Mavzu: Jondor tuman toponomikasi. Reja


Qadimgi joy nomlari bilan bog’liq toponomlar



Download 53.16 Kb.
Page3/11
Date21.07.2022
Size53.16 Kb.
#59218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Maruf.E
2.Qadimgi joy nomlari bilan bog’liq toponomlar
Sayyod – etnotoponim. Turkiy urugʻlardan birining nomi. Janapar – etnotoponim.
Oʻtiq Doʻrman – etnotoponim. Taxminimizcha, “oʻtroq doʻrman” tarzida qoʻllash maqsadga muvofiq. Doʻrmanlar oʻzbek qabilalardan biri. Movarounnahr hududiga XVI-XVII asrlarda Dashti Qipchoqdan kirib kelgan va Buxoro amirligi siyosiy hayotida faol ishtirok etgan. Zarafshon vohasi, shuningdek, mamlakatimizning janubiy hududlariga keng tarqalgan. Doʻrman – etnotoponim. Ta’kidlanganidek, doʻrman oʻzbek qabilalardan biri. Movarounnahr hududiga XVI-XVII asrlarda Dashti Qipchoqdan kirib kelgan va Buxoro amirligi siyosiy hayotida faol ishtirok etgan. Zarafshon vohasi, shuningdek, mamlakatimizning janubiy hududlariga keng tarqalgan.
Katta Doʻrman – etnotoponim. Oʻzbek qabilalardan biri. Movarounnahr hududiga XVI-XVII asrlarda Dashti Qipchoqdan kirib kelgan va Buxoro amirligi siyosiy hayotida faol ishtirok etgan. Zarafshon vohasi, shuningdek, mamlakatimizning janubiy hududlariga keng tarqalgan. Bir nomdagi bir necha Doʻrman qishlogʻining eng kattasi.
Tojikent – tojiqishloq ma’nosida. Tojik soʻzining qisqartma shaklidan yasalgan atama deb taxmin qilinsa, “tojik qishloq, tojiklar yashagan qishloq” ma’nosi kelib chiqadi. Buxoro vohasiing oʻzbek tilida soʻzlashuvchi aholisidan farqli oʻlaroq, oʻgʻuz-turkman tilida soʻzlashuvchi aholi tojikzabon aholiga nisbatan “tojik” atamasini qoʻllagan va ayrim hollarda hozir ham shunday.
Xoʻjalar - xoʻjalar ijtimoiy tabaqasiga mansub aholi yashaydigan qishloq. Oʻzini Bahouddin Naqshbandning avlodi deb hisoblagan va bu toʻgʻrida shajarai nasabiyga ega zamondoshimiz Xoʻja Isomiddin Muhiddinov shu qishloqda yashab oʻtgan.
Jaloyir – etnotoponim. Jaloyir urugʻlari yashagan joy. Turkmoʻgʻul qabilalarining aralashishi natijasida tashkil topgan yirik qabilalar uyushmasi. XII asr oxiri XIII asr boshlarida jaloyirlarning salmoqli qismi Moʻgʻuliston hududidan Yettisuv va Movarounnahrning ayrim viloyatlariga kelib oʻrnashadilar. XIII-XIV asrlarda katta bir 3guruhi Ohangaron vodiysida yashagan. Amir Temur hukmronligining dastlabki davrida jaloyirlarning boshqa bir qismi Zarafshon boʻylariga koʻchib oʻtadi.

Download 53.16 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




The database is protected by copyright ©ininet.org 2022
send message

    Main page