Baholash ishi va investitsiyalar


-rasm. MR orqali regulyativ bog’langan o'zaro ekvivalent bo'lgan NP va BP tarkibdan iborat IIHT sxematik modeli



Download 1.76 Mb.
Page25/116
Date02.04.2024
Size1.76 Mb.
#63972
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116
Baholash ishi va investitsiyalar
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
5.1-rasm. MR orqali regulyativ bog’langan o'zaro ekvivalent bo'lgan NP va BP tarkibdan iborat IIHT sxematik modeli
Ushbu modelda (5.1-rasm): TO - milliy NP va BPga bir vaqtda ta'sir ko'rsatuvchi tashqi omillar; NCHK - NPning chiqish ko'rsatkichlari (indikatorlari); BCHK - BPning chiqish ko'rsatkichlari; MR - BP va NP uchun umumiy bo'lgan makroregulyator; NFO va BFO - MR tomonidan ishlab chiqiladigan hamda mos ravishda NP va BP funktsiyalariga ta'sir etadigan ichki omillar; NTO va BTO - MR tomonidan ishlab chiqiladigan hamda mos ravishda NP va BP tuzilmalariga
ta'sir etadigan ichki omillar. MR, TOni hisobga olgan holda, NCHK va BCHK asosida ichki omillar (NFO, BFO, NTO, BTO) ishlab chiqishdan iborat bo'lgan makro darajada muvozanatlaydigan mexanizm funktsiyasini bajaradi. Bu omillarning barchasi o'zaro sabab-oqibatlilik aloqasida bo'ladi.



  1. Ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiyaga asoslangan mulk to'g’risidagi multifan asoslari

Ijtimoiy-iqtisodiy-huquqiy tizimni (IIHT) tizimli tadqiq etish va uning tizimli masalalari kompleks yechimi maqsadiga yo'naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiya (IIS) qoidalari mazkur IIHT tarkibiga kiruvchi 1-3-mavzularda keltirilgan zamonaviy mulkchilik tizimini (uning atributlari - zamonaviy mulk, ne'mat, boylik va ular bilan bog’liq huquqlar sifatidagi fuqarolik huquqlarining ob'yektlari, uning qiymati, qimmati, narxi, nafligi, foydaligi, mulkiy huquq sub'yektlari, mulk bozorlari, mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori, mulkiy munosabatlar va bularning barchasi bilan bog’liq boshqa unsur va jihatlar - bilan birga) tizimli o'rganishning ilmiy-metodologik bazisi bo'lib xizmat qilishi mumkin degan xulosa o'rinli. Zero, bunday xulosa tizimli yondashuvni qo'llovchi IISning keng imkoniyatlari uni ob'yekti bo'lmish IIHT mulkchilik tizimini ham qamrab olishi bilan bog’liq. Bunda IIS qoidalariga ko'ra, zamonaviy mulkchilik tizimi o'rganilishi maqsadida ushbu tizim atributlari mazmum-mohiyatiga mos ravishda turli fanlarning intellektual ishlanmalarini samarali garmonizatsiya (integratsiya) qilish bilan bog’liq IIS hosilasi sifatidagi g’oya nazarda tutiladi. Mazkur kontekstga mos ravishda aytish mumkinki, ushbu g’oya IIS mazmuniga mos ravishda zamonaviy mulk va u bilan bog’liq mulkchilik tizimi (qisqacha aytilsa - mulk) to'g’risidagi multifan nazariyasini ma'noga ega ekanligi fikrini keltirib chiqaradi.


