Atrof-muhitning ifloslanishi



Download 46.03 Kb.
Date15.05.2024
Size46.03 Kb.
#64259
ekotak

  1. Atrof-muhitning ifloslanishi va uning organizmga ekologik ta’siri haqida yozing ?Sanoat rivojlanishining tabiatga salbiy ta’siri Aholining o’sib borayotgan ehtiyojlari va dunyo ekonomikasini rivojlantirish tobora katta miqdordagi tabiiy resurslarni talab qiladi. Faqat tiklanadigan emas, balki bir qator tiklanmaydigan tabiiy resurslarning ham real tugallanish xavfi vujudga keldi. Tiklanadigan resurslar to’liq iste’mol qilingach, tabiiyki, ularning o’z-o’zini tiklash imkoniyati yo’qoladi. Binobarin, xomashyo manbalari kamaymasligiga erishish uchun, bu resurslarning kengaytrilgan qayta tiklanishini ta’minlash lozim. Kengaytrilgan qayta tiklash tabiatni o’zlashtrish orqali amalgam oshiriladi. Tabiat bilan jamiyatning o’zaro ta’siri murakkab va ziddiyatli xarakterga ega. Fantexnika inqilobi jamiyatning tabiatga bo’lgan ta’sirini kuchaytirdi. Bu hol tabiiy landshaftlarning ko’p xususiyatlarining tubdan o’zgarishiga, antropogen landshaftlarining vujudga kelishiga olib keldi. Tabiat qancha chuqur o’zgartirilsa va o’zlashtirilsa unda shuncha ko’p yangi tabiiy protsess va hodisalar ro’y beradi, bu o’zgarishlarning insonga bo’lgan ta’siri ham shuncha ko’p ortib boradi. Nisbatan qisqa vaqtda sayyora masshtabida tuproq eroziyasi kuchaydi, vayron qiluvchi suv toshqinlari avj oldi, daryolar sayozlashdi va chuchuk suv tanqisligi muomosi vujudga keldi. Landshaftlarning tubdan o’zgarishi va intensiv ov qilish hayvon resurslariga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ko’plab qimmatbaho fauna va flora turlari yo’q bo’lib ketdi yoki ular soni keskin kamaydi Tabiiy resurslardan foydalanish hajmining doimo ortib borishi ulardan foydalanishning istiqboli va muddati, ularning tamom bo’lish xavfi va bu bilan bog’lik bo’lgan ko’plab iqtisodiy muomolarni kun tartibiga ko’ndalang qilib qo’ymoqda. Keyingi vaqtlarda ko’pgina eng muhim tabiiy resurslarning cheklanganligi haqidagi to’g’ri tushuncha jamoatchilik ongiga tobora singib bormoqda. Hozirgi zamon iqtisodining rivojlanishida muhim rol o’ynovchi qator tabiiy resurslarning butunlay tugab ketishi- ning oldini olish, ulardan planli va ilmiy asosda foydalanish zarurati chuqur his qilinmoqda.

  2. O’ta xavfli ekotoksikantlar haqida yozing ?O’ta xavfli ekotoksikantlar haqida yozing ? Ko‘pchiligimiz navbatdagi ichimlik idishini bo‘shatib, duch kelgan tomonga uloqtirar ekanmiz, uning butunlay yemirilib ketishi uchun yillar emas, balki asrlar kerakligini o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Keling, bu masalaga atroflicha qiziqib, chuqur yondashib ko‘ramiz. Mutaxassislarning aniqlashicha, shisha buyumlar oz emas-ko‘p emas, naqd bir million yil«yasharkan».Chunki ular kvarts qumidan tayyorlanadi va turli ta’sirlarga chidamli bo‘ladi. Bu bizdan ancha keyingi avlod vakillari ham pivo butilkasini hatto ichidagi ichimligi bilan topib olish imkoniga ega degani. Yelim xalta va idishlarga kelsak, ular 500 yildan 1000 yilgacha «umr ko‘radi». Mikroorganizmlar ta’sirida parchalanmasligi sababli bunday ko‘rinishdagi chiqindilar shuncha vaqt saqlanib qolaveradi. Shisha va yelimga nisbatan alyumin kamroq — 80 yildan 200 yilgacha saqlanib qoladi. Olimlarning 2004 yilgi hisob-kitoblariga qaraganda, dunyo suv havzalariga 55 milliard alyumin kanistrlar ko‘milgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 1972 yildagiga nisbatan 760 foizga ko‘p demakdir. Tarkibida toksik va atsetat tsellyuloza moddasi bo‘lgan papiros qoldig‘i 1 yildan 5 yilgacha yo‘qolmaydi. Gazetalar esa 2-4 haftagacha saqlanadi. Ammo yer ostidan 15 yillik gazeta namunalari topib olingan paytlar ham bo‘lgan. Chunki kislorodsiz muhitda qog‘ozlarning parchalanishi qiyin kechadi. Ularning foydali tomoni esa qayta ishlash imkoniyatining mavjudligidir. Hozirgi kunda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan turli ijtimoiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Qator rivojlangan mamlakatlarda chiqindilarni qayta ishlash uchun yangi texnologiyalar joriy qilinmoqda. Ayrim davlatlarda esa yelim xaltalardan voz kechilyapti. Xullas, bu borada ma’lum yutuqlarga erishilayapti ham. Ammo shunga qaramay, muammolar hali-hanuz to‘laligicha o‘z yechimini topmagan.Yevropada chiqindilarni ajratish amaliyoti o‘tgan asrning 80- yillarida faollasha boshlagan. Germaniya bu borada yetakchi mamlakat sanaladi. Bu yerda chiqindilarni to‘playdigan va qayta ishlaydigan alohida sanoat tarmog‘i mavjud. Mazkur korxonalarda tashish, yig‘ish, ortish, taxlash va saralash ishlari tegishli tartibda olib boriladi. Bu jarayon “maxsus politsiya” xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. Nemis xalqini bu sohadagi yutug‘i ularning azaldan atrof-muhitga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lishi, ekologiya muhofazasi va inson salomatligi masalasiga jiddiy ahamiyat berishidadir. Qolaversa, turli mamlakatlarda chiqindilarni to‘plash va saralashda har xil samarali usullardan foydalaniladi. Masalan, Germaniyada ularni qayta ishlashga topshirgan o‘smirlar moddiy rag‘batlantiriladi. Gollandiyada esa chiqindini saralash dasturida faol ishtirok etganlarga kommunal to‘lovlarni to‘lashda qator imtiyozlar beriladi. Yaponiyada ro‘zg‘or chiqindilarini tozalab saralaydigan yuqori texnologiya ishlab chiqilgan. Qishloq joylarida va xususiy sektorda chiqitlarni saralashda maxsus mexanizmlardan foydalaniladi. Elektron texnika vositalarini ishlab chiqaradigan firmalar o‘z chiqindilarini yig‘ish va qayta ishlashga majbur. Mamlakatdagi qayta ishlangan chiqitlardan qurilish ishlarida ham foydalaniladi. Avstraliyada piyodalar yo‘lakchalarida na sigaret qoldig‘iga, na bir qog‘ozga ko‘zingiz tushadi. Joylarga har bir turdagi chiqindi uchun turli ranglardagi qutilar o‘rnatilgan: qizil ranglisi odatiy chiqindilarga, sariq ranglisi qog‘oz va shisha buyumlarga, yashil ranglisi o‘simliklarga, ko‘k rangdagi quti esa tibbiyot chiqindilariga mo‘ljallangan. Organik chiqindilar uchun esa maxsus maydonchalar ajratilgan.Bugungi kunda bir necha chaqirimgacha kengayib borayotgan chiqindi uyumlari insoniyatni o‘ylanishga majbur etayotir. Vaziyatdan chiqib ketishning yo‘llari bormikan? Mahsulotlarni ehtiyojdan ortiq ishlab chiqarmaslik (ishlab chiqarish — atrof-muhitga zarar yetkazadi), parchalanishi oson, bezarar, tabiiy qadoqlardan foydalanish, chiqindini qayta ishlash kerak boladi

