Baholash ishi va investitsiyalar


Mulkning huquqiy va iqtisodiy fantomlarni boshqarish asoslari va institutlari



Download 1.76 Mb.
Page62/116
Date02.04.2024
Size1.76 Mb.
#63972
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   116
Baholash ishi va investitsiyalar
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
2. Mulkning huquqiy va iqtisodiy fantomlarni boshqarish asoslari va institutlari

Zamonaviy mulk to‘g’risidagi multifanga asoslangan metodologik nuqtai nazardan, adolatli qiymat kontsepciyasini qo'llash optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog’liq mulkdor faoliyatining imkoniyatlarini kengaytiradi. Vaholanki, adolatli qiymatni qo'llash hozirda mavjud bo'lgan bozor qiymati, fundamental qimmat, fundamental (iqtisodiy qo'shilgan qiymat, ya'ni, soliqlar ayrilib tashlanganidan qolgan foyda orqali ifodalangan) qiymat, bozor narxi kabi mezonlarning ma'lum kamchiliklarini (real aktivlar bo'yicha “puffak” fenomenini) bartaraf etish zaruratidan kelib chiqadi.


Bunda boshqarishdan manfaatdor mulkdor sifatida NM yoki uning boshqaruvchi vakillari (masalan, ko'chmas mulk bo'yicha rieltorlik tashkilotlari, agentlar va uy-joy boshqaruvchilari, moliyaviy instrumentlar bo'yicha moliyaviy vositachi(masalan, pay va investitsiya fondlari, boshqaruvchi kompaniyalar, vositachi, bank)lar, tovarlar bo'yicha dilerlar va h.k.) bo'lishi mumkin. Bunday vakillar professional institutlar bo'lib, boshqarish bo'yicha xizmatlarni maxsus litsenziya (ruhsatnoma) asosida bajaradi.
Boshqarish - oddiy rieltorlik operatsiyalariga qaraganda ko'chmas mulk bilan ishlashning yuqoriroq darajasi hisoblanadi.
Ko'chmas mulk obyektlarini boshqaruvchi fuqarolik huquqi, marketing, moliyaviy menejment, investitsion tahlil va loyihalarni boshqarishning nazariyasi va amaliyoti kabilar bo'yicha chuqur bilimlarga ega bo'lishi kerak.
Ko'chmas mulk obyektlarini boshqaruvchi - ko'chmas mulk egasi bilan shartnoma asosida va uning manfaatlari doirasida ma'lum vaqt mobaynida, o'z nomidan ushbu ob‘yekt bilan istalgan yuridik va aniq harakatlarni (agar qonun yoki shartnoma bilan to‘g’ridan-to‘g’ri ta‘qiqlanmagan bo'lsa) amalga oshiradigan jismoniy yoki yuridik shahs.
Boshqaruv obyektlari bo'lib nafaqat turli hil qo'llanish sohalariga tegishli (turar joy, ofis, ishlab chiqarish, omborhona va h.k.) alohida binolar va hamma turdagi mulk shakllariga tegishli mulkiy majmualar, balki ularning tegishli tizimlari - mamlakat yoki viloyatning butun uy-joy fondi (munitsipal, hususiy va h.k.), yer fondi va boshqalar ham hisoblanadi.

Download 1.76 Mb.

Share with your friends:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   116




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page