Shu bilan birga aytish mumkinki, bunday g’oyaning ma'noga egaligi fikrini mulk, ne'mat, boylik, uning qiymati, narxi va qimmatliligi, naf, foydalilik kategoriyalari to'g’risidagi qadimgi dunyo va o'tgan asrlar Yevropasi iqtisodiyot fani namoyondalari qarashlarining tahlili (1.1-ma'ruza, 3.1- va 3.2-ma'ruzalarga qaralsin) ham ko'rsatadi. Zero, bu namoyondalarning atomistik (o'sha davrlardagi sharoitlar bilan chegaralgan) qarashlari iqtosodiyot nazariyasi tarixiy rivojlanishining ilmiy bazisi va zamonaviy mulkni tizimli o'rganish metodologiyasining boshlang’ich manbai bo'lib xizmat qiladi. Lekin bunday qarashlarning alohida qo'llanilishga aoslangan yo'l zamonaviy mulkni tizimli tadqiq etish va tizimli masalalarini kompleks yechish uchun universal ilmiy-nazariy bazis bo'la olmaydi.
Shunday qilib aytish mumkinki, zamonaviy mulkchilik tizimi kompleks o'rganilishi maqsadida ushbu tizim atributlari mazmum-mohiyatiga mos ravishda turli fanlarning intellektual ishlanmalarini tizimli yondashuvni qo'llovchi IIS qoidalari doirasida samarali garmonizatsiya (integratsiya) qilishga asoslangan zamonaviy (turli xil va shakllardagi, xilma-xil jihat, qirra, xossa, ko'rsatkich, bozorlar va funktsiyalarga hamda qo'sh tabiatga ega ne'mat, boylik sifatidagi) mulk to'g’risidagi multifan g’oyasi ma'noga ega.
Yuqorida aytilganlar quyidagi argumentlar bilan ham izohlanishi mumkin.
Birinchidan: 1.1-ma'ruza hamda 3.1- va 3.2-ma'ruzalarda berilgan tarixiy retrospektiv tahlil asosida aytish mumkinki, iqtisodiyot fani doirasida mulk (mulkchilik tizimi va uning atributlari) to'g’risidagi har qanday nazariyaning amal qilish davri iqtisodiy amaliyotning uzluksiz rivojlanishi ta'sirida bo'lganligi sababli chegarlangan bo'ladi. Masalan, mulk (mulkchilik tizimi va uning atributlari) to'g’risidagi XIX asrdagi qarashlar hozirgi davrdagi mulkchilik tizimi va munosabatlari mazmun-mohiyatiga to'liq mos kelavermaydi. Xuddi shunday, hozirdagi nazariy xulosalar uzoq kelajakda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan hodisa va jarayonlar uchun o'ta cheklangan yoki tarixiy-retrospektiv ahamiyatga ega bo'ladi. Vaholanki, zamonaviy nazariyalar ham vaqt o'tishi bilan turli rivojlanish omillari ta'sirida takomillashib boradi. Demak, ertami yoki kechmi mavjud qarash va nazariyalar o'rnini takomillashganroq g’oya va nazariyalar egallashi ehtimoldan holi emas.
Ikkinchidan: HHI asr boshlarida zamonaviy mulk va uning atributlarini kompleks ravishda tizimli tadqiq etish hamda qiymatni baholash va boshqarish bilan bog’liq muammolar borasida iqtisodiyot fanining navbatdagi inqirozi muqarrarligi to'g’risidagi hozirgi zamon nufuzli iqtisodchi olimlarining fikri o'z tasdig’ini topdi. Zero, bu inqiroz 2008 yilda kuchaygan va asorati hozirgacha davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi (JMII) sabab va saboqlari sharoitlarida ayniqsa alohida namoyon bo'ldi. Aynan shu sharoitlarda zamonaviy iqtisodiyot nazariyasining liberalizm va uzluksiz ravishda mulk bozor qiymati (narxi) o'sishini nima bo'lsa ham ta'minlash postulatlari zaif ekanligi yaqqol ko'rindi. Chunki, aynan shu postulatlar asosida jahon moliya bozorining barcha segmentlarida “domino” effektiga o'hshab vujudga kelgan turli real mulk(aktiv)lar bo'yicha “puffaklar” fenomeni JMIIning bosh sababchilaridan biriga aylandi. Afsuski, hozirda ham bu fenomen muammosini bartaraf etish o'z yechimini topmagani ertami yoki kechmi navbatdagi global inqirozning davriy sodir bo'lishi xavfi mavjudligini bildiradi.