  3. Atmosfera havosining ekologiyasi va salomatlik muammolari haqida yozing ?Hozirgi vaqtda atmosfera ifloslanishining 75% insoniyat manbalarga va 25% antropogen manbalarga toʼgʼri keladi. Аgregat holatiga koʼra atmosferani ifloslovchi birikmalarni toʼrt guruhga boʼlish mumkin: qattiq, suyuq, gazsimon va aralash birikmalar. Havoni ifloslovchi asosiy modda va birikmalarga aerozollar, qattiq zarrachalar, chang, qurum, azot oksidlari, uglerod oksidlari SO, SO2, oltingugurt oksidlari, xlorftoruglerodlar, metall oksidlari va boshqalar kiradi. Аtmosferaga oʼn minglab modda va birikmalar chiqarilgan boʼlib, ularning oʼzaro birikib hosil qilgan aralashmalari toʼla oʼrganilmagan. Bunday nomaʼlum birikmalarning tirik jonzotlarga, shu jumladan inson sogʼligʼiga taʼsiri aniq baholangan emas. Аtmosferaning kimyoviy, fizik, akustik shovqin, issiqlik, elektromagnit ifloslanishi yirik shaharlar va sanoat rayonlarida yuqori darajaga yetgan. Аtmosferaning eng xavfli ifloslanishi radioaktiv ifloslanishdir. Radioaktiv ifloslanishning asosiy manbalari yadro qurolining sinovlari, atom elektrostantsiyalaridagi falokatlar hisoblanadi. Radioaktiv ifloslanish rak va boshqa kasalliklarning ortishiga olib keladi. Havoning kuchli ifloslanishi inson sogʼligʼiga, barcha jonzotlarga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Shaharlar va sanoat rayonlarida kishilar oʼrtasida asab, yurak-qon tomir, surunkali bronxit, emfizema, nafas qisishi va oʼpka raki kasalliklarining koʼpayishi kuzatiladi. Koʼz kasalliklari va bolalar kasalliklarining ortishi qayd qilingan. Shahar havosida sanoat korxonalari va avtotransport chiqindilarida kanserogen moddalar boʼlib (benz(a)piren, aromatik uglevodorodlar), ularning surunkali taʼsiri




  1. Gidrosfera ekologiyasi va salomatlik muammolari haqida yozing ?

  2. Ekotoksikometriya haqida yozing ?Toksikometriya-toksikologiyaning nazariy bo'limi bo'lib, u turli kimyoviy moddalar va birikmalarning toksikligini miqdoriy baholash usullarini yaratish va takomillashtirish sohasida tadqiqotlar olib boradi. Uning amaliy bo'limi (amaliy toksikometriya) toksikologlarning turli laboratoriya namunalarining toksikligini aniqlash bo'yicha kundalik ishidir Moddaning ob'ektiv xususiyati sifatida uning o'lchanadigan ta'sirni keltirib chiqarish qobiliyatidan foydalangan holda, tadqiqotchi nafaqat ushbu ta'sirni miqdoriy baholash, balki uni yagona o'lchov birliklarida o'xshash yoki boshqa ta'sirlar bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo'ladi. Toksiklikning miqdoriy xususiyatlari orasida asosiy ko'rsatkich halokatli ta'sir va uning dozaga (kontsentratsiyaga) bog'liqligi hisoblanadi. Ushbu bog'liqlikning raqamli ifodasi LD50 ning o'rtacha o'lim (o'lim) dozasi va lc50 ning o'rtacha o'lim kontsentratsiyasi bo'lib, ehtimollik qiymati va standartlashtirilgan ishonchlilik parametrlariga ega: o'rtacha xato m va o'rtacha kvadrat og'ish 5. O'lchov birliklarini tanlash moddaning agregat holati va uning tanaga kirish yo'llari bilan belgilanadi. Shunday qilib, o'rtacha o'ldiradigan doz sinov hayvonining tana massasi birligiga (g/kg) tegishli bo'lgan moddaning massa birliklarida ifodalanadi. Qoida tariqasida, o'rtacha o'ldiradigan dozadan (LD50) foydalanib, intraventrikulyar, intraperitoneal, tomir ichiga, mushak ichiga yuborish yo'llarida moddaning mutlaq toksikligi baholanadi. Ba'zi hollarda o'rtacha o'lim dozalari (LD50) teri (mg/sm2) kabi sirt birligi sifatida tasniflanishi mumkin. O'rtacha halokatli konsentratsiya (LC50) nafas olish zaharlanishini baholashda, shuningdek zararli moddalar eritmalarining toksikligini tavsiflash zarur bo'lgan hollarda qo'llaniladi. Konsentratsiyani o'lchash birliklari sifatida modda miqdorining hajm birligiga nisbati (g/m3, mg/l va boshqalar) ishlatiladi. Agar o'ldiradigan dozalar va kontsentratsiyalar qiymatlari zaharning mutlaq toksikligi ko'rsatkichlari sifatida qaralsa, u holda LD50, LC50, ya'ni l/LD50, 1/LC50 ga teskari qiymat zaharlilik (toksiklik) ko'rsatkichi sifatida ishlatiladi, bu yerda kasr qiymati qanchalik yuqori bo'lsa, modda shunchalik zaharli bo'ladi.

  3. Atrof-muhitni radioaktiv ifloslanishi va radioaktiv moddalarning organizmlarga ta’siri haqida yozing ?

Biosferaning radioaktiv ifloslanishi 1945-yilda Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlangan atom bombalari portlashidan keyin kelib chiqdi. 1962-yilgacha atmosferada, yadro qurollarini sinovdan o‘tkazish, havoni global ravishda ifloslanishga olib keldi.Atom bombasi portlashida, juda kuchli nurlanish vujudga keladi. Radioaktiv zarrachalar uzoq masofalarga tarqalib, suv havzalari, tuproq va tirik organizmlarni zararlaydi. Ko‘pgina radioaktiv izotoplarning yarim yetilish davri uzoq va juda xavfli hisoblanadi. Barcha izotoplar tabiatda moddalarning aylanishiga qo‘shilib ketib tirik organizmlarga o‘tib, ularning hujayralarini nobud qiladi. Ular orasida Strontsiy-90 juda xavfli bo‘lib, odam skeletidagi suyaklarda to‘planadi. Organizmning doimiy nurlanish manbai bo‘lib xizmat qiladi.Radioaktiv tseziy-137 kaliyga yaqin bo‘lib, zararlangan hayvonlarning muskullarida ko‘p uchraydi. Alyaskadagi tub aholini tekshirishlar natijasida, ularning organizmlarida ancha miqdorda tseziy-137 uchrashi aniqlandi. Eskimoslar shimol bug‘usi go‘shti bilan ovqatlanadi Yadro quroli sinashning yana bir salbiy tomoni bor. Yadro portlashi jarayonida juda ko‘p miqdorda mayda chang hosil bo‘lib, ular atmosferada uzoq vaqtlargacha saqlanib, quyosh nurini yutib qoladi. Yadro qurollarining sinovdan o‘tkazish natijasida, uzoq muddatli sayyoramizning harorati pasayib ketish hodisasini kuzatish mumkin. Bu o‘z navbatida Yerdagi barcha tirik organizmlarni halok bo‘lishiga olib keladi.



