Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Sulton Jo’raning hayoti va ijodi to’g’risida malumot bering?
2. G’afur G’ulomning “Oylashni o’rganamiz” she’rida qanday ifoda ustivor?
3. “Tabiat alifbesi” nima sababdan qomusiy kitob deyiladi?
4. Sh.Sa’dullaning bolalar dramaturgi sifatida yaratgan asarlari?
5. G’.G’ulomning yumoristik she’rlaridan birini tahlil qiling?
6. G’.G’ulom qissalarida yetimlik motivi va jamiyatning bolalikka munosabati ifodasi qaysi qissalarida ko’zga tashlanadi?
7. “Uchqur poyezdlar” biografik qissasi qaysi ijodkor haqida yozillgan va uning muallifi kim?
Mavzuga oid adabiyotlar:60, 85, 71, 62, 64, 65, 19, 86, 71, 36, 74, 64, 16, 47, 42, 43, 44, 45, 46, 33, 84, 86
10-MAVZU.O’ZBEK BOLALAR ADABIYOTI YUKSALISH YO’LIDA (1940-80 YILLAR) .PO’LAT MO’MIN - BOLALAR SHOIRI VA DRAMATURGI, QUDDUS MUHAMMADIY - BOLALAR SHOIRI
Reja:
1. Quddus Muhammadiynig hayot yo’li.
2. Quddus Muhammadiy – bolalar shoiri. Shoir she’rlarinig mazmun-mundarijasi.
3.Po'lat Mo'minning ijodiy yo’li.
4.Bolalarga bag’ishlangan she’rlarning o’ziga xos xususiyatlari.Po'Iat Mo'min dostonchi-shoir
Quddus Muhammadiy butun umrini, ijodini kichkintoylarning katta adabiyotiga bag'ishladi.
She'r yo'lin o'rgatgan quyoshim, oyim,
Kunduzim, yulduzim, ilhomim, so 'zim,
Shu Vatan, shu xalqim, shu o'g'il-qizim,
She 'rimning asosiy mavzui sizlar.
Asarim ovozi - parvozi sizlar,
O'zingiz ilhomim oltin o'zagi,
O'zingiz she'rimning husn-bezagi,
Chunki siz men uchun, Men-chi siz uchun...
Haqiqatdan ham shoir she'rlarining mavzui bepoyon Vatan, uning mehnatsevar xalqi, shirin «o'g'il-qizlari»dir asarlarining ovozi ham, «parvozi» ham, «ilhomi»ning «oltin o'zagi», she'rining «husn-bezagi» ham shulardir. Shoir o'z asarlarida bolalarning yurak tuyg'ularini, orzu va intilishlarini, o'qishdagi yutuqlarini aks ettirish bilan birga, ulardagi kamchiliklarni qoralaydi, uni yo'qotish yo'Uarini izlaydi, topadi, o'z o'quvchisiga talabchan o'rtoq, qattiqqo'l ustoz sifatida yo'l ko'rsatadi.
Shoirni bolalarning hamma tomoni qiziqtiradi. U bolalarga nima xunigu nima chiroylik, nima yaxshi-yu nima yomon, juda go'zal nima-yu juda qiziq nima ekanligi haqida yozadi. U o'z she'rlari bilan boialarda estetik didni o'stirishga, go'zallik haqida tassavur hosil qilishga harakat qiladi.
To'qson yillik umrini bolalarga she'r, qo'shiq, doston, doston-ertak yaratishga qaratgan Quddus Muhammadiy 1907 yilda Toshkent shahrida mehnatkash dehqon oilasida dunyoga keldi. Bo'lajak shoirning otasi Muhammad Alibek Abdurahmonbekov ancha savodli kishi edi. Shu sababii u dastlabki ma'lumotni otasidan oldi.
1925 yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy awal amakisinikida, so'ngra esa maktab-internatda tarbiya oladi. Internatda Q.Muhammadiyning birinchi she'ri «Chuvalachi» maydonga keladi va bu yerda chiqadigan «Quyosh» nomli devoriy gazetada bosilib chiqadi. Shu ilk mashqlaridayoq bo'lajak shoirning nafosat olamini kuzatish va badiiy idrok etish talanti hamda umumlashtirish mahorati yaqqol ko'rinadi. U yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Toshkent qishloq xo'jalik texnikumiga o'qishga kiradi. Bu yerda u bolalar uchun she'rlar yoza boshlaydi. Uning «Tong o'yini», «Paranji», «Ahmad va asalari», «Seleksiya stansiyasi» nomli she'rlari vaqtli matbuotda bosilib chiqadi.
1931 yildan Q. Muhammadiy maktabda botanika o'qituvchisi bo'Iib ishlaydi, shu bilan birga Q'rta Osiyo davlat univeisitetining biologiya fakultetida o'qiy boshladi.
Bolalar uyidagi va universitetdagi hayot, mehribon murabbiy va muallimlarning g'amxo'rliklari Q.Muhammadiy qalbida bir umr o'chmas iz qoldiradi. Bu yerdagi o'zaro do'sflik bo'lajak shoir qalbini tordek ko'tarib yuboradi.
Quddus Muhammadiy Oybek, H.Olimjon, G'.G'ulomlarni o'zi uchun ustoz deb bilgan, ulardan o'rgangan, ular bilan doimo ijodiy muloqotda boigan. Ilk she'rlaridan biri «Tong o'yini» orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu iste'dodli bolalar shoirini hamisha qo'llab-quwatlab, ijodiga g'amxo'rlik quib kelgan.
Bir kuni Yozuvchilar uyushmasida mushoira bo'ladi. Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid Olimjon she'r o'qish navbatini Q.Muhammadiyga beradi.
Q.Muhammadiy zavq bilan «Sa'va sayrarkan» she'rini o'qiydi. Q.Muhammadiyning ijodiy qobiliyatini payqagan H.Olimjon she'r tugashi bilan uni yoniga chaqirtiradi. Qachondan beri she'r yozishini, qayerda ishlashini surishtirib, she'r ma'qul tushganini aytadi. So'ng bolalar uchun she'rlarning kamligi haqida to'xtalib, mana shunday ajoyib she'rlarni ko'proq yozishni ta'kidlaydi.
Q.Muhammadiy ijodiga xos bo'lgan muhim xususiyatlardan biri hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, a'lo o'qish, xulq-odobda boshqalarga namuna bo'lishga da'vat etish, fan va texnikani o'rganish muammolari asosiy mavzulardan hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom shoirga adabiy kotiblik qiladi. Bu yerda и xalq og'zaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. Islom shoirdan ko'p narsalarni o'rganadi.
Shoirning birinchi she'rlar to'plami 1946 yilda «O'quvchiga estalik» nomi bilan bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi kitoblari bosilib chiqdi.
Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Har bir she'rni kundalik hayotimizdan olib yozdi. Yozganda ham qiziq yozdi, qizg'in yozdi, soz yozdi. Bolalarni o'qishga, hunar o'rganishga, odobli bo'lishga, mehnatga chaqirdi, qiziqtirdi, yordamberdi. Buni shoirning «O'quvchiga estalik» she'rida ko'rish mumkin. Asarda maktab o'quvchisining ma'naviy qiyofasi va vazifalariga mufassal to'xtalib, o'qish, bilim o'rganish zarurligini ta'kidlaydi:
Share with your friends: |