ERITMA MAVZUSIGA DOIR TEST SAVOLLARI 1. Eritma deb qanday sistemaga aytiladi? A) erituvchi va erigan modda molekulalarini o‘zaro ta’sirlashuvidan hosil bo‘lgan gomogen (butun sathi bo‘yicha fizik va kimyoviy xossalari har xil bo‘lgan) sistemadir; B) erituvchi va erigan modda molekulalarini o‘zaro ta’sirlashuvidan hosil bo‘lgan geterogen (butun sathi bo‘yicha fizik va kimyoviy xossalari bir xil bo‘lgan) sistemadir; C) erituvchi va erigan modda molekulalarini o‘zaro ta’sirlashuvidan hosil bo‘lgan gomogen (butun sathi bo‘yicha fizik va kimyoviy xossalari bir xil bo‘lgan) sistemadir; D) erituvchi va erigan modda molekulalarini o‘zaro ta’sirlashuvidan hosil bo‘lgan geterogen (butun sathi bo‘yicha fizik va kimyoviy xossalari har xil bo‘lgan) sistemadir; 2. Eritmalar tarkibida …….. moddalar bo‘lishi bilan aralashmalarga yaqin turadi va kimyoviy birikmalardan farq qiladi. A) bir xil; B) bir necha xil; C) o‘zgarmaydigan; D) ikki xil. 3. Eritmalarning qaysi jihatlari kimyoviy birikmalarga o‘xshaydi? A) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir tekis taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi bir xil bo‘ladi; B) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir tekis taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi har xil bo‘ladi C) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari har xil tekislikda taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi bir xil bo‘ladi. D) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir tekis taqsimlanmaydi. 4. Eritma va aralashmalarning qanday fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘xshash? 1) Tarkibi bir necha xil moddadan iborat; 2) Tarkibi bitta moddadan iborat 3) Fizik usullar orqali tarkibiy qismlarga ajratish mumkin; 4) Kimyoviy reaksiyalar yordamida tarkibiy qismlarga ajraladi; 5) Hosil bo‘lishida issiqlik ajraladi yoki yutiladi; 6) Hosil bo‘lishida issiqlik ajralmaydi ham, yutilmaydi ham. A) 2, 3, 5; B) 1, 3; D) 1, 4, 5; C) 2, 6. 5. Erigan moddani miqdori ortishi, eritma zichligi ……va muzlash harorati …… olib keladi A) pasayishiga, ortishiga; B) pasayishiga, pasayishiga; C) ortishiga, pasayishiga; D) ortishiga, ortishiga.