  1. Inson yashash muhitini muhofaza qilishning ekologik huquqiy asoslari haqida yozing ?




  1. Ekotoksikologiya fani predmeti, maqsad va vazifalari, tarixi haqida yozing ?

Eko-Toksikologiya (yun. toxikon
zahar va ...logiya) — tibbiyot sohasi;
zaharli moddalarning fizik va kimyoviy
xususiyatlari, ularning tirik
organizmlarga taʼsiri mexanizmi,
zaharlanish alomatlar Zaharlanishning oldini olish va
davolash vositalarini, shuningdek,
zaharlarning kichik dozalarda davo
taʼsiriga ega ekanligini aniqlash va
undan foydalanish yoʻllarini izlab
topish ishlari bilan shugʻullanad T.ning asosiy maqsadi, asosan, etiologiyasi
kimyoviy omil hisoblanadigan noepidemik
kasalliklarning kelib chikish sabablarini aniklash,
oldini olish va davolash hamda moddalarning inson
organizmiga uzoq muddat davomida zararli taʼsirini
oʻrganish va bartaraf etishga karatilgan.T. kommunal gigiyena fanining asosiy
boʻlimlaridan boʻlib, tibbiyot oliy oʻquv
yurtlarining tibbiy profilaktika ftlarida
oʻqitiladi. T.ning fan sifatida rivojlanishida
Sh.T.Otaboyev, T.I.Iskandarov va
boshqalarning hissasi katta Oʻzbekiston olimlari tomonidan hayvonlar ustida
oʻtkazilgan tajriba natijalariga asoslanib moddalarning
zaharliligi va xavfliligini bagʻolash boʻyicha tasnif ishlab
chiqilgan. Unga muvofiq, zaharli moddalarning
organizmga tushish yoʻllari, oʻlimga olib boruvchi
oʻrtacha dozasi (konsentratsiyasi) va boshqalarni birbiriga bogʻlagan holda xavflilik sinflariga boʻlish tavsiya
qilingan Toksikologiya turli abiotik faktorlarning tirik
organizmga ta’sirini o ‘rganib, bir qator tabiiy fanlar,
umumiy va organik kimyo, biokimyo, fiziologiya,
immunologiya, genetika kabi fanlarni jalb qilgan
holda keng qamrovli masalalami yechadi.
Toksikologiyada tajribalar asosan, hayvonlarda
o'tkaziladi.Hozirgi kunda toksikologiyada: 3
asosiy yo‘nalish nazariy (tajriba),
profilaktik
(gigiyenik) va klinik yo‘nalishlar
qo‘llaniladi.Nazariy toksikologiya organizm va zaharlarning o ‘zaro munosabatlari
asosiy qonuniyatlari, ularning toksikokinetik va toksikodinamik
xususiyatlarini o‘rganadi.
Profilaktik (gigiyenik) toksikologiya kimyoviy moddalarning xavflilik
darajasini aniqlashga, shuningdek, odamni kimyoviy moddalarning zaharli
ta ’siridan himoya qilish yo’larini ishlab chiqishga bag‘ishlangan.
Klinik toksikologiya odam ga kimyoviy moddalarning toksik ta ’siri tufayli
kelib chiqadigan kasalliklarni o ‘rganadi. Radiotoksikologiyada radioaktiv
moddalarning zarrarli ta’sirlari o‘rganiladi.Radiotoksikologiyada radioaktiv moddalarning zararli ta’sirlari
o'rganiladi. «Radiotoksin» degan ibora XX asrning 50-yillarida
mashhur patofiziolog-radiobiolog olim P.D.Gorizontov tomonidan
kiritilgan. Radiotoksinlar nurlangan to‘qimalarda buzilgan, anomal
metobolizm tufayli hosil bo‘lgan biologik aktiv gumoral moddalar bo'lib,
ular nurlangan organizmda ortiqcha miqdorda to'planadi va tarqaladi.
Organlar, to‘qimalar hamda turli tizimlarga zaharli ta’sir ko‘rsatadi,
funksional va strukturaviy o ‘zgarishlar chaqiradi, nurning ta ’sirini
chuqurlashtiradi. Ko‘pgina olimlar yagona radiotoksinni izlashgan,
ammo universal radiotoksin topilgan emasKadionuklidlarning zararligi (toksikligi) quyidagi faktorlar
bilan bog'liq:
• nurlanish turi va energiyasi, yarimyemirilish davri;
• radionuklidlar organizmga qaysi moddalar tarkibida
tushishi;
• organlar va to‘qimalar bo‘yicha taqsimlanish turi;
• organizmdan chiqarilish tezligi. Ayrim radioaktiv
moddalar toksikologiyasi bilan tanishaylik. Tritiy
vodorodning izotopi bo‘lib, tabiatda kam miqdorda
uchraydi. Tritiy - rangsiz gaz, 18,5 keV energiyali β -
nurlarni chiqaradi. Uning yarimyemirilish davri 12,26 y

  1. Og’ir metallar to’g’risida yozing ?Tuproqlarning og’ir metallar bilan ifloslanishining tabiiy va sun’iy manbalari mavjud bo’lib, tabiiy manbalari litogen og'ir metallar va metalloidlar bilan ifloslanish hisoblanadi. Tuproqlarni tabiiy ifloslanishini bir necha ko‘rinishlarga ajratish mumkin: Birinchidan, tuproqlarda og'ir elementlarni to‘g'ridan-to‘g'ri yig’ilib borishi. Masalan,Oltoydagi tuproqlar mishyak bilan boyitilgan, uning tarkibi mahalliy qora tuproqlarda 100-150 mg/kg ga yetadi (Матвеев, Авдонькин, 2007) [2]. Ikkinchidan, o‘simliklar va hayvonlar uchun kimyoviy elementlar o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi xavfi mavjudligi. Masalan, Baykalortida stronsiy va bariy bilan boyitilgan hamda kaltsiy yetishmovchiligi bo‘lgan hududda Kashina-Beka kasalligi keng tarqalgan. Uchinchidan, tuproqlarda litogen og'ir elementlarni faollashi yuzaga kelishi mumkinligi. Bunday holat AQShning g'arbiy qismidagi tuproqlarda yuz bergan, Se-fosforit konlarida va ular bilan bog'langan uglerod-loyli slanets tarkibida Se miqdori 700 mg/kg ga yetadi AQSh tuproqlari uchun Selen (Se) Klarki 0,4 mg/kg ni tashkil qiladi. Tuproqning xavfli og'ir elementlar bilan sun’iy ifloslanishining asosiy manbalari 1) statsionar manbalar va transport vositalaridan aeral kelib tushishi; 2) sanoat chiqindi suvlarining suv havzalariga kirib kelishi orqali gidrogen ifloslanish; 3) oqava suvlar qoldiqlari; 4) kul qoldiqlari, shlaklar, rudalar, loylar va boshqalar; 5) neft qazib olish joylariga neft va tuz eritmalarining to‘kilishi bilan bog’liq. Vaqt o‘tishi bilan ifloslanishning ayrim turlari o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa, boshqalari esa, aksincha, tobora ko‘proq xavf tug'dirmoqda. Ilgari asosiy e'tibor tuproqlarning aeral ifloslanishiga qaratilgan, so‘nggi yillarda rivojlangan mamlakatlarda havo chiqindilari keskin kamaydi. Ammo og'ir metallar bilan tuproqlarning neft qazib olish bilan bog’liq ifloslanishi ortdi. Mamlakatimizda ham og’ir metallar bilan ifloslanish borasidagi vaziyat tobora keskinlashib bormoqda. Yaqin o’tmishga nazar soladigan bo’lsak, Sobiq Ittifoq davrida oziq-ovqat bilan bir qatorda yoqilg’i, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, yengil sanoat tarmoqlari rivojlangan. 1913-yilda mamlakatimiz hududida 425 ta sanoat korxonasi mavjud bo’lib, ularning 14 tasi metallsozlik sanoat korxonalari bo’lgan. 1941-1945-yillarda esa O’zbekistonga 90 ta sanoat korxonasi front hududlaridan ko’chirib keltirilgan bo’lib, [4], ularning ko’pchiligi asbobsozlik va mashinasozlik korxonalari edi. Keyinchalik neft va gaz zaxiralarining ko’plab topilishi va o’zlashtirilishi, metallurgiya va sanoatning boshqa ko’plab yo’nalishlarini rivojlanishi natijasida atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni kelib tushishini tobora ko’payib bordi. Masalan, 100 milliard tonnadan ortiq ko'mir, neft, gaz, torf kabi yer osti resurslari qazib olingan bo’lsa, ularni qayta ishlash va yoqilg'i sifatida ishlatish natijasida 3,8 milliard tonnadan ortiq kul va chang atrof muhitga kelib tushadi. Ular bilan birgalikda ularning tarkibida bo’lgan 1,9 milliard mishyak va 1,2 milliard tonna zaharli surma, 68 million tonna rux, 4 million tonna qo'rg'oshin va kadmiy, 20-22 ming tonna nikel, 50 ming tonna ftor, 4 ming tonna fosfor oksidi (V), 35 million tonna simob,15-48 ming tonna pestitsid kabi moddalar atrof-muhitga chiqarilgan. Atrof-muhit uchun va, albatta, odamlar uchun eng xavfli kimyoviy elementlar bu simob, qo'rg'oshin, kadmiy, mishyak, selen va ftorid bo’lib, ular metallurgiya sanoati chiqindilari natijasida atrof-muhitga kelib tushadi. Ushbu elementlarning turli birikmalari esa, tabiiyki, insonlar salomatligiga jiddiy havf tug’diradi. Masalan, metil simob birikmasi (CH3Hg) xavfli toksin bo’lib, inson tanasiga suv, tuproq, o'simliklar va boshqa oziq-ovqat zanjirlari orqali kirib, nafaqat buyraklarga balki, jigar, bosh miyaga kuchli ta'sir ko'rsatadi, asab tizimini izdan chiqaradi, tanada qaytarilmas o'zgarishlarni keltirib chiqaradi.