Uchinchidan: jamiyat, huquq, siyosat va iqtisodiyot sohalari amaliyotlarining o'zaro uyg’unlikda tez sur'atlar bilan takomillashib borishi mulk (mulk huquqlari), ne'mat (boylik) nazariyasini hamda u bilan bog’liq qiymat, narx, qimmat, naf nazariyalarini ham mos ravishda o'zaro bog’liqlikda takomillashib borishini, umuman olgan, zamonaviy mulkiy munosabatlarda bu kategoriyalar mazmun-mohiyatini bir birga bog’liqlikda kompleks ravishda ochib berish imkonini beruvchi yangicha qarashni, taqazo etadi. Bunda inson sivilizatsiyasining ushbu sohalar uyg’unlashuvi doirasidagi mulkiy munosabatlar tajribasini yillar davomida boyishi, bunda mulkdorlarning qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari, ehtiyojlari ortib, manfaatlari tobora o'sib, ularning haq-huquqlari borgan sari mustahkamlanib va ta'minlanib borishi muhim omillar sifatida qaraladi.
To'rtinchidan: zamonaviy mulkchilik tizimi turli xil va shakllardagi, xilma-hil jihat, qirra, xossa, ko'rsatkich, bozorlar va funktsiyalarga hamda qo'sh tabiatga ega zamonaviy mulkning mazmun-mohiyatiga mos ravishda shakllangan. Zamonaviy mulk hozirda o'z mulkdori (NM) uchun iqtisodiy ta'minlangan, yuridik konstruktsiyaga ega nafli ne'mat (N) sifatida namoyon bo'lgan va o'zida turli axborotni mujassamlashtiruvchi murakkab substantsiya mazmunida qabul qilingan.
Zamonaviy mulk to'g’risidagi multifanni piramida shaklida yuqorida ko'rsatilgan nazariyalarni garmonizatsiyalashtirish g’oyasiga asoslangan holda zamonaviy mulk to'g’risidagi multifan tuzilmasini quyidagi 4.2.1-rasmda berilgan nazariyalar kompleksini ifodalovchi fazoviy piramidal shakldagi model ko'rinishida keltirish mumkin.
Ushbu model asosida quyidagi xossalarni ko'rsatish mumkin:
- nazariyalarni o'zaro uzviy bog’liqlikdagi garmonizatsiyasining fazoviy integratsion shaklga ega ekanini;
- qiymat, narx va qimmat kategoriyalari bir biridan mazmunan farqlansada, ular uchun umumiy bazis bo'lgan mulk(ne'mat)ning ajralmas va ekvivalent atributlari ekanligini;
- mulkdorning tartibli (regulyatsiya qilinuvchi) mulkiy (ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy) munosabatlarining bog’liqligini;
- o'zaro ekvivalent bo'lgan mulk va uning kategoriyalarini kompleks tahlil qilish asosida sifatiy va miqdoriy baholashni muntazam ravishda amalga oshirib borish yo'li bilan regulyatsiya qilinishini;
- mazkur kategoriyalarni tahlil asosida sifatiy va miqdoriy baholashni muntazam ravishda amalga oshirib borish yo'li bilan boshqarish ularning bazisi(mulk)ni boshqarish demakligini;
- mulk va uning kategoriyalarini kompleks yondashuv asosida tizimli tadqiq etilishining maqsadli va tartibli ekanini;
- bir biridan mazmunan farqlanuvchi qiymat, narx va qimmat kategoriyalarining umumiy bazisi mulk(ne'mat) bo'lganligi uchun ularni boshqarish (jumladan, regulyatsiya qilish) jarayoni maqsadida ularning matematik shakldagi funktsiyasi ko'rinishida adolatli qiymat deb ifodalangan integratsiyalashgan yaxlit mezon(kriteriy) qo'llanilishi mumkinligini.
Bu modelda: QN - qiymat nazariyasi; NN - narx nazariyasi; MN - mulk (ne'mat) nazariyasi; AN - qimmat nazariyasi; BRN - boshqarish va regulyatsiya qilish nazariyasi.



Download 1.76 Mb.

Share with your friends:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page