Eritma mavzusiga doir test savollari



Download 15.51 Kb.
Date27.12.2020
Size15.51 Kb.
#55518
8
8, 2020.doc, 2020.doc, 2020.doc

ERITMA MAVZUSIGA DOIR TEST SAVOLLARI
1. Eritma deb qanday sistemaga aytiladi?
A) erituvchi va erigan modda molekulalarini o‘zaro ta’sirlashuvidan hosil
bo‘lgan gomogen (butun sathi bo‘yicha fizik va kimyoviy xossalari har xil
bo‘lgan) sistemadir;
B) erituvchi va erigan modda molekulalarini o‘zaro ta’sirlashuvidan hosil
bo‘lgan geterogen (butun sathi bo‘yicha fizik va kimyoviy xossalari bir
xil bo‘lgan) sistemadir;
C) erituvchi va erigan modda molekulalarini o‘zaro ta’sirlashuvidan hosil
bo‘lgan gomogen (butun sathi bo‘yicha fizik va kimyoviy xossalari bir
xil bo‘lgan) sistemadir;
D) erituvchi va erigan modda molekulalarini o‘zaro ta’sirlashuvidan hosil
bo‘lgan geterogen (butun sathi bo‘yicha fizik va kimyoviy xossalari har
xil bo‘lgan) sistemadir;
2. Eritmalar tarkibida …….. moddalar bo‘lishi bilan aralashmalarga
yaqin turadi va kimyoviy birikmalardan farq qiladi.
A) bir xil; B) bir necha xil; C) o‘zgarmaydigan; D) ikki xil.
3. Eritmalarning qaysi jihatlari kimyoviy birikmalarga o‘xshaydi?
A) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir
tekis taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi bir xil bo‘ladi;
B) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir tekis
taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi har xil bo‘ladi
C) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari har xil
tekislikda taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi bir xil bo‘ladi.
D) Eritma tarkibidagi erituvchi modda va erigan modda molekulalari bir
tekis taqsimlanmaydi.
4. Eritma va aralashmalarning qanday fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘xshash?
1) Tarkibi bir necha xil moddadan iborat; 2) Tarkibi bitta moddadan
iborat 3) Fizik usullar orqali tarkibiy qismlarga ajratish mumkin;
4) Kimyoviy reaksiyalar yordamida tarkibiy qismlarga ajraladi; 5) Hosil bo‘lishida issiqlik ajraladi yoki yutiladi; 6) Hosil bo‘lishida issiqlik ajralmaydi ham,
yutilmaydi ham. A) 2, 3, 5; B) 1, 3; D) 1, 4, 5; C) 2, 6.
5. Erigan moddani miqdori ortishi, eritma zichligi ……va muzlash harorati
…… olib keladi
A) pasayishiga, ortishiga; B) pasayishiga, pasayishiga;
C) ortishiga, pasayishiga; D) ortishiga, ortishiga.

Download 15.51 Kb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page