  1. Atmosfera havosini ifloslovchi manbalar haqida yozing ?So'nggi paytlarda butun dunyoda ekologik vaziyat va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi muhokama qilinmoqda. Havoning ifloslanishi barcha turdagi ifloslanishlar ichida eng xavfli hisoblanadi, chunki u harakatchan va atrof-muhitning deyarli barcha komponentlarini katta maydonlarda ifloslantirishi mumkin. Havoni ifloslantiruvchi manbalarga qazib olinadigan yoqilg'ilarning yonishi, qishloq xo'jaligi faoliyati va tog'-kon sanoatlari sabab bo`ladi. Atmosferani eng keng tarqalgan va eng og'ir ifloslantiruvchi moddalari karbonat angidrid, oltingugurt dioksidi, azot oksidi va changdir. Atmosfera havosining ifloslanishi chang va gazga bo'linadi. Havo tarkibi agar uning kimyoviy tarkibi odamlar, o'simliklar va hayvonlar salomatligiga, shuningdek, atrof-muhitning boshqa elementlariga (suv, tuproq) salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lsa ushbu havo ifloslangan havo hisoblanadi. Atmosfera ifloslanishining asosiy manbalariga quyidagilar kiradi: - sanoatlashtirish va aholi sonining ko'payishi; - energetika sanoati, - transport sanoati, - tabiiy manbalar. Energiyaga talabning ortib borishi uglevodorodlarning yonishini havoning antropogen ifloslanishining asosiy manbaiga aylantirdi. Atmosfera ifloslanishining antropogen manbalariga quyidagilar kiradi: - kimyoviy yoqilg'i konvertatsiyasi; - xom ashyoni qazib olish va tashish; - kimyo sanoati; - qayta ishlash sanoati; - metallurgiya sanoati; - sement ishlab chiqarish; - xom ashyo va chiqindilar uchun poligonlar; - motorizatsiya. Atmosferani ifloslantiruvchi tabiiy manbalarga esa asosan quyidagilar kiradi: vulqon otilishi, tog' jinslarining kimyoviy parchalanishi, o'rmon va dasht yong'inlari,chaqmoq, kosmik chang, biologik jarayonlar natijasida paydo bo`lgan ifloslantiruvchi manbalar misol bo`la oladi. Ifloslangan havo odamlar tomonidan asosan nafas olish jarayonida so'riladi. Bu nafas olish kasalliklari, allergiya va reproduktiv kasalliklarning rivojlanishiga hissa qo'shadi. Insonning kundalik hayotida havoning ifloslanishi metall va qurilish materiallarining korroziyasiga olib keladi. Shuningdek, u o'simlik dunyosiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, fotosintez, transpiratsiya va nafas olish jarayonlarini buzadi. Ifloslangan havo ham suv va tuproq holatini yomonlashtiradi. Global miqyosda havoning ifloslanishi iqlim o'zgarishiga ta'sir qiladi. Havoning ifloslanishi ichimlik suvining kislotaliligini ham oshiradi. Atmosfera ifloslanishining oqibatlariga quyidagilar kiradi: Kislota yomg'irlari pH darajasi past bo'lgan yog'ingarchilikdir. Ular tarkibida sulfatlangan ko'mirning yonishi natijasida oltingugurt oksidi bilan ifloslangan atmosferada hosil bo'lgan sulfat kislota, shuningdek, azot oksidlaridan hosil bo'lgan azot kislotasi mavjud. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, kislotali yomg'ir chaqaloqlar o'limini va o'pka kasalliklarini rivojlanish xavfini oshiradi, shuningdek, daryolar va ko'llarning kislotalanishiga, o'simlik va hayvonot dunyosining yo'q qilinishiga, tuproqning degradatsiyasiga, yodgorliklar va me'morchilikning buzilishiga olib keladi. Atmosfera havosi gazlar va uchuvchan organik birikmalarning bug'laridan tashqari, suyuq va qattiq aerozollar misolidagi muallaq moddalar bilan ham ifloslanadi. Muallaq zarrachalarning kelib chiqishi tabiiy va sun'iy (antropogen) bo'lishi mumkin, ular shuningdek, atmosferada yuz beradigan kimyoviy reaksiyalar oqibatida ham paydo bo'ladi. Atmosferada ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishiga meteorologik omillarning ta‘siri: Tutun quvurlari, o`choq yoki avtomobillarning chiqaruv quvurlaridan ajralayotgan gazlar atmosfera havosiga aralashib ketadi. Uning darajasi faqatgina masofaga emas, balki shamol va ob-havo sharoitlariga ham bog‘liqdir. Sanoat korxonasini joylashtirish uchun hudud tanlashda chiqindi manbai bilan aholi punkti orasidagi masofani yo`qolib ketishi yoki kamayishi xavfini hisobga olish kerak. Aholi zich joylashgan mavze yaqinida, ishlab chiqarish jarayoni muqarrar ravishda Atmosfera havosini nihoyatda qo`llansa hidli moddalar bilan ifloslantirishi bilan bog‘liq bo`lgan sanoat korxonasi joylashtirilsa, texnikaning ilg‘or, zamonaviy rivojlanish darajasini hisobga olinganda ham, insonlar uchun albatta turli noqulayliklarni tug‘dirishi muqarrardir. Havoning ifloslanishini oldini olish chora-tadbirlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: - aholi punktlaridagi aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida atmosferani tekshirish, shuningdek, ifloslangan havoning o`simlik va hayvonlarga ta‘sirini aniqlash uchun qishloq xo`jaligi hududlarida havo tarkibini tadqiq etish. - xodimlar salomatligini saqlash uchun ishlab chiqarish binolarida ishchi zonalar havosining tozaligini nazorat qilish.




