Cooh, palmitin C



Download 24.24 Kb.
Date07.04.2024
Size24.24 Kb.
#64008
8 СОВУН ОЛИШ (1)

SOVUN OLISh
Kir yuvish va yuvinishda ishlatiladigan odatdagi sovun olish uchun xom ashyo xayvon yoglari(qattiq) yoki usimlik moylari(suyuq) hisoblanadi. Yoglar glitserin va yuqori molekular karbon kislotalarning murakkab efirlaridir. Xayvon yoglari tarkibiga yuqori molekular tuyingan kislotalar aralashmasi kiradi (laurin C11H23COOH, palmitin C15H31COOH, stearin C17H35COOH) usimlik moylari tarkibiga esa tuyinmagan kislotalar kiradi (olein C17H33COOH, geksadetsen C15H29COOH, linol C17H29COOH).
Xozirgi vaqtda sovun olish uchun asosiy xom ashyo usimlik moylari bo‘lib, ular katalizator ishtirokida (masalan, nikel) vodorod bilan gidrogenlab qattiq yogga (salomas yoki margarin deb ataladi) aylantiriladi. Sovun olish bir necha boskichda olib boriladi:
1. Gidroliz, avtoklavda (moddalarni yuqori bosim ostida qizdirish uchun ishlatiladigan apparat) 523-573 K haroratda va 25·105 va 30·105 Pa bosimda yoglarni suv bugi bilan parchalash.
2. Olingan yog kislotalarini tozalash.
3. Kislotalarni natriy yoki kaliy gidroksidi (yoki kalsinatsiyalangan soda) bilan sovunlash
Sovun olishni quyidagi reaksiyalar yordamida sxematik tarzda ko‘rsatish mumkin:


CH2 –OO CR CH2 –OH

CH –OO CR + 3H2O CH–OH + 3RCOOH

CH2 – OOCR CH2 – OH



RCOOH+NaOH RCOONa+H2O

bunda R = C11H33, C15H31, C17H31 va boshqalar


Yuqori molekular yog kislotalarining natriy yoki kaliyli tuzlari bu odatdagi sovun hisoblanadi.
Natriyli sovun qattiq, kaliylisi esa suyuq sovunning navi, uning tarkibida yog kislotalarining foiz miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Bizning sanoatimizda 72%, 70 % va 60% li sovunlar ishlab chiqariladi. Yuqori sifatli sovunlarga rang va yokimli xid beruvchi moddalar qo‘shiladi.
Ishning maqsadi. ozik-ovkat xom-ashyosidan sovun olish va namunada yog kislotasi miqdorini aniqlash,
Kerakli jihozlar va reaktivlar: chinni stakan (100-150 ml hajmli, 2 dona),100-250 ml hajmli kolba, shisha tayoqcha, yog, natriy gidroksidi, etanol
yoki prapanol, natriy xloridning tuyingan eritmasi (r=1,16-1,18 kg m3),atir sovun, xlorid kislota.
Ishning bajarilishi. Sovun olish. Natriy gidroksidining spirtdagi eritmasi bilan yog‘lar gidroliz qilinadi. Buning uchun 6g yog o‘lchab olinib, chinni stakanga solinadi va suyuqlanguncha qizdiriladi. Natriy gidroksid eritmasi 2,5 NaOHni 6ml suv va 15 ml etanol yoki prapanol-1da eritib tayyorlanadi. NaOHning spirtdagi eritmasi suyuqlangan yog‘ ustiga aralashtirib turilgan holda quyiladi. Hosil bo‘lgan eritma 10-15 minut qaynatiladi, so‘ngra uning ustiga 10-15 ml natriy xloridning tuyingan eritmasi quyiladi va sovuk suvli hammomda sovutiladi. Aralashma yuzida hosil bo‘lgan sovun qavatini stakandan ajratib olinadi, filtr qog‘ozi bilan yaxshilab quritiladi va o‘lchanadi. Olingan yog‘ga nisbatan sovunning unumi aniqlanadi.
Yog‘ kislotalari miqdorini aniqlash. 5g atir yoki kir sovun o‘lchab olinadi va yupqa qavatlarga bo‘lib kesiladi, 100 ml hajmli stakanga solinib, uning ustiga 50 ml distillangan suv quyiladi va sovun tulik erib ketguncha yopiq elektr plitkasida qizdiriladi. Hosil bo‘lgan eritmaga 10 ml (1:1nisbatda) suyultirilgan xlorid kislotasi quyiladi va eritma ustida moysimon kavat hosil bulguncha davom ettiriladi. (stakandagi eritmaga shisha tayoqcha botirib qo‘ysangiz tajriba yaxshi boradi). So‘ngra stakan sovutiladi, shisha tayoqcha olinadi, hosil bo‘lgan teshikchadan suyuqlik quyib olinadi. Stakanga qolgan yog kislotalari filtr kogozi ustiga olinib quritiladi. Stakan devorida qolgan qoldiqlarni skalpel bilan olinadi. Olingan yog kislotalari o‘lchanadi va olingan sovunning masssasiga asoslanib namunadagi yog kislotalarining foiz miqdori hisoblanadi. Ish tugagach sovun tarkibini qisqacha yozing, tajribani utkazish usulini bayon kiling, sovun unumi va yog‘ kislotalari unumini foizlarda hisoblab toping.
Download 24.24 Kb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page