiy kapital o‘rtacha yillik qiymat (XK)
Sof foyda (SF)
Bitta aksiya daromadi (AF) =
Muomaladagi aksiyalar soni (Na)
Xulosa
1.
Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir. Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun etarli bo‘lgan davrdir. Bu erda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanish mumkin.
2.
Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda yoki iqtisodiy foyda deb yuritiladi. Tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymatdir.
3.
Korxonaning umumiy foydasidan byudjetga (asosan soliq to‘lovlari), banklarga (olingan ssuda uchun foiz) to‘lovlar va boshqa majburiyatlar chiqarib tashlansa korxona sof foydasi qoladi. Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlanishi natijasida hosil qilinadi. SHu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga nisbatan ko‘proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o‘z ichiga normal foydani ham oladi.
4.
Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki narxni oshirish hisobiga erishish mumkin.
Share with your friends: |