  1. Antropogen omillar ta’siri ostida yer osti suvlarining ifloslanishi haqida yozing ?Dunyodagi suv zaxiralari suvli qatlamlardan keng miqyosda olinadiganligi sababli, bu ta'minot manbalarini himoya qilish eng muhimi. Hisob-kitoblarga ko'ra, er yuzidagi mavjud chuchuk suvning 95% dan ortig'i yer ostidadir; 50 yilgi AQSh Geologik xizmati ma'lumotlariga ko'ra, Qo'shma Shtatlarda ichimlik suvining taxminan 1984% quduqlardan olinadi. Er osti suvlarining ifloslanishi va harakati nozik va ko'rinmas xarakterga ega bo'lganligi sababli, ba'zida suvning buzilishining ushbu shaklini tahlil qilish va nazorat qilishga er usti suvlarining ifloslanishiga qaraganda kamroq e'tibor beriladi, bu juda aniq. Yer osti ifloslanishining potentsial manbalarining to'liq ro'yxati kengdir; Biroq, tasvirlash uchun eng aniq manbalarga quyidagilar kiradi:sanoat chiqindilari suvli qatlamlar bilan aloqada bo'lgan ifloslangan oqimlar qazib olish ishlari qattiq va xavfli chiqindilarni utilizatsiya qilish er osti saqlash tanklari, masalan, neft sug'orish tizimlari sun'iy zaryadlash dengiz suvining buzilishi to'kilishi suv o'tkazuvchan tubiga ega ifloslangan suv havzalari utilizatsiya quduqlari septik tank plitka maydonlari va yuvish chuqurlari noto'g'ri burg'ulash qishloq xo'jaligi operatsiyalari yo'lni muzdan tozalash tuzlari.Er osti ifloslanishidagi o'ziga xos ifloslantiruvchi moddalar yana quyidagilarga bo'linadi:kiruvchi kimyoviy tarkibiy qismlar (odatiy, to'liq emas) - organik va noorganik (masalan, xlorid, sulfat, temir, marganets, natriy, kaliy)umumiy qattiqlik va umumiy erigan qattiq moddalar toksik tarkibiy qismlar (odatiy, to'liq emas) - nitrat, mishyak, xrom, qo'rg'oshin, siyanid, mis, fenollar, erigan simob kiruvchi jismoniy xususiyatlar - ta'm, rang va hid pestitsidlar va gerbitsidlar - xlorli uglevodorodlar va boshqalar radioaktiv materiallar - radioaktivlikning turli shakllari biologik - bakteriyalar, viruslar, parazitlar va boshqalar kislota (past pH) yoki kaustik (yuqori pH).Yuqoridagilardan nitratlar er osti suvlarida ham, yer usti suvlarida ham alohida e'tiborga loyiqdir. Er osti suvlari ta'minotida nitratlar methemoglobinemiya (chaqaloq siyanozi) kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, ular er usti suvlarida zararli evtrofikatsiya ta'sirini keltirib chiqaradi va Preul (1991) tomonidan xabar qilinganidek, keng ko'lamli suv resurslarida yuzaga keladi. Preul (1964, 1967, 1972) va Preul va Shroepfer (1968) ham azot va boshqa ifloslantiruvchi moddalarning yer osti harakati haqida xabar berishgan

  2. Tuproq xususiyatlari haqida yozing ?Tuproq(qum) — litosfera yuza qavatlarining suv, havo va tirik organizmlar taʼsirida oʻzgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq gorizontlardan tashkil topgan tabiiy tuzilma; Yer poʻstining yuza va unumdor qatlami. T.ning nuragan tog jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati — unumdorligidir (qarang Tuproq unumdorligi). T.ni oʻrganish va uning tasnifini tuzish, tarkibini yaxshilash hamda unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish singari masalalar bilan tuproqshunoslik fani shugʻullanadi. T. hosil qiluvchi asosiy omillar: iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimliklar va hayvonot olami, hududning relyefi va geologik yoshi hamda odamning xoʻjalik faoliyati.Tuproqning yuqori qatlamiYer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻinsochin, karbonat angidrid, kislorod, havo harorati, mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, havo, mikroorganizmlar va tuban oʻsimliklar (yoʻsin, lishayniklar) taʼsirida yemiriladi (nuraydi). Nuragan jinslar maydalanib, gʻovak qatlam hosil qiladi. Bu qatlam vaqt o'tishi bilan yangi xususiyat — nam sigʻimi va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan bir oz miqdordagi oziq moddalarga ega boʻladi. Vujudga kelgan yangi muhitdagi mikroorganizmlar oʻz hayot faoliyati tufayli oʻsimliklarning oʻsishi uchun sharoit yaratadi, oʻsimliklar tuproqdan oʻz hayoti uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtiradi va oʻzida toʻplaydi. Nobud boʻlgan oʻsimlikning bir qismi mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib, mineral moddalarga, qolgan qismi esa murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida chirindi (gumus) ga aylanadi. Bu jarayonlarning barchasi uzluksiz davom etadigan nurash sharoitida sodir boʻlib, oʻsimlik ildizlari ajratgan nordon moddalar hamda organik qoldiqlar taʼsirida yanada tezlashadi. Natijada Yer poʻstlogʻining sirtida unumdor gʻovak qatlam — T. paydo boʻladi. Iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimlik hamda hayvonot olami, hudud relyefi kabi omillarning T. hosil boʻlish jarayoniga taʼsiri turlicha boʻlganligi tufayli har xil tabiiy zonalarda oʻziga xos T. tiplari vujudga keladi. Mas., tayga zonasida chimli podzol T., dashtlarda qora va kashtan T., choʻllarda esa sur tusli qoʻngʻir T.lar va b (qarang Tuproq zonasi).Odamning xoʻjalik faoliyati qam T. hosil boʻlish jarayonining baʼzi omillariga, mas., oʻsimliklarga, shuningdek, yerga ishlov berish, uning meliorativ holatini yaxshilash, organik oʻgʻit solish va boshqa bilan tuproqqa bevosita taʼsir koʻrsatadi. Bu taʼsir koʻrsatish toʻgʻri mutanosiblikda olib borilganda T. hosil boʻlish jarayonini va xususiyatlarini maqsadga muvofiq oʻzgartirish mumkin.




  1. Texnogen omillarning inson ekologik holatiga ta’siri haqida yozing ?Ijtimoiy tashkillashtirilgan jamiyat tabiiy resurslaridan foydalanish bazasida ishlab chiqilgan kuchlarini rivojlantiradi. Sayyoramizning tabiiy resurslari nafaqat moddiy xomashyo, osimlik hayvonot dunyosi, tuproq , suv va boshqa yer qobigining ozi va ishlab chiqarish faoliyati hukm suradi. Savol paydo boladi insonning xojalik va injenerlik faoliyati natijasida tabiiy sharoitda nima yuz beradi va atrof- muhit muhofazasining muammosi geologic aspektida. Gidrogeologik , injener-geologikva geologic sharoitlarning texnogen ozgarishi sodir boladi. Toplangan tajriba korsatishicha bu ozgarishlar anchagina sezilarli va ota kprsatsa boladigan hodisalar, ishlab chiqarish kuchlarning intensiv rivojlanishi regionlarda sodir boladi. Turli yonalishdagi texnogen jarayonlarni shakllanish mexanizmini organish, uni geologo-gidrogeologik tabiatini ochish, atrof-muhitga bolgan tasirini pragnoz baholashni otkazish demak uni tabiatga boladigan salbiy tasirini oldini olish va maksimal kamaytirish chora tadbirini organish kiradi. Bu juda muhim holat, atrof- muhit muhofazasining ilmiy- uslubiy asoslarining mazmunini va tabiiy resurslardan ratsional foydalanishni aniqlab beradi. Texnogen jarayonlar tushunchasini qanday tushunish kerak? Bu yer qobigI yuqori qismida insonlarning injenerlik faoliyati tasiri ostida shakllanadigan va tabiiy resurslardan foydalanishga yonaltirilgan jarayondir. Bunga texnogen gidrogeologik, injener-geologik va biogidrogeologic jarayonlarni kiritish mumkin va ular girdotexnik, irrigatsion- meliorativ inshootlar, foydali qazilma konlarini qazib olish, yirik shahar markazlarida, quduqlar guruhi bilan suv tortib olish, ekspluatatsiya sharoitida korinadi. Oz-ozidan malumki texnogenez nuqtai nazaridan, texnogen jarayonlarga barcha jamiyat ishlab chiqarish rivojlanishida atrof-muxitni yurli korsatkichlarini nomoyon qiladigan jarayonlarga (atmosferada, gidrosferada, gidrogeosferada) aytiladi. Malum bir sharoitlarda texnogen jarayonlar aniq ifodalangan yonalishga ega bolishi mumkin. Masalan texnogen jarayonlarning korinishi sifatidagi, tog urilishi shaxta uslubida tog ishlanmalari korinishida paydo boladigan jarayonlar, aniq injener – geologic xarakterga ega boladi. Yer osti ishlanmalaridatoplangan yer osti suvlarining tosatdan yorib otilib chiqish suvli qatlamlarda filtratsion turrlilik qurilish zonasш qoldiq gidrostatik bosim hosil bolganda aniq ifodalangan gidrogeologik yonalishdagi jarayonlar hosil boladi. Biroq, kop hollarda texnogen jarayonlar oz mazmuni shakllanish sharoiti, atrof va geologic muhitga ozining salbiy tasiri kompleks jarayondir; Ular geologic va injener –geologik belgilar boyicha ozaro bogliqlik korinib turadi. Bunday kompleks texnogen jarayonlarga quyidagilarni kiritish mumkin, masalan, qattiq foydali qazilma konlarini kovlab olishda paydo boladigan jarayonlarga, yer osti suvlarini intensive tortib oluvchi inshootlar atrofida. Aslida qatlamni quritish maqsadida yer osti suvlarini tortib olish gidrogeologik jarayon. Shular bilan bir qatorda boshak tog jinslarni quritish oqibatida gidrogeologik jarayon oqibatida ikkilamchi zichlanish oqibatida injener – geologic jarayonlar shakllanadi va buning bilan yer yuzasining chokishi va yer osti inshootlarining deformatsiyasi sodir bolib turadi. Xuddi shunday kompleks rivojlanish mexanizm, texnogen jarayonlar yer massivlari suniy sugorish ishlarida ham kuzatiladi. Kuchsuz tabiiy drenalangan yerlarda sugorish natijasida(texnogen) yer osti suvlarining satxini jadal kotarilishi yuz beradi, va buning oqibatida texnogen jarayonlarni texnogen gidrokimyoviy jarayon yuz beradi. Bu esa yer osti suvlarini umumiy mineralizatsiya kotarilishiga tuproqlarni qayta shorlanishiga va injenergeologic jarayonlarni rivojlanishiga va oqibatda geologic muhitni sifatini yomonlashishiga olib keladi kuzatsak, geologic muhitni texnogen qayta ozgarishi kompleks texnogen jarayonlar tasiri ostida sodir boladi. Shunday qilib, litosferaning yuqori qismida jarayonlarni turli- tunamligi – insonning injenerlik faoliyati, xarakteri va shakllanish sharoiti boyicha gidrogeologik , injener-geologik va geokriologikva kompleks texnogen jarayonlarga bolish mumkin. Bu barcha kompleks texnogen jarayonlar ekzogen faktorlar ta`siri ostida shakllanadi.




