5-jadval. Yuzalarning g‘adir-budirligi
Юзa ѓaдир-бу дирлигининг клaсси
|
Ra
|
Rz
|
Бaзa узунлик, мм
|
8
|
0,63
0,50
|
3,2
2,5
2,0
|
0,8
|
9
|
0,40
0,32
0,25
0,20
|
1,60
1,25
1,00
|
0,25
|
10
|
0,160
0,125
0,100
|
0,80
0,63
0,50
|
11
|
0,080
0,063
0,050
|
0,40
0,32
0,25
|
12
|
0,040
0,032
|
0,20
0,160
0,125
|
13
|
0,025
0,020
0,016
0,012
|
0,100
0,080
0,063
|
0,08
|
14
|
0,010
0,008
0,006
|
0,050
0,040
0,432
0,025
|
Yuza g‘adir-budirligining klassi
|
Ra
|
Rz
|
Baza uzunlik, mm
|
—
|
100
|
1000
800
630
500
400
|
—
|
1
|
80
63
50
|
320
250
200
|
8,0
|
2
|
40
32
25
|
160
125
100
|
|
3
|
20
16
12,5
|
80
63
50
|
2,5
|
4
|
10
8,0
6,3
|
40
32 25,0
|
|
5
|
5,0
4,0
3,2
|
20,0
16,0
12,5
|
0,8
|
6
|
2,5
2,0
0,8
|
10,0 8,0
|
|
7
|
1,25
1,00
0,80
|
6,3
5,0
4,0
|
|
Eslatmalar: 1. Yuzaning g‘adir-budirligi klasslarini 1980 yilgacha, ilgari chiqarilgan hujjatlardan foydalangan holda qo‘llash mumkin edi.
2. Boshqalariga nisbatan afzalroq bo‘lgan parametrlar qiymatlari ostiga chizib ko‘rsatilgan.
175-rasm.
177-rasm.
176-rasm
Agar yuzalarning bir qismi g‘adir–budirligi bir xil bo‘lishi kerak bo‘lsa, u holda chizmaning yuqorigi o‘ng burchagida bu g‘adir–budirligining belgisi joylashtiriladi va uning yonida () belgi qavs ichida ko‘rsatiladi (177-rasm). Bu shuni ko‘rsatadiki, tasvirlarda g‘adir-budirligi belgisi yoki belgi qo‘yilmagan barcha yuzalar qavs oldida ko‘rsatilgan g‘adir-budirligiga ega bo‘lishi kerak.
A gar yuzalardan bir qismi yetkazib beriladigan holatida saqlanadigan bo‘lsa, u holda chizmaning yuqorigi o‘ng burchagida belgi oldiga belgi qo‘yiladi.
Savollar:
Yuzaning g‘adir–budirligi deb nimaga aytiladi?
G‘adir–budirlikning qanday ko‘rsatkichlari bor?
Silliqlikning nechta guruhi bor?
7.5. Eskizlar
Detalning asliga qarab, qo‘lda chizma asboblarsiz ko‘z bilan chamalab, masshtabga rioya qilmagan holda bajarilgan chizmasiga eskiz deb ataladi.
Eskiz chizish detallarning ish chizmalarini to‘zishda va buyumlarni loyihalashda muhim ahamiyatga egadir. Eskiz chizishdan maqsad o‘quvchilarning chizma chizish qobiliyatini oshirish, ularning fazoviy tasavvurlarini kuchaytirishdir. O‘quvchilar eskiz bajarishni ikkinchi darajali deb e’tibor qilmasliklari mumkin, lekin bu katta xato hisoblanadi. Masalan, har qanday muhandis, texnik yoki konstruktor o‘zining yaratmoqchi bo‘lgan fikrini faqat eskiz chizish bilan amalga oshiradi. Shunday ekan, detallarni eskizini chizib o‘rganish foydadan xoli emas. O‘quvchilarning bilim saviyasini tekshirish uchun ham eskiz chizishdan foydalanish mumkin. Eskizlar GOST 2.301 – 81 ga asosan A4, A3 formatli katakli yoki millimetrli qog‘ozlarda, yumshoq (M, 2M) qalamlar bilan bajariladi. Asosiy yozuv uchun ramkasi 18555 mm bo‘ladi. Eskizlar GOST 2.302-81 dan tashqari hamma GOSTlarga amal qilgan holda bajariladi. Ishlab chiqarishda ko‘pincha detallar bevosita eskizlari bo‘yicha bajariladi. Shuning uchun eskizda detalning ish chizmasida berilgan barcha ma’lumotlar berilishi lozim. Eskiz ish chizmasidan faqat qo‘lda va detalning o‘lchamlarini e’tiborga olmay chizilganligi bilan farq qiladi. Ish chizmasidagi kabi eskizlarda ham kerakli qirqim va kesimlar ayrim joy ko‘rinishlar, mahalliy va to‘liq o‘lchamlar qo‘yiladi. Detal sirtining g‘adir-budirlik markasi ham ko‘rsatiladi.
Eskizlarni juda kichik qilib bajarish tavsiya qilinmaydi. Detal chizmasining kattaligi uning o‘lchamiga va qog‘oz formatiga qarab chiziladi. Eskiz chizishdan oldin detal sinchiklab qaraladi va bosh (frontal) ko‘rinish tanlanadi. Shunga mos ravishda qolgan proyeksiyalar chiziladi. Eskizlarni bajarish quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
1-bosqich. Detalning bosh ko‘rinishini tanlash, boshqa ko‘rinishlar soni va qog‘ozning formati belgilanadi. Formatning hoshiya (ramka) chiziqlari chiziladi, asosiy yozuv uchun joy qoldiriladi. Detalning har bir ko‘rinishi uchun tashqi konturi, ayrim elementlari orasidagi nisbatlar saklangan holda ingichka chiziq bilan simmetrik va aylanalar uchun o‘q chiziqlari bajariladi (178-a,rasm).
2-bosqich. Detalning ichki va Tashqi chiziqlari ingichka tutash chiziq bilan chiziladi. Ichki ko‘rinmas chiziqlari qirqim va kesimlar bajarishni nazarda tutib bajarilishi kerak (178-b,rasm)
3-bosqich. Ortiqcha chiziqlar o‘chiriladi, zarur bo‘lgan qirqim va kesimlar bajariladi. Detalga kerakli o‘lcham chiziqlari, chiqarish chiziqlari ingichka chiziqda bajariladi. O‘lcham chizig‘ida strelkalar, detal elementlari, aylana, kvadrat, radius, sfera va hakozolar bajariladi. Sirtlarning g‘adir- budirlik belgilari qo‘yiladi, GOST 2.303–81 ga muvofiq ko‘rinadigan chiziqlar yo‘g‘onlashtirilib chiqiladi (178-v,rasm).
4-bosqich. Detalning aslidan o‘lchash asboblar bilan o‘lchamlari olinib detal eskiziga yozib qo‘yiladi. Detalni tashkil etuvchi sirtlarning g‘adir- budirlik markasi yoziladi. Eskizning asosiy yozuvlari to‘ldiriladi. Zarur bo‘lgan holda detalga oid barcha texnik talablar va izohlar yozib qo‘yiladi (178-g,rasm).
Share with your friends: |