  1. Radioaktiv moddalar haqida yozing ?

Radioaktivlik (lotinchadan radio — nurlanish, radius — nur va activus — taʼsirchan) 1896-yilda fransuz olimi Anri Bekkerel kashf etdi. Turgun bolmagan yadrolarning boshqa yadrolar yoki еlementar zarrachalar chiqarish bilan kechadigan oz-ozidan parchalanishiga radioaktivlik deyiladi. Bu jarayonning boshqa yadroviy ozgarishlardan farq qildirib turuvchi xarakterli xususiyati uning oz-ozidan sodir bolishi (spontanligi)dir. Radioaktiv moddalar ma’lum xususiy xossalariga ega bo‘lib, inson organizmiga ta’sir qilishi natijasida xavfli vaziyat vujudga kelishi mumkin. Radioaktiv moddalarning eng xavfli tomoni shundaki, uning ta’sirini inson organizmidagi sezish organlariga sezilmaydi. Ya’ni inson radioaktiv nurlar ta’sirida uzoq vaqt ishlashiga qaramasdan, ularning zararli ta’sirlarini mutlaqo sezmasligi mumkin. Buning natijasi esa ayanchli tugaydi. Shuning uchun ham radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, ayniqsa, o‘ta ehtiyotkor bo‘lish kerak. Inson organizmining radioaktiv nurlanishi ichki va tashqi bo'lishi mumkin. Tashqi tomondan nurlanish ma’lum tashqi nurlanuvchi manba ta’sirida kechganligi sababli, tarqalayotgan nurlarning kirib borish kuchi katta ahamiyatga ega. Kirib borish kuchi yuqori bo'lgan nurlarning organizmga zarari ham kuchliroq bo'ladi. Ichki nurlanish nur tarqatuvchi moddalar inson organizmining ichki tizimlariga, masalan, yemirilgan teri qatlamlari orqali qonga, nafas olish a’zolari, o'pkaga va shilimshiq moddalarga, ovqat hazm qilish a’zolariga tushib qolgan taqdirda ro'y beradi. Bunda nurlanish nur tarqatuvchi modda qancha vaqt nurlansa yoki qancha vaqt davomida organizmda saqlansa, shuncha vaqt davom etadi. Shuning uchun ham radioaktiv moddalarning katta parchalanish davriga va kuchli nurlanishga ega bo'lganda, ayniqsa, xavfli hisoblanadi. Radioaktiv nurlanishlar ta’sirida organizmning umumiy qon aylanish tizimining buzilishi kuzatiladi. Bunda qon aylanish ritmi susayadi, qonning quyilish xususiyati yo'qola boradi, qon tomirlari, ayniqsa, kapilyar qon tomirlari mo'rt bo'lib qoladi, ovqat hazm qilish a’zolarining faoliyati buziladi, odam ozib ketadi va organizmning tashqi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyati kamayadi Radioaktiv nurlarning alfa va beta nurlari tashqaridan ta’sir ko'rsatganda organizmning teri qavati yetarlicha qarshilik ko'rsata oladi. Ammo bu radioaktiv nurlar ovqat hazm qilish a’zolariga tushib qolganda ularning zararli ta’siri kuchayib ketadi. Ko'pchilik radioaktiv moddalar organizmning ba’zi bir qismlarida yig'ilish xususiyatiga ega. Masalan, jigar, buyrak va suyaklarda yig'ilishi butun organizmni tezda ishdan chiqaradi. . Nurlanish, birinchi navbatda, organizmda ilikni shikastlaydi, buning natijasida qon hosil bo'lish jarayoni buziladi (qon saratoni kasalligiga duchor qiladi), nurlanish ovqat hazm qilish yo'lining hujayralariga — me'da va ichaklarning shilliq qatlamlariga ta'sir ko'rsatadi. Katta dozalardagi nurlanish nobud bo'lishga olib keladi, kamroq dozalarda esa qator kasalliklar (nur kasalligi) paydo bo'ladi. Radioaktiv nurlanishlar kishi organizmining hammasiga birdan ta’sir ko'rsatmasdan, ba’zi bir a’zo va hujayralarini ko'proq zararlashi aniqlangan



  1. Atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ekologik qonunlar haqida yozing ?O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tarkibidagi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi Davlat ekologik nazoratini amalga oshirishda qo‘llaniladigan asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar:O‘zbekiston Respublikasining qonunlari Sana, raqam «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida» 717-I-son, 24.12.1998 y.«Ekologik nazorat to‘g‘risida» O‘RQ-363-son, 27.12.2013 y.«Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida» № 754-XII-son, 9 dekabrya 1992 y.«Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida» 353-I-son, 27.12.1996 y.«O‘rmon to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘RQ-475-son, 16.04.2018 y.;«O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida» O‘RQ-409-son, 21.09.2016 y.; «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘RQ-408-son, 19.09.2016 y.; «Chiqindilar to‘g‘risida» 362-II-son, 05.04.2002 y.«Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»710-II-son, 03.12.2004 y.; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari«Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida» PQ-5490-son, 27.07.2018 y.;O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari «Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 920-son, 07.11.2018 y.;«Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 820-son, 11.10.2018 y.; «O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 29-son, 15.01.2019 y.;




  1. Antropogen omillar va ularning oqibatlari haqida yozing ?Antropogen omillar, muhitning antropogen omillari — odam va uning xoʻjalik faoliyatining oʻsimlik, hayvon va boshqatabiat komponentlariga taʼsiri bilan bogʻliq omillar guruhi. Odam tabiatga taʼsir koʻrsatib, uni oʻz ehtiyojlariga moslashtirib,Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani oʻzgartiradi, bu esa oʻsimliklarning kamayishi, ayrim oʻsimlik va hayvon turlarining qirib yuborilishi, oʻsimliklar introduksiyasi va boshqalarga olib keladi. Odamning tabiatga bilvosita taʼsiri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini, yerning ustki qatlamini, tuproq strukturasi va boshqalarni oʻzgartirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Qoʻriqerlarni oʻzlashtirish, monokulturali (bir ekinli) agrotsenozlar barpo etish va boshqa tadbirlar tabiiy biotsenozlarnit oʻzgarishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Atom sanoatining rivojlanishi, ayniqsa atom qurollarini sinash, suv, atmosfera va tuproqni ifloslantiruvchi sanoat chiqindilarining koʻpayib borishi muammolari muhim boʻlib bormoqda. Odam madaniy oʻsimliklar va uy hayvonlari uchun maʼlum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda koʻpaytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda buzilishlarga olib keladigan faoliyat kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ekinlarni notoʻgʻri sugʻorish yerning shoʻrlanishi va eroziyaga olib keladi; yerni ortiqcha quritish oʻsimliklar qoplamini oʻzgartiradi. Hozirgi zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharoitlar yaratib berib, oʻz navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim muammoga aylantirdi. Antropogen omillar inson faoliyatining tabiatga taʼsiri natijasida yuzaga keladi.


  1. Tabiatga fizik va kimyoviy ta’sirlar haqida yozing Ta’kidlash kerak, kimyo sanoati korxonalari bugungi globallashuv va iqlim o‘zgarishlari sharoitida atrof-muhit muhofazasi borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishlari lozim. Xususan, kimyo sanoati obyektlarida zararli moddalar chiqarilishini kamaytiradigan zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish usullaridan foydalanishlari, bunda chiqindisiz(kam chiqitli) texnologiyalar, energiya tejovchi jarayonlar va zamonaviy emissiya nazorati tizimlaridan kengroq va samarali foydalanishi lozim bo‘ladi.Shuningdek, aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish, korxonalarning mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish sexlaridagi zamonaviy texnologik jarayonlarini qo‘llash orqali suv resurslaridan samarali foydalanish, ularning ifloslanishini kamaytirish, yer resurslarini muhofaza qilish hamda ishlab chiqarish faoliyatida “nol” chiqindi tamoyilini joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanishning innovatsion yechimlarini joriy etish maqsadga muvofiqdir.Atmosfera havosiga ta’sir xavfi yuqori bo‘lgan kimyo sanoati korxonalarining atmosferani ifloslantiruvchi ustuvor manbalarida avtomatik stansiyalar, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatuv punktlarini o‘rnatish va Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish atrof muhit muhofazasi samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Bunda, ekologik talablarning buzilishi holatlarini aniqlash maqsadida kimyo korxonalari faoliyatining tizimli monitoringi va nazoratining amalga oshirilishi, emissiyalar sifati, chiqindilarni utilizatsiya qilish, uskunalar xavfsizligi va boshqa muhim jihatlar davlat va jamoatchilik nazoratiga olinishi lozim.Xulosa qilgan holda qayd etish joizki, bugungi global rivojlanish va iqlim o‘zgarishlari sharoitida iqtisodiyotning sanoat tarmoqlarida “yashil” texnologiyalarni qo‘llash orqali tabiatga yetkazilayotgan zararni keskin kamaytirish ishlab chiqarish va tabiat uyg‘unligini ta’minlash imkonini beradi. Bu esa pirovard natijada yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi.




  1. Texnika xavfsizligi.Laboratoriya jixozlari, asbob-uskunalar va kimyoviy idishlar haqida yozing?Laboratoriyalarda xavfsizlik texnikasi qoidalari: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan “Qoida”larga ko‘ra laboratoriyalardagi ishlarga tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va xavfsizlik texnikasi qoidalarini yaxshi o‘zlashtirgan hodimlar ishga qo‘yiladi. Laboratoriyalarga mashg‘ulot paytida chet odamlarning kirishi taqiqlanadi. Tajriba o‘tkazish uchun zarur moddalar shu tajriba uchun kerakli miqdorda laboratoriya hodimi tomonidan beriladi. Moddalarni qo‘lda olmay, balki shpatel, chinni qoshiqchalarda olish kerak. Zaharli bug‘ va gazlar ajralib chiqadigan tajribalarni vintelyastiyasi yaxshi ishlaydigan mo‘rili shkafda o‘tkaziladi. Kislota, ishqor, oltingugurtli birikmalar, yonuvchi moddalar va tajribadan keyingi eritmalarni qoldiqlari rakovinaga to‘kilmay, balki shu maqsad uchun ajratilgan shisha idishlarga quyilishi kerak. Rakovinalarga qog‘oz, qum va boshqa qattiq moddalar tashlanmasligi kerak. Har qanday moddadan foydalanishdan oldin uning etiketkasini diqqat bilan ko‘rish kerak. To‘kilib yoki sochilib ketgan moddalarni qaytadan idishga solishga ruxsat etilmaydi. Laboratoriyalarda biron moddani hidlab ko‘rishda ehtiyot bo‘lish, bunda idishni burunga tutib to‘la nafas olish yaramaydi, balki idishdagi moddabug‘i yoki gazni qo‘l bilan o‘ziga yelpitib ohista hidlash tavsiya yetiladi. Kuchli zaharli moddalarni hidlash mutlaqo mumkin emas. Idish ichida biror suyuqlik qaynab turgan bo‘lsa yoki biror suyuqlik quyilayotgan moddalarga engashib qarash ta’qiqlanadi, chunki suyuqlikning mayda tomchilari ko‘zga sachrashi mumkin. Alangalanuvchi va portlovchi moddalarni qattiq qizigan buyumlar va alanga oldida ushlab turmaslik kerak. Yonayotgan gaz gorelkalari, spirt lampa va elektr tokiga ulangan elektr asboblarini qarovsiz qoldirish taqiqlanadi. Ish xonalarida suv jo‘mraklarini berkitib, elektr asboblarini o‘chirib qo‘yishni unutmaslik kerak.




  1. Atmosfera havosi ifloslanishi haqida yozing ?Havoning ifloslanishi — atmosferada odamlar va boshqa tirik mavjudotlar sogʻligʻiga hamda iqlimga zarar yetkazuvchi moddalarning mavjudligi sababli kelib chiqqan ifloslanish. Gazlar (shu jumladan ammiak, karbon monoksit, oltingugurt dioksidi, azot oksidi, metan, karbonat angidrid va xlorftorokarbonlar, qattiq zarralar (organik va anorganik) va biologik molekulalar kabi havoni ifloslantiruvchi moddalarning har xil turlari mavjud. Havoning ifloslanishi odamlarni kasalliklarga yoʻliqtirishi, ularda allergiyalarni paydo qilishi va hatto oʻlimga olib kelishi mumkin; u hayvonlar va oziq-ovqat ekinlari kabi boshqa tirik organizmlarga hamda tabiiy muhitga (masalan, iqlim o'zgarishi, ozon qatlamining yemirilishi yoki yashash muhitining buzilishi) yoki atrof-muhitga (masalan, kislotali yomg'ir orqali) zarar yetkazishi mumkin. Atmosferaning ifloslanishiga inson faoliyati ham, tabiat hodisalari ham sabab boʻla oladi. Havoning ifloslanishi nafas olish yoʻllari infeksiyalari, yurak kasalliklari, KOAH, insult va oʻpka saratoni kabi ifloslanish bilan bogʻliq bir qator kasalliklar uchun muhim xavf omilidir. Mavjud muammo borasida olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, havo ifloslanishi IQ koʻrsatkichlarining pasayishi, idrokning buzilishi, ruhiy tushkunlik va perinatal salomatlikka zarar yetkazish kabi psixiatrik kasalliklar xavfining oshishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Havoning yomon sifati inson salomatligiga taʼsiri juda keng boʻlib, asosan tananing nafas olish tizimi va yurak-qon tomir tizimiga taʼsir qiladi.Faqat qazib olinadigan yoqilgʻidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan tashqi havo ifloslanishi har yili 3,61 million kishining oʻlimiga sabab boʻladi, bu antropogen ozon va PM2,5 bilan birga (2,1 million) inson oʻlimiga eng koʻp hissa qoʻshuvchilardan[8] biriga aylangan. Havoning sifati odatda havodagi PM2,5 zarralari konsentratsiyasi bilan oʻlchanadi, bu odatda diametri 2,5 mikrometr yoki undan kichik boʻlgan, nafas bilan yutiladigan mayda zarralarni tavsiflaydi. JSST standart meʼyori — 10 mkg/m3 ni tashkil qiladi. Umuman olganda, har yili dunyo boʻylab 7 mln kishi havoning ifloslanishi oqibatida vafot etadi yoki oʻrtacha umr koʻrish davomiyligining qisqarishiga (2,9 yil) sabab boʻladi va bu kamida 2015-yildan buyon sezilarli progressga erishmagan dunyodagi eng katta ekologik xavf hisoblanadi. Ichki havoning ifloslanishi va shahar havosining yomon sifati dunyodagi eng zaharli ifloslanish muammolaridan ikkitasi sifatida Blacksmith Instituti tomonidan 2008-yildagi dunyoning eng ifloslangan joylari hisobotida qayd etilgan. Atmosfera ifloslanishi inqirozining koʻlami juda katta: dunyo aholisining 90 foizi maʼlum darajada toza boʻlmagan havodan nafas oladi. Sogʻliq uchun yomon oqibatlari keng boʻlsa-da, muammoni hal qilish usuli asosan tasodifiy yoki eʼtibordan chetda qolgan.Havoning ifloslanishi natijasida hosildorlikning yoʻqolishi va hayot sifatining yomonlashishi jahon iqtisodiyotiga yiliga 5 trillion dollarga tushadi. Havo siatining yomonlashuvini kamaytirish uchun ifloslanishlarni turli xil nazorat qilish texnologiyalari va strategiyalari mavjud. Atmosfera ifloslanishining salbiy oqibatlarini cheklash uchun bir qancha xalqaro va milliy qonunchilik hamda meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilgan. Mahalliy qoidalar toʻgʻri bajarilganda, sog'liqni saqlash sohasida sezilarli yutuqlarga erishilgan. Ushbu saʼy-harakatlarning baʼzilari jumladan, ozonosferani buzuvchi zararli kimyoviy moddalarning chiqarilishini ozaytiradigan Monreal protokoli va oltingugurt emissiyasini kamaytiradigan 1985-yildagi Helsinki protokoli xalqaro darajada muvaffaqiyatli boʻlib, iqlim o'zgarishi bo'yicha xalqaro harakatlar bundan mustasno.




  1. O’simliklarning dekorativ va sanitar-gigiyenik xususiyatlari haqida yozing ?Manzarali oʻsimliklar, dekorativ oʻsimliklar — kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishda foydalaniladigan turli botanik oilalarga mansub madaniy va yovvoyi oʻsimliklar guruhi. M.oʻ. shahar va qishloqlarni koʻkalamzorlashtirish, istirohat bogʻlari, ijtimoiy, ishlab chiqarish binolari va turar joylarni bezatish, guldastalar yasash uchun oʻstiriladi. Chiroyi, barglari, gullari, mevalari rangi, tanasining gʻaroyib shakllari (shoxlari osilgan, soyabonsimon, us-tunsimon) bilan tavsiflanadi. Bir qator belgilariga, mas, hayot shakliga koʻra — daraxtlar, butalar, chala butalar, oʻt oʻsimliklarga, poyasi shakliga koʻra, tik oʻsadigan, ilashib oʻsadigan, pastak, yoyilib oʻsadigan, osilib oʻsadigan va boshqalarga boʻlinadi. M.oʻ. biologik xususiyatlari hamda agrotexnika talablariga qarab: daraxt va butalarga, koʻp yillik, ikki yillik, bir yillik, boshoqsosh (gʻallagulli), piyozli va boshqa oʻsimlik guruhlariga boʻlinadi. M a n zarali daraxt va butalarga yaprokdi, igna bargli, doim yashil va barg toʻkuvchi oʻsimliklar kiradi. Xiyo-bon, koʻchalarga, hovuz va koʻl boʻylariga eman (dub), kashtan, chinor, akatsiya, oq qayin, majnuntol, terak, sarv, oq qaragʻay, shamshod, doʻlana, archa; shiy-pon va ayvon tevaragiga ilashib usuvchilar — tok, chirmoviq, butalardan atirgul, siren va boshqa ekiladi. Koʻp yillik Manzarali oʻsimliklar ga istirohat bogʻlari, xiyobonlarda oʻstiriladigan sergul, serbarg va manzarali mevali usimliklar kiradi. Iliq iqlimli mamlakatlarda koʻp iilliklarning qishda ochiq dalada qoladigan va koʻchirib olib, issikxonada saqlanadigan xillari bor. Baʼzi koʻp yilliklar iqlimi sovuq mintaqalarda bir yillik oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Ular bahorda ildiz, ildizpoya, ildizmeva, piyozchasidan oʻstiriladi. Koʻp yillik oʻsimliklar bir yerda 3—5 yil va undan ortiq usadi. Qalamchasi va urugʻidan koʻpaytiriladi. I k k i yillik Manzarali oʻsimliklar xushmanzara gulli oʻsimliklar boʻlib, birinchi yili tupbarg , ikkinchi yili gulli va mevali poya hosil qiladi. Bu guruhga, shuningdek, ikki yillik si-fatida ustiriladigan baʼzi kup yillik oʻsimliklar ham kiradi. Bulardan, asosan, gulzor barpo etishda foydalaniladi. Bir yillik Manzarali oʻsimliklar ga urugidan ekiladigan va Usuv davri bir yil davom etadigan oʻsimliklar, birinchi yili gullaydigan, lekin sovuqqa chidamsiz oʻsimliklar ham kiradi (mas, geliotrop, itogʻiz, funksiya, lobeliya va boshqalar). Bir yillik oʻsimliklarga chiroyli gullaydigan, naqsh barglilar, "gilam" hosil qiladigan, novdalari osilib turadigan ampal va boshqa oʻsimliklar guruhi kiradi. Iliq iqlimli hududlarda koʻpchilik bir yillik oʻsimliklar vegetatsiya davrini uzaytirish va erta gullashi uchun mart— aprelda parnik va oranjereyalarga ekiladi, soʻngra ochiq yerga kuchiriladi, ayrimlari toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq yerga ekiladi. Bularga qoʻqongul, xinagul, tirnoqgul, koʻknorgul, nastursiya, petuniya, tamakigul, baxmalgul, ipomeya va boshqa kiradi. Gʻalla gulli M.oʻ. boshoqdoshlarga mansub boʻlib, gulchilikda guddastalar tayyorlashda foydalaniladi. Maysazorlarga yakka va guruhlab ekishda baland oʻsadigan, gulzor chetlariga va guruxlab ekishda past oʻsadigan gʻallagulli oʻsimliklardan foydalaniladi. Piyozli Manzarali oʻsimliklar piyozguldoshlar va chuchmomaguldoshlarga mansub boʻlib, manzarali bogʻdorchilikda koʻpaytiriladi. Bularga boy-chechak, lola, nargis, giatsintlar, piyozgul va boshqa kiradi. Asosan, piyozchalaridan koʻpaytiriladi.Manzarali oʻsimliklar urugʻi, koʻchatlari, qalamchalari manzarali bogʻdorchilik xujaliklarida yetishtiriladi, yangi manzarali Usimliklarni madaniylashtirish va ularni tarqatish bilan botanika bogʻlari va dendrariylar shugʻullanadi (yana q. Gulchilik).




  1. Tuproqda og’ir metallarning tarqalishi haqida yozing ?

  2. Urbanizatsiya va atrof-muhit haqida yozing ?

  3. Demografiya va ekologiya haqida yozing ?

  4. Ekologiya va xalqaro hamkorlik haqida yozing ?

  5. Atmosferani tozalash metodlari haqida yozing ?

  6. O’zbekistonda atmosfera havosining ifloslanishi muammosi haqida yozing ?

  7. Atmosfera havosi ifloslanishi haqida yozing ?

  8. Kam chiqitli va chiqindisiz texnologiyalar haqida yozing ?

  9. Tuproqlarni muhofaza qilish muammolar

  10. Tuproqda og’ir metallarning tarqalishi haqida yozing ?

  11. Litosfera ekologiyasi va salomatlik muammolari haqida yozing ?

  12. Atrof-muhitni ifloslanish yo’llari haqida yozing ?

  13. Tuproqlarning og’ir metallar bilan ifloslanishi haqida yozing ?

  14. Og’ir metallarning o’simlik va hayvonlar organizmlarida to’planishi haqida yozing ?

  15. Atmosferaning ifloslanish muammolari haqida yozing ?

  16. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari haqida yozing ?




Download 46.03 Kb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page